3. Guvohnoma yo‘l transport vositasini kuzatib borishi kerak.
3-bandga sharh
Bu guvohnomaning fotonusxasi emas, balki uning asl nusxasi bo‘lishi
kerak (TRANS/GE.30/33, 52-band)
4. Yo‘l transport vositalari har ikki yilda ko‘rikka va, zarurat tug‘ilgan holatda,
guvohnomani yangilash uchun, ularni ro‘yxatdan o‘tkazgan mamlakatning
vakolatli organlariga yoki, agar so‘z ro‘yxatdan o‘tmagan transport vositasi
haqida ketayotgan bo‘lsa, - transport vositasining egasi yoki foydalanuvchisi
yashab kelayotgan mamlakatning vakolatli organlariga taqdim etiladi.
5. Agar yo‘l transport vositasi ruxsat berish tartibi bilan belgilangan texnik
talablarga boshqa javob bermasa, u holda, uni XYT kitobchasini qo‘llash bilan
yuklarni tashish uchun qo‘llash mumkin bo‘lishidan avval, unga ruxsat berish
uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatga, ushbu texnik talablarga qayta javob
berishi uchun, shunday tarzda keltirilishi kerak.
6. Agar yo‘l transport vositasining asosiy xarakteristikalar o‘zgartirilgan bo‘lsa,
ushbu transport vositasiga ruxsat berish o‘z kuchini yo‘qotadi, va XYT
kitobchasini qo‘llash bilan yuklarni tashish uchun uni qo‘llash mumkin
bo‘lishidan avval, vakolatli organ tomonidan yangi ruxsat etish tartibi ostiga
kiritilishi kerak bo‘ladi.
7. Transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish mamlakatining vakolatli organlari
yoki, agar so‘z ro‘yxatdan o‘tkazilishi talab etilmaydigan transport vositalari
haqida ketayotgan bo‘lsa, transport vositasining egasi yoki foydalanuvchisi
istiqomat qiladigan mamlakatning vakolatli organlari, muvofiq holatda ruxsat
berish to‘g‘risidagi guvohnomani olib qo‘yishi yoki tiklashi yoki mazkur
Do'stlaringiz bilan baham: |