Tiristorlar Reja: Kirish Tranzistorlarni tuzilishi va ishlatilishi. Tranzistorlarni asosiy parametrlari


Download 63.63 Kb.
bet1/4
Sana21.04.2023
Hajmi63.63 Kb.
#1367664
  1   2   3   4
Bog'liq
tiristorlar.


Tiristorlar
Reja:
Kirish
1. Tranzistorlarni tuzilishi va ishlatilishi.
2. Tranzistorlarni asosiy parametrlari.
3. Tranzistorlarni ulanish usullari.
4. Dinistor va tiristor.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Tiristor (yun. thyra — eshik, kirish va rezistor) — elektrik ventil xossasiga ega boʻlgan kremniy monokristall asosidagi yarimoʻtkazgich asbob. Yarimoʻtkazgich elementi kremniy (bir oz bor, alyuminiy va fosfor qoʻshilgan) monokristall disk (plastinka)dan tayyorlanadi. Ishlash prinsipi kremniy monokristallning elektronteshikli oʻtish (elektron p oʻtkazuvchanlikdan teshikli r oʻtkazuvchanlikka oʻtish) xossasiga asoslanadi. Bu xossa asbobning ventilli oʻtkazuvchanligini taʼminlaydi. T.ning triodli (trinistor; uchta tashqi chiqish — katod, anod, boshqaruvchi elektrod) va diodli (dinistor, boshkaruvchi elektrodsiz) turlari bor. Vazifasiga koʻra, bir tomonlama va ikki tomonlama oʻtkazuvchan, yuqori chastotali, impulsli, ikki operatsiyali va maxsus xillarga boʻlinadi. Fotorezistorlar, galliy arsenid asosidagi T.lar ham bor.
T. elektr oʻzgartirgichlarida ventil, avtomatik boshqarish tizimining ijrochi va kuchaytiruvchi elementlari, turli elektron qurilmalarda xotira kaliti hamda elementlari va boshqa sifatida ishlatiladi.
Tranzistorlar radiotexnikada elektr signallarini generatsiyalash va uni kuchaytirishda ishlatiladi. Tranzistorlarni sxemalari a, b, v, g rasmlarda ko`rsatilgan. Tranzistorlar uchta qatlamdan tashkill topgan bo`ladi.


1-rasm. a, b, v, g tranzistorlarni sxmemalari.


Tranzistorlarni o`rta qatlami baza deb, chetki qatlamlari esa emitter va kollektor deb ataladi. Tranzistorlarni elektr zanjiriga ulanish sxemasi 2-rasmda ko`rsatilgan.


2-rasm. Tranzistorni elektr zanjiriga ulanish sxemasi.


Tranzistorlarni ishlash prinspi quyidagicha: emitter ichidagi elektr toki asosiy zaryadlanuvchilar bo`lgan kocaklar harakatidir.
Bu kovaklar asososohasiga injensiyalanadi va asosiy bo`lmagan zaryad tashuvchilar sifatida kollektorga qarab harakatlanadi. Bu erda musbat kovaklar o`tish ichida ta`sir ko`rsatayotgan maydon tomondan tortib olinadi (manfiy zaryadlangan kollektorga tortiladi) va kollektor ichida asosiy zaryad tashuvchilar tarzida kollektor tokini o`zgartiradi.
Emitter zanjirida tokning har qanday o`zgarishlari zanjirdagi tokni o`zgartiradi. Kolektor zanjirdagi yuklama qarshiligida kuchlanish o`zgarishlarini hosil qiluvchi kuchlanishdan katta qilib olish, kollektor zanjirida o`zgaruvchan tok, yuklama qarshiligida esa o`zgaruvchan kuchlanish hosil qilish mumkin. Bunda o`zgaruvchan tokning yuklama qarshiligida ajraladigan quvvatni emitter zanjiridan sarflanayotgan quvvatdan katta qilib olinishi mumkin, yani quvvatni kuchayishi sodir bo`ladi.
Yarim o`tkazgichli triodlar huddi uch elektrodli vacuum lampalar kabi ishlaydi. Bunda emitter katod rolini, kollektor esa anod rolini o`ynaydi, to`r o`rnida esa baza bo`ladi.
Ko`rinishi, tuzilishi va ishlash prinspiga qarab tranzistorlar yassi, bopolyar, maydon tranzistorlariga bo`linadi.

Download 63.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling