v) Taranglashtiruvchi kamarlarning orasidagi masofa 600 mm.dan
oshmasligi kerak.
vi)
Transport vositasining qattiq qismlariga etaklarni mahkamlash
uchun
qo‘llaniluvchi
mahkamlagichlarning
turlari
mazkur
Qoidalarning 3-moddasini 9-bandida ko‘zda tutilgan talablarga
javob berishi kerak.
(ECE/TRANS/17/Amend.33, 2017 yil 1 yanvarda kuchga kirgan)
5-modda
Suriluvchi tomi brezent bilan qoplangan transport vositalari
1.
Mazkur Qoidalarning 1, 2, 3 va 4-moddalarining shartlari suriluvchi tomi
brezent bilan qoplangan transport vositalariga ular qo‘llaniluvchi o‘sha darajada
taalluqli bo‘ladi. Bundan tashqari, ushbu transport vositalari mazkur moddaning
qoidalariga muvofiq kelishi kerak.
2. Brezent bilan qoplangan suriluvchi tom quyidagi i)−iii)-bandostilarida
ta’riflangan talablarga javob berishi kerak.
i) Brezent bilan qoplangan suriluvchi tom yo tashqaridan yechib
olinishi va ko‘rinuvchan izlarni qoldirmasdan o‘z joyiga qayta o‘rnatilishi
mumkin bo‘lmagan qurilmalar yordamida, yoki ko‘rinuvchan izlarni
qoldirmasdan o‘zgartirilishi mumkin bo‘lmagan shunday konstruksiyani
ta’minlovchi usullar yordamida ulanishi kerak.
ii) Tomning etagi yuk bo‘linmasining oldi tarafida, tepa belbog‘ning tepa
hoshiyasi orqali tomning etagini surib olib tashlash mumkin bo‘lmasligi uchun
tomning qattiq qismini yopadi. Yuk bo‘linmasining butun uzunligi bo‘ylab ikki
tomondan tomning etagi chetiga oldindan taranglashtirilgan po‘lat tros, uni
ko‘rinuvchan izlarni qoldirmasdan chiqarib olish va joyiga qayta o‘rnatish mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |