Tirik organizmlarda moddalar transporti
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq7-sinf TIRIK ORGANIZMLARDA MODDALAR TRANSPORTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘suvchi zona – hujayralar o‘sib kattalashadi va ma’lum bir funksiyalarni bajarishga ixtisoslashadi. • 4. Bo‘linuvchi zona
O‘tkazuvchi zona
– suv va unda erigan moddalarni poyaga o‘tkazib beradi. • 2. So‘ruvchi zona – ildiz tukchalari joylashgan. Bitta tukcha bitta hujayradan iborat, 10–20 kun yashaydi. Ildiz o‘sib, tuproqqa kirgani sari pastki qismida tukchalar hosil bo‘lib, yuqori qismidagilari halok bo‘lib boraveradi. Ildiz tukchalari suvni tuproqdan shimib oladi. • 3. O‘suvchi zona – hujayralar o‘sib kattalashadi va ma’lum bir funksiyalarni bajarishga ixtisoslashadi. • 4. Bo‘linuvchi zona – yosh hujayralar doimiy bo‘linib, ildizning bo‘yiga o‘sishini ta’minlaydi. Ildizning bo‘linuvchi zonasi ildiz qinchasi bilan himoyalangan. Ildiz zonalari Ildizning so‘ruvchi qismidan ko‘ndalangiga kesib qaralsa, ildiz qinchasi, po‘st hujayralari va o‘tkazuvchi naylarni ko‘rish mumkin. Po‘st hujayralari tirik, yumaloq va yupqa qobiqli bo‘ladi. Hujayralar orasida havo bilan to‘lgan bo‘shliqlar bo‘lib, ildizdagi hujayralar shu havo bilan nafas oladi. Ildizning markaziy qismida qalin devorli naylar joylashgan. •Ildizning turli zonalarini ng ko’ndalang kesimi • Osmos hodisasi tufayli ildiz tukchalariga kirgan suv hujayradan hujayraga o‘tib, ildizning markaziy qismida joylashgan naylarga yetib boradi. O‘tkazuvchi naylar orqali suv poyaga o‘tkaziladi. • Tuproqdan ildiz tukchalariga o‘tgan suv va mineral tuzlar o‘simlikning • transport sistemasi, ya’ni o‘tkazuvchi to‘qima hujayralari orqali o‘simlikning barcha organlariga yetkaziladi. Poyaning ko‘ndalang kesmasi quyidagicha tuzilgan. • Poyada transport vazifasini ksilemada joylashgan o‘tkazuvchi naylar va floemadagi elaksimon naylar amalga oshiradi. • Ksilema murakkab tuzilgan bo‘lib, o‘tkazuvchi, mexanik (yog‘ochlik tolalari), asosiy (jamg‘aruvchi) to‘qimalar dan tashkil topgan. Ksilemaning o‘tkazuvchi to‘qimasi, ya’ni o‘tkazuvchi nay hujayralari orqali ildizdan o‘simlikning barcha organlariga suv va mineral moddalar transporti amalga oshiriladi. • Floema ham murakkab tuzilgan bo‘lib, o‘tkazuvchi, mexanik (lub tolalari), asosiy (jamg‘aruvchi) to‘qimalar dan tashkil topgan. Floemaning o‘tkazuvchi to‘qimasi, ya’ni elaksimon nay hujayralari orqali barg larda hosil bo‘lgan organik moddalar o‘simlikning barcha organlariga tashiladi. Elaksimon nay yadrosiz tirik hujayralardan iborat. Ular yonidagi yadroga ega yo‘ldosh hujayralar elaksimon naylarni oziq va energiya bilan ta’minlaydi. Naylar orasidagi elaksimon to‘siqlar shakarni suvda erigan holda o‘tkazadi. • Floema va ksilema ildizda, poyada va bargda yonma-yon joylashadi va mexanik to‘qima tolalari bilan birga nay-tolali bog‘lamlar ni hosil qiladi • O‘simlik bargi doimiy ravishda suv bug‘latib, o‘simlikni qizib ketishdan saqlaydi. Bu jarayon barg og‘izchalari orqali amalga oshiriladi va transpiratsiya deyiladi. • O‘simlik o‘zlashtirgan suvning 90 % i transpiratsiyaga sarflanadi. • Qolgan 10 % suv o‘simlikning hayotiy jarayonlarida ishtirok etadi. • Transpiratsiya sababli poya va ildizda ham suv miqdori kamayadi. • Natijada suv osmos jarayoni tufayli tuproqdan ildiz tukchalariga o‘tadi. Suvning yetish masligi o‘simlikning so‘lib qolishiga olib keladi O’simliklarda suv transporti Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling