Tir convention Uzbekistan
Tuzatish mazkur Qoidalarga ilova qilingan 4-rasmda ko‘rsatilgan usulda
Download 3.25 Mb. Pdf ko'rish
|
TIR Convention Uzbekistan
5.
Tuzatish mazkur Qoidalarga ilova qilingan 4-rasmda ko‘rsatilgan usulda amalga oshiriladi; tikiluvchi hoshiyalar biri ikkinchisiga bukilgan va bir-biridan hech bo‘lmaganida 15 mm.ga uzoqlikda bo‘lgan aniq ko‘rinuvchan choklar bilan ulangan bo‘lishi kerak; ichkaridan ko‘rinuvchan ipning rangi tashqaridan ko‘rinuvchan ipning rangidan, va brezentning o‘zini rangidan farqlanishi kerak; barcha choklar mashinada tikib chiqilgan bo‘lishi kerak. Hoshiyalarida shikastlangan brezent shikastlangan qismni yamoq qo‘yish yo‘li bilan ta’mirlanayotgan shunday holatlarda, chok, shuningdek, mazkur moddaning 3- bandini qoidalariga va mazkur Qoidalarga ilova qilingan 1-rasmga muvofiq tikib chiqilishi ham mumkin. Plastmassa bilan qoplangan matodan brezentni ta’mirlash, shuningdek, mazkur moddaning 4-bandida ta’riflangan usulga muvofiq ham amalga oshirilishi mumkin, ammo ushbu holatda plastmassa tasma brezentning ikki tomonidan qo‘yilishi, hamda yamoq brezentning ichki tomonidan o‘rnatilishi kerak. (ECE/TRANS/17/Amend.8, 1987 yil 1 avgustda kuchga kirgan) 4-moddaning 5-bandiga sharhlar Plastmassa bilan qoplangan brezentni ta’mirlash Bunday brezentni ta’mirlash uchun quyidagi usullarni qo‘llashga ruxsat beriladi. Yamoqni payvandlash uchun harorat va bosim ta’siri ostida eritilgan vinil qo‘llaniladi. Plastik bosma materialdan tasma brezentning ikki tomonidan yamoqning hoshiyalariga o‘rnatiladi. (TRANS/GE.30/6, 40-band; TRANS/GE.30/GRCC/4, 33-band; TRANS/WP.30/141, 35-band; TRANS/WP.30/AC.2/31, 3-ilova) Nur qaytaruvchi materialdan tasmalar Yechib olinishi va brezentning tuzilmasini yopuvchi nur qaytaruvchi materiallardan tasmalarga, agar ular plastmassa bilan qoplangan matodan tashkil etilgan brezentga to‘liq payvandlangan va Konvensiyaga 2-ilovaning 3-moddasi 5-bandi talablariga muvofiq mahkamlangan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi (quyidagi rasmni ko‘ring). (TRANS/WP.30/151, 40-band) 13 3 3 7 Brezent Nur qaytaruvchi materialdan tasma Brezent Material 13 3 3 7 Plastikdan tasma Plastikdan tasma |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling