16. Bayonnoma yukning moʻljallanish joyidagi bojxonaga yetib borguniga qadar XYT kitobchasini ichida qolishi kerak.
17. Birlashmalarga XYT kitobchasini ichiga kiritilgan namunadan tashqari tashuvchilarga tashish yoʻnalishi oʻtuvchi mamlakatlarning tilida(larida) tuzilgan
bayonnomaning bir nechta blanklarini taqdim etish tavsiya etiladi.
Muqovaning 3-sahifasi
[1-Ilova
15-sahifa]
Ilova 2
BOJXONA MUHRLARI VA PLOMBALARI OSTIDA YUKLARNING
XALQARO TASHILISHINI AMALGA OSHIRUVCHI YO‘L TRANSPORT
VOSITALARIGA NISBATAN QO‘LLANILUVCHI TEXNIK
SHAROITLARGA TAALLUQLI QOIDALAR
1-modda
Asosiy tamoyillar
Bojxona muhrlari va plombalari ostida yuklarning xalqaro tashilishiga
faqat yuk bo‘linmalari quyidagi ravishda konstruksiya qilingan va jihozlangan
transport vositalarga ruxsat berilishi mumkin:
a)
yuklar transport vositasining muhrlangan qismidan olinmasligi yoki
buzishlar yoki bojxona muhrlarini va plombalarini shikastlovchi
ko‘rinuvchan izlarini qoldirmasdan u yerga ularni yuklanishi mumkin
bo‘lmasligi uchun;
b)
bojxona muhrlari va plombalari oddiy va ishonchli usulda tushirilishi
mumkin bo‘lishi uchun;
s) ularda yuklarni yashirish uchun hech qanday yashirin joylar bo‘lmasligi uchun;
d)
yuklar joylashtiriluvchi barcha joylar bojxona tekshiruvi uchun oson
bo‘lishi uchun.
1-moddaga sharhlar
Transport vositalarining silindr baklari
Qo‘shimcha yonilg‘i baklari, agar ular yonilg‘i bilan to‘ldirish uchun
qo‘llanilayotgan bo‘lsa, ular yuk bo‘linmalari sifatida qaralishi mumkin
emas. Boshqa yuklarni tashish uchun qo‘llaniluvchi qo‘shimcha idishlar,
shuningdek, ularga ruxsat etilganida va o‘rnatilganligida, bunday
idishlar yonilg‘i baklari bo‘lib hisoblanishi yoki hisoblanmasligiga
qaramasdan, yuzaga keluvchi texnik qiyinchiliklar munosabatida yuk
bo‘linmalari sifatida ko‘rilishi mumkin emas.
(TRANS/GE.30/39, 51-54-bandlar)
Yuk bo‘linmalaridagi belgilar
Yuk bo‘linmalarini devorlaridan yoki brezentidan olib tashlanishi
mumkin bo‘lmagan yozuvlar, trafaretlar, yorug‘lik qaytaruvchi
materialdan chiziqlar va boshqa ularga o‘xshash belgilarga, agar ular
yaqqol farqlanuvchi bo‘lib qolishi kerak bo‘lgan devor yoki brezentning
strukturasini yopmayotgan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi. Yuk bo‘linmasidagi
tirqishni yashirishi mumkin bo‘lgan yopishtirma yorliqlar va boshqa
ularga o‘xshash belgilarning qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(TRANS/WP.30/151, 39-band; TRANS/GE.30/57, 45-band)
Do'stlaringiz bilan baham: |