Xavf-xatarga moyillik testi
Download 18.23 Kb.
|
“Хавф-хатарга мойиллик тести”
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javoblarning ballarini quyidagicha xisoblaysiz
- “Sizni haqorat qilgan, haq - huquqlaringizni poymol qilgan odamga munosabatingiz va jazoingizni tasavvur qiling”
“Xavf-xatarga moyillik testi” F. I. Sh.: _________________________________________________________________ Jinsi: _________________________________________________________________ Yoshi:
Ota - onasining ish joyi:
Berilgan savollarga javobni jadvaldagi tegishli katakchada (+) belgisi bilan ifodalashingiz lozim. Diqqat bilan savolni o‘qing, ma’qul kelgan javobni belgilang. Savollar 1. Ahvoli og‘ir bemorga tezroq yordam ko‘rsatish uchun mashinada tezlikni belgilangan tezlikdan oshirishingiz mumkinmi? 2. Xavfli jinoyatchining qochishga to‘sqinlik qilib, yo‘lini to‘sishingiz mumkinmi? 3. Soatiga 100 km yo‘l bosib o‘tayotgan poezdning tovar vagoni ortiga osilgan holda ketishingiz mumkinmi? 4. Birinchilar qatorida (aytaylik turistik sayohat davomida) sovuq daryoni suzib o‘tishingiz mumkinmi? 5. Qafasdagi sher oldiga uning o‘rgatuvchisi bilan birga kirishga jur’at etasizmi? 6. Hech qanday mashqlarsiz yelkanli qayiqni boshqarish qo‘lingizdan keladimi? 7. Ma’muriyatning buyrug‘i asosida fabrikaning eng baland trubasiga chiqa olasizmi? 8. Chopib ketayotgan otning yo‘lini to‘sib, jilovidan ushlagan xolda to‘xtatishingiz mumkinmi? 9. Yaqindagina og‘ir avtohalokatni boshdan kechirgan do‘stingiz boshqaruvidagi mashinada uzoq sayohatga chiqishingiz mumkinmi? 10. 10 metrli balandlikdan o‘t o‘chiruvchilar tentiga sakrashingiz mumkinmi? 11. Yotoq rejimidagi og‘ir hastalikdan xolos bo‘lish uchun o‘ta xavfli operatsiyaga rozilik berarmidingiz? 12. 6 kishiga mo‘ljallangan liftga 8 chi bo‘lib chiqishga jur’at etasizmi? 13. Rahbaringizning yuqori kuchlanishli simni “toksizlantirilgan”, deyishiga ishonib, shu simni qo‘lga olishingiz mumkinmi? 14. Birlamchi tushuntirishlardan so‘ng yolg‘iz o‘zingiz vertolyotni boshqara olasizmi?
Mazkur test o‘smirning xavf - xatarga moyilligini aniqlashga yordam beradi. 60 ball va undan ortiq ball to‘plagan o‘smirning xavfga moyillik darajasi yuqori bo‘ladi. Ular pedagogning doimiy nazoratida bo‘lishlari shart. 25 ball va undan past ball to‘plagan o‘smirlar esa nisbatan ehtiyotkor bo‘ladi va ularning xavf - hatarga yo‘nalganlik darajasi sust bo‘ladi. Ushbu testning qulayligi shundan iboratki, tadqiqotchi savollarni o‘qib berishi, o‘quvchilar esa qog‘ozga ballarni belgilab javob berishlari mumkin. Shuningdek, natijani hisoblash oson. Amaliyotchi psixolog kuzatish, test, anketa, so‘rovnomalar orqali o‘smirlarning og‘ir xarakterlarini aniqlashga harakat qiladi. Mazkur test va Bass-Darki so‘rovnomasi ularga bu mas’uliyatli ishda yaqindan yordam beradi degan umiddamiz. Shu bilan birga o‘quvchilar orasida agressivlik xulq-atvorini o‘rganishga katta hissa qo‘shadigan turli insholar olinishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan: “Sizni haqorat qilgan, haq - huquqlaringizni poymol qilgan odamga munosabatingiz va jazoingizni tasavvur qiling” mavzusida yozilgan inshoni tahlil qilish mumkin bo‘ladi. O‘quvchi bu ijodiy ish orqali o‘zining ichki his-tuyg‘ularini agressivlik xulq- atvor hislatlarini namoyon etadi. Amaliyotchi psixolog sifatida esa siz ustalik bilan o‘zingizga kerakli ma’lumotlarni to‘plab olasiz: faollikning yo‘nalganlik darajasi; ob’ektiv va sub’ektiv to‘siqlarni bartaraf etishdagi motivatsion xulq; qiyin vaziyatlarni hal etishda bola tomonidan qo‘llaniladigan agressiv va agressiv bo‘lmagan xatti-harakatlar majmui. Download 18.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling