Tir convention Uzbekistan
Download 3.25 Mb. Pdf ko'rish
|
TIR Convention Uzbekistan
2.2.1 b) f) tushuntirish xatiga sharh
Ma’lumotni ruxsat etish to‘g‘risidagi guvohnomaga muhrlar va plombalarni soni va qo‘yilish joyini kiritish uchun amalga oshirish davri bir bojxona plombasidan ko‘p plombalar talab etilgan shunday holatlarda 2.2.1 b) f) tushuntirish xatining 2003 yil 7 avgustda kuchga kirgan qoidalari zarurat tug‘ilganida birinchi marta yoki 2.2.1 b) f) tushuntirish xatining kuchga kirganidan keyin ko‘rikdan o‘tkazish va ruxsat berishni yangilashning ikki yilda bir marta o‘tkazilishi munosabati bilan kiritilishi kerak bo‘lgan yo‘l transport vositalariga nisbatan qo‘llaniladi. Demak, 2005 yilning 7 avgustidan boshlab bojxona xavfsizligini ta’minlash uchun bir bojxona plombasidan ortiq plomba tushirilishi talab etiluvchi barcha yo‘l transport vositalarida 2.2.1 b) f) tushuntirish xatiga muvofiq keluvchi ruxsat berish to‘g‘risidagi guvohnoma mavjud bo‘lishi kerak. (TRANS/WP.30/206, 62-band va 2-ilova; TRANS/WP.30/AC.2/69, 59-band va 2-ilova; TRANS/WP.30/AC.2/69/Corr.1) 2-moddaning 1 b)-bandostiga sharh Eshiklarning xavfsizligi Agar transport vositalarining yoki konteynerlarning eshiklari izometrik bo‘lmagan, ammo ichki qoplamaga ega bo‘lmagan holatda, oshiq- moshiqlarni mahkamlanishini ta’minlovchi detallar va bojxona plombalarini tushirilishi uchun qurilmalar eshiklarning butun qalinligi bo‘ylab (jumladan qoplamadan) o‘tishi va ichkaridan ko‘rinadigan ravishda mahkamlanishi kerak. (TRANS/GE.30/14, 101-band) Bojxona plombalarining miqdori Olib tashlangan (TRANS/WP.30/AC.2/69, 2-ilova) Bojxona plombalarini tushirish uchun qurilmalarning namunalari Konteynerlarni va transport vositalarining yuk bo‘linmalarini bojxona xavfsizligini ta’minlash uchun, bojxona plombalarini tushirish uchun qurilmalar a) band 2.2.1 b) tushuntirish xatining 6-ilovasini talablarini qoniqtirishi kerak (1-4).4 rasmlarni ko‘ring). Bundan tashqari, bojxona plombalarini tushirishda quyidagi talablarga rioya qilish zarurdir: mahkamlash arqoni zarur bo‘lganidan uzunroq bo‘lmasligi va iloji boricha kuchli tortilgan bo‘lishi kerak; mahkamlash arqoni XYT halqalari orqali o‘tishi kerak; bojxona plombalari iloji boricha zich tushiriladi; yopuvchi tizimning boshqa qismlari (yopuvchi mexanizmlarning tutqichlari, mushtchani o‘rnatish uchun qurilma, yopuvchi nish) kirishining xavfsizligi 6-ilovada ta’riflangan usullar bilan ta’minlanadi, 2.2.1 a) tushuntirish xati, a)-band (1-4-rasmlarni ko‘ring). Agar yopuvchi nishlar, oshiq-moshiqlar yoki mushtchani o‘rnatish uchun qurilma yedirilgan yoki shikastlangan bo‘lsa, bojxona plombalarining ishonchliligi jiddiy susaytirilgan bo‘lishi mumkinligini yodda saqlash zarurdir. Ko‘rsatib o‘tilgan yetishmovchiliklarni aniqlash zarur. (TRANS/WP.30/145, 17-band; TRANS/WP.30/AC.2/31, 3-ilova) 1-rasm Yuk bo‘limlarini va konteynerlarni orqa eshiklarini qulflash uchun ishonchli bojxona tizimi misoli Mushtchani bloklash uchun moslama Yopuvchi o‘qning podshipnigi yoki skobasi Orqa eshik Qotirilgan ulovchi qurilmalar Qulflovchi o‘zak Muhrlovchi qurilma Mushtchani bloklash uchun moslama Eshikning qulflovchi tizimi Mixparchin yordamida mahkamlagich Eshik Muhrlovchi qurilma Mixparchin Boshqaruv tutqichi Boshqarish tutqichini qayd etish nuqtasi Payvandlash yordamida mahkamlagich Eshik Qulflovchi o‘zak Yopuvchi o‘qning podshipnigi yoki skobasi Vint Mushtchani bloklash uchun moslama 2-rasm Bojxona muhrlovchi qurilmalarining misoli 1 2 Mixparchin, shurup, vint va shunga o‘xshashlar uchun tirqish (eshikning ichki tomonidan mahkamlanadi) Orqa plastina Aylanuvchi qismning vtulkasi Aylanuvchi qism Orqa plastina Dastak Bojxona plombasi uchun tirqish Dastak qaydlagichi Aylanuvchi qismning vtulkasi Aylanuvchi qism Dastak Bojxona plombasi uchun tirqish Dastak qaydlagichi Mixparchin, shurup, vint va shunga o‘xshashlar uchun tirqish (eshikning ichki tomonidan mahkamlanadi) Xususan, muhrlovchi qurilma № 1 yuqorida qayd etilgan talablarni bajarmaslik holatida noqonuniy ochishga moyil bo‘ladi. Shu munosabat bilan quyida tasvirlangan qurilmani qo‘llash maqsadga muvofiqdir, chunki ular bojxona muhrini tushirishgacha noqonuniy ochishdan yaxshi himoyani ta’minlaydi. 3 4 Orqa plastinani mahkamlash uchun Oldingi plastinaga payvandlangan mixparchin Vint, shurup, mixparchin va shunga o‘xshashlar, aylanuvchi Orqa plastina Aylanuvchi qism qismlar Aylanuvchi qism Mixparchin, shurup, vint va shunga o‘xshashlar uchun tirqish (eshikning ichki tomonidan mahkamlanadi) Dastak qaydlagichi Dastak Bojxona plombasi uchun tirqish Mixparchinlar, boltlar, shuruplar va shunga o‘xshashlar uchun tirqish (eshikning ichkarisidan mahkamlanadi) Dastak Bojxona plombasi uchun tirqish Dastak qaydlagichi Bojxona muhrlanuvchi qurilmalari № 3 va 4 shuningdek sovutish va izometrik konteynerlar va yuk bo‘linmalarining eshiklarini muhrlash uchun qo‘llanilishi mumkin. Bunday holatda muhrlovchi qurilmalar eshik qoplamasining tashqi qatlami ostida joylashgan ichki rezbali metall plastinaga burab kiritiluvchi kamida ikki to‘xtatadigan vintlar yoki shuruplar yordamida mahkamlanishi mumkin. Bunday holatlarda to‘xtatuvchi vintlarning yoki to‘xtatuvchi shuruplarning boshchalari to‘liq deformatsiya qilingunicha payvandlangan bo‘lishi kerak (6-ilova 1-rasmda ko‘ring). {TRANS/GE.30/6, 35-band} 3-rasm Bojxona muhrlovchi qurilmaning misoli Yukni o‘g‘irlanishiga to‘sqinlik qiluvchi qulflovchi qurilma O‘ng eshik Chap eshik Eshik zichlagichi c Tubning ko‘ndalang elementi d a b Bojxona muhrini tushirish uchun tirqish Payvandl ash choki Ushbu bojxona muhrlovchi qurilmasini metall konteynerlarda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Zarurat tug‘ilganida plomba joylashtirilishi kerak bo‘lgan joyni adashtirib yuborish mumkin bo‘lmasligi ustidan kuzatish zarur. Bu yerda har xil turdagi plombalar qo‘llanilishi kerak. "Sakkiz" ko‘rinishidagi simli plombalarning qo‘llanilish holatida simni barcha to‘rtta tirqish orqali o‘tkazish tavsiya etiladi (a, b, c yoki d). Qattiq plombalarni qo‘llash holatida ushbu plombalarni s yoki d tirqishlar orqali o‘tkazish kerak. 4-rasm Bojxona muhrlovchi qurilmaning misoli Mushtumchani bloklash uchun moslama Mushtumcha Qulflovchi o‘zak Boshqaruv tutqichi Qulflovchi o‘zak Mushtumcha Muhrlovchi qurilma Mushtumchani bloklash uchun moslama Bojxona muhrlovchi qurilmasining ushbu turi izometrik konteynerlar va yuk bo‘linmalarini eshiklariga plombalarni tushirish uchun qo‘llaniladi. Har xil konstruksiyadagi qurilmalarda plombalarni tushirish nuqtalari plombalarni tushirish uchun tirqishda qanday joylashganligiga bog‘liq holda - gorizontal yoki vertikal holatda o‘zgarishi mumkin. Bojxona nuqtai nazaridan vertikal tirqishli qurilma katta ishonchlilikni ta’minlaydi, shu vaqtning o‘zida bojxona nuqtai nazaridan ishonchlilikni ta’minlash uchun gorizontal tirqishli qurilmaning qo‘llanilishida zich plombalash talab etiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling