Tiristorni o’rganish (Silicon-controlled rectifier
Tiristorni ochish va yopish
Download 290.81 Kb. Pdf ko'rish
|
2-Laboratoriya mash\'gulati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajribani o’tkazish tartibi.
Tiristorni ochish va yopish. TiristorV
AK >0 va (+) boshqaruv impuls toki bilan ochilgan bo’lsa, t’tkazuvchan holatda bo’ladi va keyin u bu holatni boshqaruv elektrodidagi impuls tokisiz ham saqlaydi. To’g’ri o’tish kuchlanishi 1-3 V orasida bo’lganida anod-katoq yo’nalishida tok kamayadi. Triristor boshqaruv elektrodiga impuls berilmaganda ham quyidagi hollarda ochilishi mumkin va bunday holatni bartaraf qilish zarur. V AK >V BC bo’lib, anodga katta kuchlanish berilgan bo’lsa. Anod va katod orasidagi kuchlanish o’zgarishi quyidagi me’yordan katta bo’lsa . Tiristor harorati ruxsat etilgan haroratdan yuqori bo’lsa. Ichki p-n o’tishlarga yorug’lik tushsa. Tirirstor boshqaruv elektrodi toki bilan ishga tushiriladi, ammo uning teskari toki bilan berkilmaydi. Tiristorni berkitish uchun anod toki nol bo’lishi kerak yoki unga teskari kuchlanish berilishi lozim. Boshqacha aytganda, tiristor anod va katod orasidagi potensial ishorasini o’zgartirish yoki anod potensialaini kamaytirish orqali o’tkazuvchan holatdan chiqarilishi mumkin. Tajribani o’tkazish tartibi. Quyidagi rasmda keltirilgan zanjirni yig’ing va tiriristorni boshqarish bo’yicha mashqlarni bajaring. 9.3-Rasm. Tiristorni (SCR) boshqarish zanjiri 1) Ta’minlash manbaidan 9V DC bering. 2) Kalitni uzing (OFF). 3) VR kuchlanishni teskari uzish yo’nalishiga to’g’rilang, LED holatini kuzating va yozib oling. LED holati: 4) Raqamli voltmetrdan (DVM) foydalanib kirish tokini o’lchang va qayd qiling. Shu vaqtdagi tiristor holatini ham qayd qiling. Tiristordan oqayotgan tok (a-b): [A] Tiristor holati: 5) VR nisbat ko’rsatkichi aylanishi yo’nalishida burang, LED holatini kuzating va qayd qiling. LED status: 6) DVM dan foydalanib kirish tokini o’lchang va yozib oling. Shu vaqtdagi tiristor holatini ham qayd qiling. Tiristordan o’tayotgan tok (a-b): [A]. Tiristor holati: 7) VR ni soat strelkasiga teskari yo’nalishda burang. 8) Kalitni qo’shing (ON). 9) DVM dan foydalanib tiristordagi to’g’ri o’tish kuchlanishini o’lchang va yozib oling. Tiristor (SCR) to’g’ri o’tish kuchlanishi (b-c): [V] 10) Tiristordan chiqadigan kuchlanishni oshirish uchun VR ni soat strelkasi bo’ylab burang. 11) DVM dan foydalanib triristordan o’tuvchi to’g’ri o’tishdagi kuchlanishni o’lchang va uni V (b-c) nuqtalar o’rniga yozing: [V] Baholash tartibi. Mezon Baholash turlari To’liq Yaxshi Qoniqarli Yomon Jami Natijalarni baholash (80 ball) Asboblardan foydalanish 40 Savollarga javoblar 40 Ishlash jarayonini baholash (20 ball) Uskunalarni ishlatish 8 Ishga munosabati 7 Vaqt Vaqt bo’yicha talab 5 Umumiy ball 100 Download 290.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling