Tiristorlar Reja: Kirish Tranzistorlarni tuzilishi va ishlatilishi. Tranzistorlarni asosiy parametrlari
Tranzistorlarni asosiy parametrlari
Download 63.63 Kb.
|
tiristorlar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tranzistorlarni ulanish usullari.
- Bipolyar tranzistorlar.
- Maydon tranzistorlari.
- P n P n P n P n
Tranzistorlarni asosiy parametrlari. Kirish va chiqish qarshiliklari kollektorning teskari toki hamda tok bo`yicha kuchaytirish koeffisienti tranzistorlarning asosiy parametrlari hisoblanadi.
Kirish qarshiligi deb, chiqish zanjiri ochiq turgan holatdagi baza bilan emitter orasidagi qarshilikka aytiladi. Chiqish qarshiligi deb, kirish zanjiri ochiq holatdagi kollektor bilan baza orasidagi qarshilikka aytiladi. Tok bo`yicha kuchaytirish koeffisienti kollektor toki o`sishining baza toki o`sishiga bo`lgan nisbati bilan aniqlanadi. bunday holda bo`ladi. Tranzistorlarni ulanish usullari. 3-rasm a, b, v da tranzistorlarning umumiy emitterli, umumiy bazali va umumiy kollektorli usulda ulanishi ko`rsatilgan.
3-rasm. Tranzistorlarni umumiy emitterli (a) umumiy bazali (b) va umumiy kollektorli (v) usulda aniqlanadi. Bipolyar tranzistorlar. Bipolyar tranzistorlarda, emitter baza va kollektor qatlamlari yahlit monokristallarda hosil qilingan bo`ladi (4-(a) rasmda). Bu qatlamlardagi erkin tok tashuvchilarning konsentrasiyasi va qatlamlarning qalinligi qat`iy qiymatlarga ega. 4-(b) rasmda bipolyar tranzistorlarni zanjirga ulash sxemasi ko`rsatilgan. 4-rasm. a,b-bipolyar tranzistorlarni elektr zanjiriga ulash. Maydon tranzistorlari. Ma`lumki tranzistorlar konstruktiv tuzilishiga qarab bipolyar va unipolyar tiplarga ajratadi. Maydon tranzistorlar unipolyar tranzistorlar qatoriga kiradi. Maydon tranzistorlarida ishchi tok yarim o`tkazgich uchun asosiy bo`lgan zaryad tashuvchilar (elektron yoki kovak) yordamida vujudga keladi. Bipolyar tranzistorlarda esa ishchi tokni hosil qilish har ikkala tip tok tashuvchilar ham katta rol o`ynaydi. P-n o`tishli maydon tranzistorlarini ulanish sxemasi 5-rasmda ko`rsatilgan.
5-rasm. Maydon tranzistorlarini tarmoqqa ulanish sxemasi. Tiristor uch va undan ko`p p-n o`tish va ikki turg`un holatga ega bo`lgan, ochiq holatdan yopiq holatga va aksincha o`ta oladigan yarim o`tkazgichli asbobdir. Faqat ikki chiqish uchlari bo`lgan p-n-p-n strukturasi dinistor deb ataladi (6-rasm, a). Uchta chiqish uchlari bo`lgan p-n-p-n strukturasi tristor deb ataladi (6-rasm b, v). Tristorfagi chetki p- qatlam anod vazufasini, chetki qatlam esa katod vazufasini bajaradi va ular tristorning emitterlari deb ataladi. Oraliqdagi P-bazaga ulangan uchunchi elektrod boshqaruvchi elektrob deb ataladi. P n P n P n P n а) Е б) Е -rasm. Dinistor (a) Tiristorni (b) ulanish sxemalari va shartli belgisi (v). Dinistor boshqarilmaydigan diod hisoblanib tarmoq kuchlanishi ma`lum miqdorga etgunga qadar u yopiq bo`ladi. Tarmoq kuchlanishi belgilaydigan miqdorga etganda u ochiladi. Shuning uchun dinistoruzib-ulagach sifatida “kutuvchi” rejimida ishlovchi element deb ataladi. Tiristorlarda uchunchi boshqaruvchi elektrodga kichik kuchlanish berish yo`li bilan uni qarshiligini keskin kamaytirish mumkin. Shuning uchun tiristorlarni boshqariladigan uzib ulagach deb ham atashadi. Tiristorlar katta kuchlanish va kichik tok bilan boshqariladi. Download 63.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling