Tir convention Uzbekistan


bo‘linmasiga kirishga to‘sqinlik qiluvchi himoya pardadevori mavjud


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/162
Sana28.10.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1731209
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   162
Bog'liq
TIR Convention Uzbekistan

bo‘linmasiga kirishga to‘sqinlik qiluvchi himoya pardadevori mavjud 
bo‘lsa, ko‘tarma etak talab etilmaydi. Ko‘tarma etak, shuningdek 
sirpanuvchi etaklari bo‘lgan konteynerlar uchun ham talab etilmaydi. 
(ECE/TRANS/17/Amend.14, 1992 yil 1 avgustda kuchga kirgan; 
ECE/TRANS/17/Amend.20 va Add.1, 2001 yil 12 iyunda kuchga kirgan) 
3-moddaning 11 a)-bandiga tushuntirish xati 
2.3.11 a)-1 Brezentning ko‘tarma tortiluvchi etaklari 
Ko‘pgina transport vositalarida brezent transport vositasining yon tomoni 
bo‘ylab o‘tuvchi gorizontal zo‘g‘otali ko‘tarma etak bilan jihozlangan.
Tortiluvchi etaklar deb nomlanuvchi bunday ko‘tarma etaklar troslar yoki 


shunga o‘xshash qurilmalar yordamida tortiluvchi brezent uchun 
qo‘llaniladi. Ushbu etaklar transport vositasida tashiluvchi yuklarga 
ruxsat etilmagan kirish imkonini beruvchi brezentda hosil qilinuvchi 
gorizontal kesiklarni yopish uchun qo‘llanilgan. Shuning uchun ushbu 
turdagi ko‘tarma etaklarni qo‘llashga yo‘l qo‘ymaslik tavsiya etiladi. 
Ularning o‘rniga, xususan, quyidagi qurilmalarning qo‘llanilishi mumkin: 
a) 
qoplamaning ichki tomonidan mahkamlanuvchi shunga o‘xshash 
konstruksiyadagi tortiluvchi ko‘tarma etaklar; yoki 
b) 
brezentning tashqi tomonidan mahkamlanadi va brezentning 
muvofiq tortilishini ta’minlovchi bir-biridan shunday masofada 
joylashgan har biri bir zo‘g‘otali katta bo‘lmagan alohida 
ko‘tarma etaklar. 
Alternativa sifatida ba’zi holatlarda brezentda tortiluvchi etaklarning 
qo‘llanilishidan voz kechish kerak. 
2.3.11 a)-2 Kamarlar 
Kamarlarni tayyorlash uchun quyidagi materiallar qo‘llanilishi mumkin: 
a) teri; 
b) 
cho‘zilmaydigan tekstil materiallar, jumladan plastik bilan 
qoplangan yoki rezinalangan matolar, 
shikastlanishidan 
keyin 
bunday materiallarni payvandlash yoki ko‘rinuvchan izlarni 
qoldirmasdan tiklash mumkin bo‘lmagan shartda. Bundan 
tashqari, kamarlarni qoplash uchun qo‘llaniluvchi plastmassa, 
shaffof va silliq yuzaga ega bo‘lishi kerak. 
2.3.11 a)-2 tushuntirish xatiga sharhlar 
Qoplamani mahkamlash uchun kamarlarning namunasi 
Ma’muriy qo‘mita kamarlardagi zo‘g‘otalar mustahkamlanishi kerak deb 
hisoblaydi. 
(TRANS/GE.30/AC.2/21, 16-band) 
 Kamarlarning mahkamlagichi 


Quyida tasvirlangan qurilma 2-ilovaning 3-moddasini 11 a) iii)-bandi 
talablariga javob beradi 
(1) 
(2) 
(3) 
 
Ta’rifi 
Kamar tepa zo‘g‘ota (1) brezentda yuklash va tushirish uchun 
qo‘llaniluvchi deraza mavjud bo‘lgan joy orqali o‘tishi, pastki zo‘g‘ota 
(2) orqali yuk bo‘linmasidan chiqishi va so‘ngra kamarning uchidagi 
mustahkamligi oshirilgan zo‘g‘ota (3) orqali o‘tkazilishi kerak. 
(TRANS/WP.30/123, 45-47-bandlar va 3-ilova; 
TRANS/WP.30/AC.2/23, 3-ilova) 
2.3.11 a)-3 Mazkur ilovaning 3-rasmida ko‘rsatilgan qurilma 2-ilovaning 3-moddasini 
11 a) bandini oxirgi xatboshisi talablariga javob beradi. U, shuningdek, 2-
ilovaning 3-moddasini 6 a) va 6 b)-bandlarini talablariga ham javob 
beradi. 
(ECE/TRANS/17/Amend.15, 1993 yil 1 avgustda kuchga kirgan; 
ECE/TRANS/17/Amend.17, 1994 yil 1 oktabrda kuchga kirgan) 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling