Tinish belgilari


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana14.05.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1461680
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tinish belgilari

 
7)Ikki nuqta. Ikki nuqta quyidagi holda 
ishlatiladi:
1) 
uyushiq 
bo`lakdan 
oldin 
kelgan 
umumlashtiruvchi so`zdan so`ng: Yig`ilishda tajribali 
ishchilar: Salim aka, Abdukarim aka va Sobirjonlar 
so`zga 
chiqishdi; 
Ba’zan umumlashtiruvchi so`z 
yashirinishi mumkin, lekin ikki nuqta qo`yilaveradi: 
Qilinishi kerak: traktorlar ta’mirdan chiqarilsin
ishchilarga yetarli sharoit yaratilsin.
2) quyidagi ma’noni ifodalagan bog`lovchisiz 
qo`shma gapda:
a) bir gap ikkinchi bir gapdan anglashilgan ish-
harakatning sababini ko`rsatsa: U ichkariga shoshib kirib 
ketdi: telefon anchadan beri jiringlayotgan ekan; 
 b) bir gap ikkinchi bir gapdan anglashilgan ish-
harakatning natijasini ko`rsatsaShamol juda zo`raydi: 
daraxtlarning ancha-munchasi sinib tushdi;
d) 
agar biror gap boshqa bir gapning 
mazmunini to`ldirsa yoki izohlasa: Vazifangiz shu: 
bironta odam bu xonaga kirmasligi kerak.
e) ko`chirma gapdan oldin, muallif gapidan so`ng: 
U baland ovozda so`radi: - Kim bor?
 
8) Tire. Tire quyidagi o`rinda qo`llanadi: 
1) ot, son, olmosh va harakat nomi bilan 
ifodalanib, kesim bilan bog`lamasiz birikkan ega va
kesim orasida: O`zbekistonning poytaxti – Toshkent.
Ikki o`n besh – bir o`ttiz. Bularni amalga oshiradigan – 
siz. O`qish – hayotni uqish;
2) 
uyushiq 
bo`lakdan 
so`ng 
kelgan 
umumlashtiruvchi so`zdan oldin: Akam, opam va singlim 
– barchasi meni kutib o`tirishgan ekan;
3) ajratilgan bo`lak bilan izohlanmish orasida: Men 
– Valiyev To`ychi, 1973- yilda Dehqonobodda 
tug`ilganman;
4) kirish gap bilan gap bo`laklari orasida: Tunov 
kungi ovchi – uni o`rmonda uchratib qoldim – menga 
qiziq bir voqeani so`zlab berdi;
5) muallif gapi bilan ko`chirma gap orasida:  –
Bugun kelasizmi? – so`radi qizi; 
 6) dialog tipidagi ko`chirma gapda: – Keldimi? – 
Keldi;
7) kutilmagan voqea-hodisani ifodalagan gapdan 
oldin: Kecha sizlarnikiga borgan edim – Asqarjon 
kelibdi!
8) zid ma’noli bog`lovchisiz qo`shma gap orasida: 
Jismimiz yo`qolur – o`chmas nomimiz.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling