3. Derazalarning qurilishi ular yetarlicha mustahkam materiallardan va tashqaridan
yechib olinish imkoni yo‘q qilib va ko‘rinuvchan izlarni qoldirmasdan ularni o‘rniga
qaytarib o‘rnatish imkonisiz yasalgan bo‘lish shartida yo‘l qo‘yiladi. Shunga
qaramay, oynalarning o‘rnatilishiga yo‘l qo‘yilishi mumkin, ammo, agar xavfsiz
oyna o‘rniga boshqa oyna qo‘llanilayotgan bo‘lsa, derazalar tashqaridan yechib
olinishi mumkin bo‘lmagan mustahkam mahkamlangan metall panjara bilan
jihozlanadi; panjaradagi uyalarning o‘lchami 10 mm.dan oshmasligi kerak.
(ECE/TRANS/17/Amend.7, 1986 yil 1 avgustda kuchga kirgan)
2-moddaning 3-bandiga tushuntirish xati
2.2.3 Xavfsiz oyna
Oyna, agar odatda transport vositasini me’yordagi sharoitlarda ishlatish
o‘rin tutgan har qanday omilning ta’siri natijasida uning sinish xavfi
mavjud bo‘lmaganida, xavfsiz hisoblanadi. Bunday oynaga, ushbu oyna
xavfsiz hisoblanishiga ko‘rsatuvchi markirovkalash tushirilgan bo‘lishi
kerak.
(ECE/TRANS/17/Amend.7, 1986 yil 1 avgustda kuchga kirgan)
4. Polda moylash, xizmat ko‘rsatish, qum qutini to‘ldirish kabi texnik maqsadlarda
qilingan tirqishlarga faqat ular qopqoq bilan jihozlanish sharti bilan yuk
bo‘linmasiga tashqaridan kirish imkonisiz shunday tarzda o‘rnatilgandagina yo‘l
qo‘yiladi.
2-moddaning 4-bandiga sharh
Texnik maqsadlar uchun mo‘ljallangan himoya tirqishlari
Avtotransport vositalarining polidagi tirqishlarning qopqoqlari, agar yuk
bo‘linmasiga kirishga to‘sqinlik qiluvchi himoya qurilmalari yuk
bo‘linmasining ichkarisida joylashgandagina, yetarlicha himoyalangan
deb hisoblanadi
(TRANS/GE.30/AC.2/14, 35-39-bandlar)
3-modda
Brezent bilan yopilgan transport vositalar
1. Mazkur Qoidaning 1- va 2-moddalarining qoidalari brezent bilan yopilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |