Tirqishli va tuynukli drenaj qurish mashinalari


Download 1.58 Mb.
bet2/3
Sana15.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1478931
1   2   3
Bog'liq
Tirqishli va tuynukli drenaj qurish mashinalari

Tuynukli drenaj hosil qiladigan mashinalar taqma va osma ish organlari bilan jihozlangan. So’nggi davrlarda taqmali tuynukli drenaj hosil qiladigan mashinalar o’ta yuqori og’irlikka egaligi, pas o’tkazuvchanligi, qiyalikni rostlashdagi murakkabligi va boshqa kamchiliklari mavjudligi sababli ishlab chiqarishda qo’llanilmayapti.

Tuynukli drenaj quruvchi mashinalar.

Katta mablag’ talab etishiga qaramasdan ochiq yoki yopiq drenajlar qurilib er osti sizot suvlarining ko’tarilishi va yerlarning sho’rlanishini oldini olish ayniqsa bu jarayonga yordamchi hisoblangan tuynukli drenaj hosil qiladigan mashinalar ularning maqbul variantini ishlab chiqarishga qo’llashni tavsiya etish va tuynukli drenajning mustahkamligini oshirish masalalari dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.

Ushbu mashinalar O‟zbekiston sharoitida yerlarning meliorativ holatini yaxshilashda hozirgi kuda qishloq xo‟jalik ishlab chiqarishida qollanilmaydi. 30 Shu sababli O‟zbekiston, ayniqsa Buxoro viloyatining sho‟rlangan tuproq iqlim sharoiti uchun mo‟ljallangan yangi qurilma bilan tanishib chiqamiz.

Tuynuk qazuvchi moslamaning qiyaligi ko‟z orqali kuzatish bilan traktor kabinasidan rostlanadi. Maxsus vizir moslamadan foydalanib, tuynuk ochuvchining ramasiga mustahkam ulanadi va ikkita vizirka bilan kollektor kanali orqali mahkamlanib, shundan tuynukning boshlanishi hosil bo‟ladi. Shu bilan asosiy gidroslindor orqali pichoqning chuqurligi o‟zgartiriladi. Tuynuk ochuvchi, harakatlanuvchi yuza bo‟ylab har doim holatdan chiqaruvchiga nisbatan rostlab boriladi.

Tuynukli drenaj hosil qiluvchi qurilmaning maqsadi.

Tuynukli drenaj hosil qiluvchi qurilmaning maqsadi: qurilmaning ishonchliligi, ish unumdorligi, tuynukli drenajning ish sifati va samaradorligining oshishi, energiya sarfini kamayishi va yerlarning meliorativ holatini yaxshilashda qo’llashdan iborat. Qurilma uchta ish organlardan tashkil topgan bo’lib, birinchi ish organi old ramada o’rnatilgan va yon ishchi organlar chap va o’ng tomonga qiyalangan holda tuproqqa 58-600 burchak ostida kiradi. Old ish ustunining ishlov berish chuqurligi 80 sm chuqurlikda tuynukli drenaj hosil qiladi. Ikkila yon tomondagi ish ustunlar 40 sm chuqurlikda yon tomondan 58-600 burchak ostida kirib, tuynukli drenaj hosil qilinadi. Bu esa o’z navbatida yuqoridan kelayotgan suvni vertikal bosim ostida kirishini oldini olib yon tomondan kirishini ta‟minlaydi. Bu esa o’z navbatida tuynukli drenajni tez o’pirilib ketishini oldini oladi.


Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling