Tir convention Uzbekistan
Brezent mazkur Qoidalarning 1 a) va b) moddalarida ta’riflangan sharoitlar bilan
Download 3.25 Mb. Pdf ko'rish
|
TIR Convention Uzbekistan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Brezent mahkamlash halqalaridan o‘lchanganda hech bo‘lmaganda 250 mm kenglikda transport vositasining qattiq qismini ustiga chiqishi kerak
6. Brezent mazkur Qoidalarning 1 a) va b) moddalarida ta’riflangan sharoitlar bilan
aniq muvofiqlikda transport vositasiga mahkamlanishi kerak. Mahkamlanishlarning quyidagi turlarini qo‘llanilishi ko‘zda tutiladi: a) Brezent quyidagilar yordamida mahkamlanishi mumkin: i) transport vositasiga mahkamlanuvchi metall halqalar, ii) brezentning hoshiyalaridagi zo‘g‘otalar iii) brezent ustidan va butun uzunlik bo‘ylab tashqi tomondan ko‘rinuvchan halqalar orqali o‘tuvchi arqon yoki tros. Brezent mahkamlash halqalaridan o‘lchanganda hech bo‘lmaganda 250 mm kenglikda transport vositasining qattiq qismini ustiga chiqishi kerak, transport vositasining konstruksiyasi tizimi o‘zi bilan bevosita yuk bo‘linmasiga kirishga to‘sqinlik qiluvchi shunday holatlar bundan mustasno. 3-moddaning 6 a)-bandiga tushuntirish xati 2.3.6 a)-1 Sirpanuvchi halqalar bilan jihozlangan transport vositalari Transport vositalarida mahkamlangan metall shtangalar bo‘ylab sirpanuvchi brezentni mahkamlash uchun metall halqalar mazkur bandning maqsadlarida yo‘l qo‘yiladi (6-ilovaning 2-rasmini ko‘ring), agar quyidagi shartlar bajarilsa: a) shtangalar maksimum 60 mm oraliq bo‘ylab transport vositasiga va ularni yechib olish va ko‘rinuvchi izlarni qoldirmasdan joyiga qayta o‘rnatish mumkin bo‘lmaydigan tarzda mahkamlanadi; b) halqalar ikkitalik yoki markaziy o‘zakka ega bo‘ladi va payvandlashni qo‘llashsiz yaxlit tayyorlanadi; c) brezent mazkur Konvensiyaga 2-ilovaning 1-moddasi a) bandostida keltirilgan talablarga qat’iy muvofiqlikda transport vositasiga mahkamlanadi. 2.3.6 a)-2 Buraluvchi halqalar bilan jihozlangan transport vositalari Transport vositasiga mahkamlangan metall mahkamlash skobasida aylanuvchi har bir metall buraluvchi halqalar mazkur bandning maqsadlarida yo‘l qo‘yiladi (6-ilovadagi 2a rasmni ko‘ring), quyidagi shartlar bajarilganida: m in . 2 8 0 a) har bir skoba transport vositasiga uni yechib olish va ko‘rinuvchi izlarni qoldirmasdan o‘z joyiga qayta o‘rnatish mumkin bo‘lmagan shunday tarzda mahkamlanadi; va b) har bir skoba ostida joylashgan prujina qo‘ng‘iroq shaklidagi metall kojux bilan to‘liq yopilgan. (ECE/TRANS/17/Amend.4 , 1982 yil 1 oktabrda kuchga kirgan) 3-moddaning 6 a)-bandiga sharh Yopuvchi o‘zak konstruksiyasining misoli Quyida tasvirlangan qurilma 2-ilovaning 1-moddasi a) bandi va 2-ilovaning 3-moddasini 6 a) va 8- bandlarining talablariga javob beradi. Yon tomondan ko‘rinishi Bort 200 150 Sirpanuvchi oldingi plastina XYTning surib chiqariluvchi halqasi Qulflovchi o‘zak Ustun Yuqorida keltirilgan rasmning ta’rifi Qurilma odatiy turdagi XYT halqasi o‘rnatilgan xuddi shunday holatda bort ustiga o‘rnatilishi kerak; bunda XYT qurilmasining halqasi ustunning o‘rtacha chizig‘idan 150 mm.dan ortiq bo‘lmagan uzoqlikda joylashgan bo‘ladi. Qurilma XYTning odatiy halqalari kabi, ikki mixparchinlar yordamida bortga mahkamlangan bo‘ladi. U uchta tarkibiy metall qismlardan: asos-plastina, XYTning surib chiqariluvchi halqasi va sirpanuvchi oldingi plastina, jumladan qulflovchi o‘zakdan tashkil topgan. Oldingi plastina yopilgan holatda bo‘lgan vaqtda, qulflovchi o‘zak ustundagi tirqish orqali o‘tadi va unga bort kuzovini siqib turadi. Biroq qulflovchi o‘zak ustunga kamida 20 mm.ga kirib turishi kerak. Bir vaqtning o‘zida XYT halqasi avtomatik surib chiqariladi. Surib chiqarilgan holatda, mahkamlash trosi brezent ustidagi halqa orqali o‘tayotgan vaqtda, sirpanuvchi oldingi plastina qulflanadi va uni ochiq holatga qayta surib chiqarish imkoniyati mavjud bo‘lmagan shunday tarzda mahkamlanadi. (TRANS/WP.30/125, 40-band; TRANS/WP.30/127, 46- va 47-bandlar; TRANS/WP.30/AC. 2/23, 3-ilova) Zo‘g‘ota shakli Brezentdagi zo‘g‘otalar oval yoki dumaloq shaklda bo‘lishi mumkin, halqalar esa bu zarur bo‘lgandan ortiq bo‘lmagan masofaga transport vositasining muvofiq qismlaridan bo‘rtib turishi kerak. Brezent o‘rnatilgan tarzda mahkamlanganligiga ishonch hosil qilish uchun, bojxona organining mansabdor shaxsi transport vositasiga muhrlarni va plombalarni tushirishidan avval ulovchi arqonning mahkamlanishini tekshirishi kerak. (TRANS/GE.30/57, 35-band) Transport vositasiga brezentni mahkamlash uchun metall halqaning namunasi Payvandlangan metall ustunlarda, bortlarni qulflashning qo‘llab turuvchi va tutib turuvchi mexanizmlarida bitta XYTning metall taxlanuvchi halqasidan o‘rnatilgan. XYT halqasi ustunning tashqi tomonidagi katta bo‘lmagan tirqish orqali qo‘lda surib chiqarilishi mumkin. XYT halqasi prujinaning ta’siri ostida surib kiritilgan yoki surib chiqarilgan holatda bo‘lishi mumkin. U quyidagi tarzda ishlaydi. Bortlarni qulflash uchun mo‘ljallangan har bir o‘zakka metall cheklagich payvandlangan, u qulflovchi o‘zakning vertikal harakatlanishini cheklaydi va XYT halqasi surib chiqarilgan holatda bo‘lgan vaqtida bortlarga ochilib ketishiga imkon bermaydi. Shu vaqtning o‘zida, ushbu metall cheklagichlarning konfiguratsiyasi va joylashishi bort qulflarining ochilganida XYT halqasiga ochilishga imkon bermaydi. Bu u orqali ulovchi arqonning o‘tkazilishi bilan surib chiqarilgan holatda, halqa bortning ustunlarga mahkamlanishini, hamda yuk bo‘linmasining poliga ustunlarning mahkamlanishini ta’minlashini anglatadi. Bundan tashqari, bortlarni qulflovchi o‘zaklaridan biriga payvandlangan tepa ustunning qulflovchi o‘zagi, bortlarni mahkamlanishi bilan bir vaqtda tomning mahkamlanishini ta’minlaydi. XYT halqa surib chiqarilgan holatga joylashtirilganda, bortni yoki tomni ochish uchun ustunni to‘liq yo‘q qilish zarurdir. (TRANS/GE.30/AC.2/12, 15-band; TRANS/GE.30/35, 109-band va 2-ilova; TRANS/GE.30/GRCC/11, 27-29-bandlar; quyidagi rasmni ko‘ring) Qoplamaga metall halqalarni mahkamlash namunasi Bort Ustun |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling