Tir convention Uzbekistan


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/162
Sana28.10.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1731209
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   162
Bog'liq
TIR Convention Uzbekistan

6. Varaqlar soni: Agar tashish yoʻnalishi faqat bir joʻnatish joyi bojxonasi va bir moʻljallanish joyi bojxonasi orqali oʻtayotgan boʻlsa, u holda XYT kitobchasida, hech 
boʻlmaganida, joʻnatish mamlakati uchun 2 varaq, moʻljallanish mamlakati uchun 2 varaq va tashish hududi orqali amalga oshiriluvchi har bir boshqamamlakat uchun 2 
varaq boʻlishi kerak. Joʻnatish (moʻljallanish) joyining har bir qoʻshimcha bojxonalari uchun qoʻshimcha 2 varaq talab etiladi. 
7. Bojxonalarda taqdim etilishi: XYT kitobchasi har bir joʻnatish joyi bojxonasida, har bir oraliq bojxonasida va moʻljallanish joyining har bir bojxonasida yoʻl transport 
vositasi, transport vositalari tarkibi yoki konteyner(lar) bilan birgalikda taqdim etilishi kerak. Joʻnatish joyining oxirgi bojxonasida bojxona shaxsi yoʻnalishning qolgan 
qismida qoʻllaniladigan barcha yirtma varaqlarda yuk manifesti ostida imzo va sanali shtempelni qoʻyadi. (17-rubrika). 
B. XYT kitobchasini toʻldirish usuli 
8. Tuzatishlar, dogʻlar: XYT kitobchalarida na tuzatishlar, na dogʻlar boʻlmasligi kerak. Barcha tuzatishlar xato koʻrsatishlarni oʻchirish va zarurat holatlarda oʻrnatilgan 
tarzdagi koʻrsatishlarni qoʻshish yoʻli bilan amalga oshirilgan boʻlishi kerak. Har qanday tuzatish uni qilgan shaxs tomonidan tasdiqlanishi va bojxona organlari 
tomonidan tasdiqlab berilishi kerak. 
9. Roʻyxatdan oʻtishga taaaluqli maʼlumotlar: Agar milliy qonunchilik qoidalari bilan tirkamalarning va yarim tirkamalarning roʻyxatdan oʻtkazilishi koʻzda tutilmagan 
boʻlsa, u holda roʻyxatdan oʻtish raqami oʻrniga tanituvchi yoki zavod raqamini koʻrsatish kerak. 
10. Manifest: 
a) Manifest, agarda bojxona organlari boshqa tilni qoʻllanilishiga ruxsat bermasa, joʻnatish mamlakati tilida toʻldiriladi. Tashish amalga oshirilayotgan boshqa 
mamlakatlarning bojxona organlari manifestni ularning tillariga tarjimasini talab qilish huquqini oʻzlarida qoldiradi. Ushbu talab bilan chaqirilgan tutilib 
qolishlardan saqlanish maqsadida, tashuvchilarga oʻzlarining tasarruflarida oʻrnatilgan tarzdagi tarjimalarga ega boʻlish tavsiya etiladi. 
b) Manifestga kiritilgan koʻrsatmalar ular qulay oʻqiladigan boʻlishi uchun shunday tarzda mashinkada chop etilgan yoki gektografiyalangan boʻlishi kerak. Oʻqib 
boʻlmaydigan qilib toʻldirilgan varaqlar bojxona organlari tomonidan qabul qilinmaydi. 
c) Yirtma varaqlarga xuddi shunday namunadagi manifat ham yoki manifestda keltiriluvchi barcha maʼlumotlarni koʻrsatish bilan tijorat hujjatlari ilova qilinishi 
mumkin. Bunday holatda barcha yirtma varaqlarga quyidagi maʼlumotlarni kiritish kerak boʻladi: i) qoʻshimcha varaqlar soni (8-rubrika); ii) yuk joylari yoki 
predmetlarning soni va turi, hamda ushbu qoʻshimcha varaqlarda sanab oʻtilgan yuklarning sof ogʻirligi (9-11-rubrikalar). 
d) Agar XYT kitobchasi transport vositalari sostavida yoki bir nechta konteynerlarga berilgan boʻlsa, manifestda har bir transport vositasining yoki har bir 
konteynerning ichida saqlanuvchilarni alohida koʻrsatish kerak. Ushbu koʻrsatmaga transport vositasining roʻyxatdan oʻtish raqami yoki konteynerning 
tanitish raqami oldin kiritilishi kerak. 
e) Agar tashish yoʻnalishi bir nechta joʻnatish yoki moʻljallanish joylarining bojxonalari orqali oʻtayotgan boʻlsa, u holda rasmiylashtirish uchun qabul qilingan 
yuklarga yoki har bir bojxona uchun moʻljallangan yuklarga nisbatan taaluqli yozuvlar, shuningdek, bir-biridan alohida manifestga kiritilgan boʻlishi kerak. 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling