Tir convention Uzbekistan


 Brezent mazkur Qoidalarning 1 a) va b) moddalarida ta’riflangan sharoitlar bilan


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/162
Sana28.10.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1731209
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   162
Bog'liq
TIR Convention Uzbekistan

6. Brezent mazkur Qoidalarning 1 a) va b) moddalarida ta’riflangan sharoitlar bilan 
aniq muvofiqlikda konteynerga mahkamlanishi kerak. Buning uchun quyidagi 
tizimlar qo‘llanilishi mumkin: 
a) brezent quyidagilar yordamida mahkamlanishi mumkin: 
i) 
konteynerga mahkamlanuvchi metall halqalar,
ii) 
brezentning hoshiyalari bo‘ylab zo‘g‘otalar va, 
iii) butun uzunlik bo‘ylab tashqi tomondan ko‘rinmaydigan 
qoplama ustidan halqa orqali o‘tuvchi arqon yoki tros. 
Brezent konteynerning qattiq qismini hech bo‘lmaganida, agar faqat 
konteyner konstruksiyasi tizimi o‘z-o‘zidan yuklarga kirishga 
to‘sqinlik qilmasa, mahkamlovchi halqalarning markazidan 
o‘lchangan 250 mm kenglikda yopishi kerak. 
4-moddaning 6 a) bandiga tushuntirish xati 
Bojxona nuqtai nazaridan maqsadga muvofiq bo‘lgan konteynerning 
burchak fitinglariga brezentni mahkamlash tizimi 7-ilovaning III-qismiga 
ilova qilingan rasmda tasvirlangan. 
b) 
Agar konteynerga brezent hoshiyalarining birini zich mahkamlanishini 
ta’minlash zarur bo‘lsa, u holda ikkala yuzalar tirqishlarsiz ulangan va 
mustahkam detallar yordamida ushlab turilishi kerak bo‘ladi. 
c) Agar brezentni mahkamlash tizimi qo‘llanilayotgan bo‘lsa, u holda u 
yopilgan holatida konteynerning tashqi yuzasiga brezentning zich teginib 
turilishini ta’minlashi kerak (misol sifatida 6-rasmni ko‘ring). 
(ECE/TRANS/17/Amend.8, 1987 yil 1 avgustda kuchga kirgan) 
7. Brezent muvofiq konstruksiya bilan (ustunlar, yon tomonlar, arkalar, to‘sinlar va 
hokazolar) tutib turilishi kerak.
(ECE/TRANS/17/Amend.8, 1987 yil 1 avgustda kuchga kirgan) 
4-moddaning 7-bandiga sharh 
Brezentni tutib turuvchi ustunlar 
Brezentni tutib turuvchi do‘g‘alar, ba’zida ichi bo‘sh hisoblanadi va 
yukni yashirish uchun qo‘llanilishi mumkin. Biroq, konteynerning 
ko‘pgina boshqa qismlari holatidagidek, ularni har doim tekshirish 
mumkin. Ushbu sharoitlarda ichi bo‘sh do‘g‘alarning qo‘llanilishiga 
yo‘l qo‘yiladi. 
(TRANS/GE.30/14, 90-band; TRANS/GE.30/12, 100- va 101-bandlar; 
TRANS/GE.30/6, 41-band; TRANS/WP.30/141, 35-band; 
TRANS/WP.30/AC.2/31, 3-ilova) 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling