Tir convention Uzbekistan
Agar brezent plastmassa bilan qoplangan matoning bir nechta bo‘laklaridan
Download 3.25 Mb. Pdf ko'rish
|
TIR Convention Uzbekistan
4. Agar brezent plastmassa bilan qoplangan matoning bir nechta bo‘laklaridan
tuzilgan bo‘lsa, ushbu bo‘laklar, shuningdek, mazkur Qoidalarga ilova qilingan 3- rasmga muvofiq payvandlash yordamida ulangan bo‘lishi mumkin. Har bir bo‘lakning hoshiyasi boshqa bo‘lakning hoshiyasini hech bo‘lmaganda 15 mm.ga yopishi kerak. Bo‘laklarning ulanishi butun kenglik bo‘yicha ta’minlangan bo‘lishi kerak. Ulanishning tashqi hoshiyasi payvandlashning xuddi o‘sha usulida ulanuvchi hech bo‘lmaganda 7 mm kenglikdagi plastmassa tasma bilan qoplangan bo‘lishi kerak. Ushbu tasmada, hamda uning har bir tomonidan, kenglik bo‘ylab hech bo‘lmaganida 3 mm.dan bir tusdagi aniq relyef bosib chiqilgan bo‘lishi kerak. Payvandlash bo‘laklar uzilishi va ko‘rinuvchan izlarni qoldirmasdan qayta ulanishi mumkin bo‘lmagan shunday tarzda amalga oshiriladi. 3-moddaning 4-bandiga sharh Plastmassadan tasma Plastmassadan tasmaning majburiy mavjud bo‘lishi haqidagi talab juda ham ahamiyatlidir, binobarin, uni istisno qilish mumkin emas. (TRANS/GE.30/17, 99-band) Brezent hoshiyalarini kesishuvchan ulash Bojxona xavfsizligi maqsadi uchun brezent hoshiyalarini kesishuvchan ulash kengligining 15 mm.dan kam bo‘lmasligiga qaramasdan yetarlicha hisoblanadi, kesishmaning 20 mm va undan ortiq kengligiga yo‘l qo‘yiladi, uning zarurati brezent qanday materialdan yasalganligi, uni payvandlash usuliga bog‘liq holda texnik sabablar bilan ifoda etilishi mumkin. (TRANS/WP.30/162, 64- va 65-bandlar, TRANS/WP.30/AS.2/37, 6-ilova) Brezent bo‘laklarini payvandlash usullari Bojxona nuqtai nazaridan xavfsiz sifatida tan olinuvchi brezentning bo‘laklarini payvandlash usullariga, agar ular Konvensiyaga 2-ilovaning qoidalariga muvofiq qo‘llanilayotgan bo‘lsa, brezentning payvandlanishi yuqori haroratlar yordamida amalga oshirilganida "payvandlashning issiqlik usuli", va brezentning payvandlanishi yuqori chastota va bosim yordamida amalga oshirilganida "yuqori chastotali payvandlash usuli"ga tegishlidir. (TRANS/WP.30/162, 64- va 65-bandlar, TRANS WP.30/AS.2/37, 6-ilova) Download 3.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling