Ayni paytda, jahon xalqlari boshlang’ich ta’limida quyidagi farqlar uchraydi: - o’quv fanlarini jamiyat ehtiyojidan kelib chiqib belgilash;
- Sharq mamlakatlarida boshlang’icha ta’limni 8 yoshgacha amalga oshirish;
- G’arb mamlakatlari boshlang’ich ta’limida o’qituvchilarning individual yondashuvi ustuvorligi;
- boshlang’ich ta’lim muammolarini standartlashtirilgan tarzda hal etish.
Jahon xalqlari boshlang’ich ta’lim pedagogikasi tarixida quyidagilar muhim o’rin tutgan: - a) ibodatxonalar huzurida boshlang’ich maktablar tashkil etish;
- b) xususiy boshlang’ich maktablarni rivojlantirish;
- v) boshlang’ich ta’limni homiylik asosida amalga oshirish;
- g) imkon qadar har bir bolani boshlang’ich ta’lim bilan qamrab olish.
- Boshlang’ich ta’limni tashkil qilish va tarbiya jarayoni. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni 9-moddasida quyidagilar belgilangan:
- umumiy o’rta ta’lim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga to’ladigan yilda qabul qilinadi;
- boshlang’ich ta’lim ta’lim oluvchilarda umumiy o’rta ta’limni davom ettirish uchun zarur bo’lgan savodxonlik, bilim, malaka va ko’nikmalar asoslarini shakllantirishga qaratilgan.
- Savodxonlik.
Boshlang’ich ta’limni tashkil etishdagi bu vazifaning ma’nosi shuki, 7-11 yoshli o’quvchilarda bilim olish tuyg’usini rivojlantirish va ularni ijtimoiylashtirishdan iborat. O’quvchilarda bilim olishga ishtiyoq tabiiy bo’ladi, boshlang’ich sinf o’qituvchisining vazifasi ana shu tuyg’uni rivojlantirish va o’quvchilarning instinktini ijtimoiylashtirishdan iborat. Aynan mana shu ikki vazifa boshlang’ich sinf o’qituvchisining savodxonlik masalasini hal etishdagi muvaffaqiyatlariga olib keladi. - Bilim berish.
Boshlang’ich ta’limni tashkil qilishda 7-11 yoshli o’quvchilarga tezkor va maqbul darajadagi bilimlarni berishni nazarda tutish kerak bo’ladi. Unga ko’ra, o’quv fanlarining mavzulari va o’quv materiallari qiziqarli, aniq va tushunarli xususiyalarga ega bo’lishi kerak. Bundan tashqari, bilim berishda o’quvchilarga individual yondashish va ularning ruhiy-ma’naviy xususiyatlarini hisobga olish lozim bo’ladi. - Malaka berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |