Tir convention Uzbekistan
bo‘linmasiga kirishga to‘sqinlik qiluvchi himoya pardadevori mavjud
Download 3.25 Mb. Pdf ko'rish
|
TIR Convention Uzbekistan
- Bu sahifa navigatsiya:
- ECE/TRANS/17/Amend.20 va Add.1, 2001 yil 12 iyunda kuchga kirgan)
bo‘linmasiga kirishga to‘sqinlik qiluvchi himoya pardadevori mavjud
bo‘lsa, ko‘tarma etak talab etilmaydi. Ko‘tarma etak, shuningdek sirpanuvchi etaklari bo‘lgan konteynerlar uchun ham talab etilmaydi. (ECE/TRANS/17/Amend.14, 1992 yil 1 avgustda kuchga kirgan; ECE/TRANS/17/Amend.20 va Add.1, 2001 yil 12 iyunda kuchga kirgan) 3-moddaning 11 a)-bandiga tushuntirish xati 2.3.11 a)-1 Brezentning ko‘tarma tortiluvchi etaklari Ko‘pgina transport vositalarida brezent transport vositasining yon tomoni bo‘ylab o‘tuvchi gorizontal zo‘g‘otali ko‘tarma etak bilan jihozlangan. Tortiluvchi etaklar deb nomlanuvchi bunday ko‘tarma etaklar troslar yoki shunga o‘xshash qurilmalar yordamida tortiluvchi brezent uchun qo‘llaniladi. Ushbu etaklar transport vositasida tashiluvchi yuklarga ruxsat etilmagan kirish imkonini beruvchi brezentda hosil qilinuvchi gorizontal kesiklarni yopish uchun qo‘llanilgan. Shuning uchun ushbu turdagi ko‘tarma etaklarni qo‘llashga yo‘l qo‘ymaslik tavsiya etiladi. Ularning o‘rniga, xususan, quyidagi qurilmalarning qo‘llanilishi mumkin: a) qoplamaning ichki tomonidan mahkamlanuvchi shunga o‘xshash konstruksiyadagi tortiluvchi ko‘tarma etaklar; yoki b) brezentning tashqi tomonidan mahkamlanadi va brezentning muvofiq tortilishini ta’minlovchi bir-biridan shunday masofada joylashgan har biri bir zo‘g‘otali katta bo‘lmagan alohida ko‘tarma etaklar. Alternativa sifatida ba’zi holatlarda brezentda tortiluvchi etaklarning qo‘llanilishidan voz kechish kerak. 2.3.11 a)-2 Kamarlar Kamarlarni tayyorlash uchun quyidagi materiallar qo‘llanilishi mumkin: a) teri; b) cho‘zilmaydigan tekstil materiallar, jumladan plastik bilan qoplangan yoki rezinalangan matolar, shikastlanishidan keyin bunday materiallarni payvandlash yoki ko‘rinuvchan izlarni qoldirmasdan tiklash mumkin bo‘lmagan shartda. Bundan tashqari, kamarlarni qoplash uchun qo‘llaniluvchi plastmassa, shaffof va silliq yuzaga ega bo‘lishi kerak. 2.3.11 a)-2 tushuntirish xatiga sharhlar Qoplamani mahkamlash uchun kamarlarning namunasi Ma’muriy qo‘mita kamarlardagi zo‘g‘otalar mustahkamlanishi kerak deb hisoblaydi. (TRANS/GE.30/AC.2/21, 16-band) Kamarlarning mahkamlagichi Quyida tasvirlangan qurilma 2-ilovaning 3-moddasini 11 a) iii)-bandi talablariga javob beradi (1) (2) (3) Ta’rifi Kamar tepa zo‘g‘ota (1) brezentda yuklash va tushirish uchun qo‘llaniluvchi deraza mavjud bo‘lgan joy orqali o‘tishi, pastki zo‘g‘ota (2) orqali yuk bo‘linmasidan chiqishi va so‘ngra kamarning uchidagi mustahkamligi oshirilgan zo‘g‘ota (3) orqali o‘tkazilishi kerak. (TRANS/WP.30/123, 45-47-bandlar va 3-ilova; TRANS/WP.30/AC.2/23, 3-ilova) 2.3.11 a)-3 Mazkur ilovaning 3-rasmida ko‘rsatilgan qurilma 2-ilovaning 3-moddasini 11 a) bandini oxirgi xatboshisi talablariga javob beradi. U, shuningdek, 2- ilovaning 3-moddasini 6 a) va 6 b)-bandlarini talablariga ham javob beradi. (ECE/TRANS/17/Amend.15, 1993 yil 1 avgustda kuchga kirgan; ECE/TRANS/17/Amend.17, 1994 yil 1 oktabrda kuchga kirgan) Download 3.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling