G’arb boshlang’ich ta’lim tajribasida quyidagi o’ziga xosliklar mavjud: bolaga individual yondashish; bolaning ijodiy layoqatlarini shakllantirish; bolani mustaqil fikrlash va faoliyatga o’rgatish; bolaning kasb-hunar negizlari bilan dastlabki bosqichda tanishtirish. 4. Boshlang’ich ta’limga oid ilmiy tadqiqotlar. O’zbekistonda boshlang’ich ta’limga oid ilmiy-tadqiqotlar XX asrdan boshlanib Abdurauf Fitrat, Munavvar Qori va Abdulla Avloniyning ilmiy ishlanmalari, yuzlab o’zbek olimlarining ilmiy tadqiqotlari mavjudva izchil ravishda quyidagi muammolar o’rganilib kelinmoqda: - a) boshlang’ich ta’limning asoslari, funktsional vazifalari, metodlari va texnologiyalari;
- b) boshlang’ich singf o’qituvchisiga qo’yiladigan kasbiy talablar va ularning individual metodlari, texnologiyalarini ommalavshtirish;
- v) boshlang’ich ta’limga zamonaviy axborot texnologiyalarini tadbiq etish;
- g) boshlang’ich ta’lim samaradorligini monitoring qilib borish asoslari.
- Boshlang’ich ta’lim pedagogikasining metodlari. “Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi”ning o’ziga xos metodlari bo’lib, ular umumpedagogik metodlar asosida quyidagi guruhlarga bo’linadi:
- 1. O’qitish metodlari:
- - o’qitish;
- - o’rgatish;
- - tushuntirish;
- - ko’niktirish;
- - bilim berish;
- - savodxon qilish.
2. Tarbiya metodlari: - - shakllantirish;
- - ko’niktirish;
- - moslashtirish;
- - yo’naltirish;
- - odatlantirish.
3. Innovatsion metodlar: - - yangiliklarni o’rganib borish;
- - yangiliklarni boshlang’ich ta’lim- tarbiya jarayoniga joriy etish;
- - ta’lim va tarbiya jarayoniga yangicha yondashish;
- - boshlang’ich ta’lim va tarbiya jarayoni bo’yicha yangiliklar yaratish.
4. Integratsion metodlar: - - boshlang’ich ta’limda uzviy bog’liqlik;
- - boshlang’ich ta’limda hamkorlik;
- - boshlang’ich ta’limda teng manfaatdorlik;
- - boshlang’ich ta’limda samaradorlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |