Tir convention Uzbekistan
b) eshiklar va boshqa yopish tizimlari (jumladan qulflovchi kranlar
Download 3.25 Mb. Pdf ko'rish
|
TIR Convention Uzbekistan
b)
eshiklar va boshqa yopish tizimlari (jumladan qulflovchi kranlar, tuynuklarning qopqoqlari, flanslar va hokazolar) bojxona muhrlari va plombalari qo‘yilishi mumkin bo‘lgan moslamalarga ega bo‘lishi kerak. Ushbu moslama shunday bo‘lishi kerakki, uni tashqaridan yechib olish va ko‘rinuvchan izlarni qoldirmasdan o‘rniga qayta o‘rnatish mumkin bo‘lmasligi va eshiklar va qulflovchi qurilmalar bojxona muhrlarini va plombalarini buzmasdan ochilmasligi kerak. Oxirgilar muvofiq tarzda himoyalangan bo‘lishi kerak. Ochiluvchan qopqoqlarni qilishga ruxsat etiladi; 2-moddaning 1 b)-bandiga tushuntirish xati 2.2.1 b) Eshiklar va boshqa yopish tizimlari a) Bojxona muhrlari va plombalari qo‘yilishi mumkin bo‘lgan moslamalar quyidagicha bo‘lishi kerak: i) payvandlash yoki 2.2.1 a) tushuntirish xatining a)-bandi talablarini qoniqtiruvchi hech bo‘lmaganda ikki mahkamlovchi detallar yordamida mahkamlanishi kerak; yoki ii) yuk bo‘linmasini yopish va muhrlashdan keyin ko‘rinuvchan izlarni qoldirmasdan ushbu moslamani yechib olish mumkin bo‘lmaydigan ko‘rinishdagi konstruksiyaga ega bo‘lishi kerak. U, shuningdek, quyidagicha bo‘lishi kerak: iii) kamida 11 mm bo‘lgan diametrdagi tirqishga yoki 3 mm kenglikda kamida 11 mm uzunlikdagi teshikka ega bo‘lishi kerak; va iv) muhrlar yoki plombalarning qo‘llaniluvchi turiga bog‘liq bo‘lmagan holda xavfsizlikning teng darajasini ta’minlashi kerak. b) Eshiklarni osish uchun oshiq-moshiqlar, osmalar, sharnirlar va boshqa detallar va hokazolar mazkur tushuntirish xatining a) bandini i) va ii) bandostilari talablariga muvofiq tarzda mahkamlanishi kerak. Bundan tashqari, bunday qurilmalarning turli xil tarkibiy qismlari (masalan, oshiq-moshiqlar, buraluvchi o‘qlar yoki sharnirlar), agar ular yuk bo‘linmasining bojxona xavfsizligini kafolatlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lsa, yuk bo‘linmasining yopilgan va muhrlanganida ularni yechib olish yoki ko‘rinuvchan izlarni qoldirmasdan qismlarga bo‘lish mumkin bo‘lmaydigan shunday tarzda mahkamlanadi; (1 a) rasmni ko‘ring, 6-ilova). Biroq, bunday qurilmaga tashqari tomondan kirish yo‘q bo‘lgan holatda, oshiq-moshiqdan yopilgan va muhrlangan eshikni yoki ko‘rinuvchan izlarni qoldirmasdan shunga o‘xshash qurilmani bo‘shatib bo‘lmasligini ta’minlash yetarli bo‘ladi. Agar eshik yoki qulflash tizimi ikkita oshiq-moshiqdan ortig‘iga ega bo‘lgan holatda, faqat eshikning chetlariga ikki yaqin oshiq-moshiqlar a)- bandning i) va ii)-bandostilarida yuqorida keltirilgan talablar bilan muvofiqlikda mahkamlanishi kerak. (ECE/TRANS/17/Amend.8, 1987 yil 1 avgustda kuchga kirgan) 2.2.1 b) b) tushuntirish xatiga sharhlar Eshik yoki ikkitadan ortiq oshiq-moshiqqa ega bo‘lgan eshiklarni yopish tizimi Agar eshik yoki eshiklarni yopish tizimi ikkitadan ortiq oshiq- moshiqlarga ega bo‘lgan holatda, vakolatli organlar Konvensiyaga 2- ilovaning 1-moddasi talablariga rioya qilish maqsadida qo‘shimcha oshiq-moshiqlarni mahkamlanishini talab qilishi mumkin. (TRANS/WP.30/AC.2/35, 6-ilova; TRANS/WP.30/155, 45-band) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling