Tir convention Uzbekistan


Ilova 3  2-ILOVADA KELTIRILGAN QOIDALARDA NAZARDA


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/162
Sana28.10.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1731209
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   162
Bog'liq
TIR Convention Uzbekistan

Ilova 3 
2-ILOVADA KELTIRILGAN QOIDALARDA NAZARDA 
TUTILGAN TEXNIK TALABLARGA JAVOB BERADIGAN YO‘L 
TRANSPORT VOSITALARIGA RUXSAT BERISH TARTIBI 
UMUMIY QOIDALAR 
1. Yo‘l transport vositalari quyidagi tartiblardan biri bilan muvofiqlikda 
tashishga ruxsat etilishi mumkin: 
a) yoki yakka tartibda, 
b) yoki konstruksiya turi bo‘yicha (yo‘l transport vositalarining seriyasi). 
2. Tashishga ruxsat etilgan har bir transport vositasiga 4-ilovada keltirilgan 
namunaga muvofiq keluvchi ruxsat etish to‘g‘risidagi guvohnoma beriladi. Bu 
guvohnoma berilish mamlakati tilida va fransuz yoki ingliz tillarida chop etilgan 
bo‘lishi kerak. Guvohnomani bergan vakolatli organ buni zaruriy deb 
hisoblaganda, guvohnomaga ushbu organ tomonidan tasdiqlangan fotosuratlar 
yoki rasmlar ilova qilinadi. Bunday holatda ushbu hujjatlarning miqdori 
guvohnomaning 6-bo‘limida ushbu organ tomonidan ko‘rsatiladi. 
2-bandga sharhlar 
Guvohnoma egasining nomlanishi 
Eganing almashish holatida 8-bo‘limda ko‘rsatilgan "Egasi" 
nomlanishi, yangi eganing nomlanishidan farqlanadi. Bu biron bir 
tortishuvlarni keltirib chiqarmasligi kerak. 
(TRANS/GE.30/12, 37-band) 
Transport vositasining nomlanishi 
Guvohnomaga ilova qilinuvchi transport vositasining fotosuratlari 
taqdim etiluvchi transport vositasini aniq namoyish etmasligi 
mumkin. Bunday holatda mamlakatning hududiga transport 
vositasining kirishi taqiqlanishi mumkin emas, chunki fotosuratning 
yagona mo‘ljallanishi transport vositasining tashqi ko‘rinishi 
ko‘rsatishdan tashkil topgan. 
(TRANS/GE.30/12, 38- va 39-bandlar) 
Guvohnomaning 5-bo‘limida joyning yetishmovchiligi 
Agar 5-ustunda "Boshqa ma’lumotlar" joy yetmagan holatda, 
ma’lumot guvohnomaning orqa tomonida havola sifatida 
ko‘rsatilishi mumkin. 
(TRANS/GE.30/12, 40- va 41-bandlar) 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling