Tinish belgilari


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana14.05.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1461680
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tinish belgilari

 
9) Qavs. Qavs quyidagi holda ishlatiladi: 
1) ifodalanayotgan fikrga yoki uning biror 
bo`lagiga qo`shimcha izoh beruvchi so`z yoki ibora 
qavsga olinadi: Karimjon (sinfimizning a’lochisi) oliy 
o`quv yurtiga kiribdi; Qavsdan oldingi tinish belgisi 
(vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, tire) qavsdan keyin 
qo`yiladi: Chavandoz bu gapni Ertoyevga aytishni ham, 
aytmaslikni ham bilmay (aytsa Ertoyev xafa bo`ladi, 
aytmasa bir joydan chatog`i chiqishi mumkin), boshi 
qotib ... turganda... Gulchehra mojarosi chiqsa 
bo`ladimi?
2) kiritma gap yoki dramatik asardagi remarka qavs 
bilan beriladi: a) Ukam (sen uni taniysan) bu yil maktabni 
bitirdi. b) Aziz Kamol (xayol og`ushida). Vatanimizga
qarshi ko`tarilgan ruhiy va iqtisodiy hujum shu 
kunlarda cho`qqisiga chiqdi;
3) misol yoki ko`chirmaning manbai: Eshik qars 
etib yopildi. (O.Yoq.);
4) kirish so`z yoki iboraga oid tinish belgi qavsning 
ichiga olinadi: To`satdan uning xayoliga akasining 
bundan besh-olti oy oldin... yozgan xati (o`shandan beri 
undan dom-darak yo`q!) ... tushdi.
 
10) Qo`shtirnoq. Qo`shtirnoq quyidagi holda 
ishlatiladi:
1) ko`chirma gapni ajratib ko`rsatish uchun: 
“Ertaga kelaman “, - dedi;
2) ko`chma, shartli nom yoki taxallus ma’nosidagi 
ayrim so`z va so`z birikmasi ham qo`shtirnoqqa olinishi 
mumkin: “Tog` asali” sotadigan yigit ... dovonning 
naryog`iga o`tib ketgan. Qo`shtirnoqqa olinishi kerak 
bo`lgan so`zda turlovchi (kelishik) qo`shimcha mavjud 
bo`lsa, bu qo`shimcha qo`shtirnoqdan keyin qo`yiladi: 
Buni ko`rgan Aziz o`zi haydab kelayotgan «GAZ 69”ning 
yurishini tezlatib, yo`lga chiqdi-da, “Jiguli “ tomonga 
burildi. 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling