Tinish belgilari
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Tinish belgilari
3) Undov belgisi Undov belgisi quyidagi holda ishlatiladi: 1) his-hayajon ifodalagan gapdan keyin: Yoshligimizda naqadar baxtiyor edik! 2) buyurish, tilak, orzu ma’nosini ifodalagan gapdan keyin: Hoziroq bularni ko`zimdan yo`qot! Qani endi qush kabi osmonda parvoz qilsa! 3) gap boshida kelib, kuchli his-hayajon ifodalagan undalma, undov hamda ha va yo`q so`zidan keyin: Yo`q! Rustam bunday qabihlikka bormaydi hech qachon! Azizlar! Sizni mustaqillik bayrami bilan tabriklayman! 4) Ko`p nuqta Ko`p nuqta quyidagi o`rinda qo`yiladi: 1) fikr tugallanmaganda: Agar hozir gapingizni to`xtatmasangiz... 2) so`zlovchining o`ylashi, mulohaza qilishini ko`rsatadi: Bugun... bugun oldingizga o`tsam bo`ladimi? 3) ba’zan kimningdir savoliga javob bermay, indamay turganini ko`rsatish uchun: – Mendan rozimassiz, bilaman, kechirmaysiz... 4) biror so`z yoki gapning tushirilganini ko`rsatish uchun: Bugun yettinchi bo`limga kelib, ... fig`oni oshdi. Ko`p nuqta, undov va so`roq belgisining birga kelishi. Gap mazmuni mazkur tinish belgisining birga qo`llanishini taqozo qiladi. Bunda: 1) so`roq mazmunidan his-hayajon kuchliroq bo`lgan gapdan keyin avval undov, keyin so`roq belgisi birikkan holda (!?) qo`yiladi: Go`zallik olamni qutqarishiga kim ishonmaydi!? 2) kuchli his-hayajon bilan berilgan savolni ifodalaydigan so`roq gapdan so`ng avval so`roq, keyin undov belgisi birikkan holda qo`yiladi: – A?! – Xonkeldiyeva turgan yerida surat bo`lib qoldi. – Direktorimiz-a?! 3) kuchli his-hayajon ifodalagan va mazmunan tugallanmagan gapdan keyin avval undov, keyin ko`p nuqta birikkan holda (!...) qo`llanadi: – Nafisa!.. Nafisaoy!... 4) mazmunan tugallanmagan so`roq gapdan so`ng avval so`roq, keyin ko`p nuqta birikkan holda (?...) ishlatiladi: – Nima dedingiz? Bularning hammasi men uchun?... Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling