b) Brezentda yopiluvchi derazalarning maxsus tizimi yuk bo‘linmasini yopish va
muhrlashdan keyin brezent hoshiyalarini zich yopilishini ta’minlaydi. Tizimda
mazkur moddaning 6-bandida ko‘rsatilgan metall halqa o‘tishi va mazkur
moddaning 9-bandida ko‘rsatilgan tros yoki arqon yordamida mahkamlanishi
mumkin bo‘lgan tirqish mavjuddir. Bunday tizim mazkur ilovada saqlanuvchi 8-
rasmda keltiriladi. (ECE/TRANS/17/Amend.14, 1992 yil 1 avgustda kuchga kirgan)
4-modda
Sirpanuvchi etakli transport vositalari
1.
Mazkur Qoidalarning 1, 2 va 3-moddalarining shartlari sirpanuvchi etakli
transport vositalariga ular qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan shunday darajada taalluqli
bo‘ladi. Bundan tashqari, ushbu transport vositalari mazkur moddaning qoidalariga
muvofiq kelishi kerak.
2. Yuk bo‘linmasining sirpanuvchi etaklari, poli, eshiklari va boshqa tarkibiy
qismlari yo mazkur Qoidalarning 11-moddasini 6, 8, 9 va 11-bandlarida saqlanuvchi
talablarga, yoki quyidagi i)- vi)-bandostilarida ta’riflangan talablariga javob berishi
kerak.
i)
Yuk bo‘linmasining sirpanuvchi etaklari, pol, eshiklar va boshqa
tarkibiy qismlari yo yechib olinishi va ko‘rinuvchan izlarni
qoldirmasdan joyiga qayta o‘rnatilishi mumkin bo‘lmagan
moslamalar yordamida, yo ko‘rinuvchan izlarni qoldirmasdan
o‘zgartirilishi
mumkin
bo‘lmagan
shunday
konstruksiyani
ta’minlovchi usullar yordamida ulanishi kerak.
ii)
Etak tortiluvchi kamarlar orasida hech bo‘lmaganida 1/4 haqiqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |