24-modda
Agar bojxona organlari yo‘lda yoki oraliq bojxonada yo‘l transport
vositasidagi,
transport
vositalari
tarkibidagi
yoki
konteynerdagi
yukni
tekshiruvdan o‘tkazayotgan bo‘lsa, ular ularning mamlakatida ishlatilgan XYT
kitobchasining yirtma varaqalarida, tegishli koreshoklarda, hamda XYT
kitobchasining ularda qoladigan yirtma varaqalarida qo‘yilgan yangi muhrlar va
plombalar va bajarilgan nazoratning tabiati haqida belgi qo‘yishlari kerak.
25-modda
Agar bojxona muhrlari va plombalari 24 va 35-moddada nazarda
tutilgandan boshqa sharoitlarda shikastlangan bo‘lsa yoki, agar yuk halok bo‘lgan
yoki shikastlangan bo‘lsa-da, lekin muhrlar va plombalar shikastlanmagan bo‘lsa,
milliy qonunchilik qoidalari qo‘llanilishi mumkinligiga ziyon yetkazmasdan,
mazkur Konvensiyaga 1-ilovada XYT kitobchasidan foydalanishga nisbatan
o‘rnatilgan tartibga rioya qilish lozim va, bundan tashqari, XYT kitobchasida
mavjud bo‘lgan bayonnoma to‘ldirilishi kerak.
26-modda
1. XYT kitobchasidan foydalangan holda tashishning bir qismi mazkur
Konvensiyaning Ahdlashuvchi tomoni bo‘lmagan davlatning hududida amalga
oshirilayotgan bo‘lsa, unda yo‘lning shu qismida XYT tashishi to‘xtatib turiladi.
Bunday holatda, hududida keyinchalik tashish davom etadigan Ahdlashuvchi
tomonning bojxona organlari bojxona muhrlari va plombalari va/yoki aniqlash
belgilari shikastlanmaganligi shartida, XYT tashishini tiklash uchun XYT
kitobchasini qabul qiladi. Bojxona muhrlari va plombalari shikastlangan holatlarda
bojxona organlari 25-moddaning qoidalariga rioya qilgan holda, XYT tashishini
Do'stlaringiz bilan baham: |