8. Halqalar orasidagi masofa va zo‘g‘otalar orasidagi masofa 200 mm.dan
oshmasligi kerak. Biroq, halqalar va zo‘g‘otalar orasidagi ushbu masofalar katta
bo‘lishi, ammo ustunning har tomonidan 300 mm.dan oshmasligi kerak, agar
konteynerning va brezentning konstruksiyasi konteynerga kirishni to‘liq istisno
qilayotgan
ko‘rinishda
bo‘lsagina.
Zo‘g‘otalar
qattiq
bo‘lishi
kerak.
(ECE/TRANS/17/Amend.8, 1987 yil 1 avgustda kuchga kirgan)
9. Mahkamlagichlarning quyidagi turlari qo‘llanilishi kerak:
a) 3 mm.dan kam bo‘lmagan diametrga ega bo‘lgan po‘lat tros; yoki,
b)
shaffof cho‘zilmaydigan plastmassa qobiqqa o‘ralgan kamida 8 mm
diametrdagi kanoptoladan yoki sizaldan arqon; yoki
c)
shaffof cho‘zilmaydigan plastmassa qobiqqa o‘ralgan ichi po‘lat kojuxning
spirali bilan o‘ralgan tolali-optik iplarning bog‘idan tashkil topgan tros;
yoki
d)
o‘zakni to‘liq qoplovchi, hech bo‘lmaganida po‘lat simdan yasalgan to‘rtta
strenglar bilan o‘ralgan tekstil kordga ega bo‘lgan tros,
trosning
diametri (shaffof qobiqni hisobga olmasdan, agar bunday mavjud bo‘lsa)
kamida 3 mm bo‘lgan shartga ega bo‘lsa.
Mazkur moddaning 9 a) yoki d)-bandlariga muvofiq keluvchi troslar,
plastmassadan shaffof cho‘zilmaydigan qobiqqa o‘ralishi mumkin.
Brezent mazkur moddaning 6 a)-bandi talablariga javob beruvchi biron bir
konstruksiyaning ramasiga mahkamlanishi kerak bo‘lgandagi holatda,
mahkamlagich sifatida kamar qo‘llanilishi mumkin (bunday konstruksiyaning
misoli mazkur moddaning 7-rasmida keltirilgan). Kamarning o‘zi material,
Do'stlaringiz bilan baham: |