mazkur moddaning 6-bandida ko‘rsatilgan metall halqa o‘tishi va mazkur
moddaning
9-bandida
ko‘rsatilgan tros yoki arqon yordamida
mahkamlanishi mumkin bo‘lgan tirqish mavjuddir. Bunday tizim mazkur
ilovada mavjud bo‘lgan 8-rasmda keltiriladi.
(ECE/TRANS./17/Amend.14, 1992 yil 1 avgust kuni kuchga kirgan)
12. Konteynerga tushirilishi kerak bo‘lgan tanituvchi belgilar va mazkur ilovaning
ikkinchi qismida ko‘zda tutilgan ruxsat berish to‘g‘risidagi jadvalcha, hech qanday
holatda brezent bilan yopilmasligi kerak.
5-modda
Sirpanuvchi etaklari bo‘lgan konteynerlar
1.
Mazkur Qoidalarning 1, 2, 3 va 4-moddalarining shartlari sirpanuvchi
etakli konteynerlarga ular qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan shunday darajada taalluqli
bo‘ladi. Bundan tashqari, ushbu konteynerlar mazkur moddaning qoidalariga
muvofiq kelishi kerak.
2.
Konteynerning sirpanuvchi etaklari, poli, eshiklari va uning boshqa
tarkibiy qismlari mazkur Qoidalarning 4-moddasini 6, 8, 9 va 11-bandlarida mavjud
bo‘lgan talablarga, yoki quyidagi i)-vi)-bandostilarida ta’riflangan talablarga javob
berishi kerak.
i) Konteynerning sirpanuvchi etaklari, pol, eshiklar va boshqa
tarkibiy qismlari yo yechib olinishi va ko‘rinuvchan izlarni
qoldirmasdan joyiga qayta o‘rnatilishi mumkin bo‘lmagan
moslamalar yordamida, yo ko‘rinuvchan izlarni qoldirmasdan
o‘zgartirilishi
mumkin
bo‘lmagan
shunday
konstruksiyani
ta’minlovchi usullar yordamida ulanishi kerak.
ii) Etak tortiluvchi kamarlar orasida hech bo‘lmaganida 1/4 haqiqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |