Titul sahifa Familiya, ism, sharif


Download 19.85 Kb.
Sana10.12.2020
Hajmi19.85 Kb.
#162875
Bog'liq
insho


TITUL sahifa

1.Familiya, ism, sharif

Adizova Nargiza Parda qizi

2.Maktab nomi

Navoiy viloyati Navbahor tumani XTB ga qarashli 12-sonli maktab

3.Tug’ilgan sana

03.08.2002-yil

4.Jinsingiz

Ayol

5.Yashash manzilingiz

Navoiy viloyati Navbahor tumani “Yangi kuch” MFY, “Orzu” ko’chasi 7-uy

6.Elektron pochta manzilingiz

adizovanargiza9@gmail.com

7.Telefon raqamingiz

995427980

8.Insho mavzusi

Nima deb o’ylaysiz, kelajakda qaysi kasb egalarining Vatanimizga ko’proq foydasi tegadi? Siz qanday kasb egasi bo’lmoqchisiz?

9.Insho yozilgan til

O’zbek tili

10.Insho necha so’zdan iborat (titul varaqdan tashqari)

549

Reja:


1.Vatan – sajdagoh kabi muqaddasdir.

2.Kasb – inson hayotining mazmuni va insoniylik o’lchovi.

3.Vatan taraqqiyotiga hissa qo’shish har bir fuqaroning burchidir.

4.Xulosa.

O’zimiz o’zimizni aldamasak,

halol-pok mehnat qilsak,

qaysi kasb egasi bo’lishimizdan qat’iy nazar,

ko’zlangan barcha marralarga, albatta, yetamiz.

(Shavkat Mirziyoyev).

Vatan haqida har kim o’zicha fikrlaydi, har kim o’z tushunchasini bildiradi. Ba’zida hatto “Vatan nima?” degan savolga javob berolmaydiganlar ham uchraydi.Ammo bu ular Vatanini yaxshi ko’rmaydi, degani emas. Ular shunchaki, Vatanni ta’riflay olmaydi, xolos. Vatanga bo’lgan sof muhabbatni ba’zi odamlar har kuni ham his qilmasligi mumkin, ammo bu ular Vatanini sevmaydi degani emas. Shunchaki ular bu his qanday bo’lishini bilmaydi, xolos. Vatanidan uzoqda bo’lgandagina buni tushunib yetadi. Bundan xulosa shuki, har bir inson Vatanini yaxshi ko’radi. Vatani dunyoning eng taraqqiy etgan mamlakati bo’lishini xohlaydi. Boshqa mamlakatlar uning Vatani taraqqiyotiga havas bilan qarashini, bunday taraqqiyotga qanday erishilganiga qiziqishini xohlaydi. Albatta, bunga faqat xayol surish bilan, mehnatsiz, shunchaki erishib bo’lmaydi. Buning uchun tinmay mehnat qilish, o’qib- o’rganish, boshqa xalqlar yutuqlaridan samarali foydalanish kerak. Bu o’rinda aytish lozimki, insonli sevimli kasbi bo’lishi juda ham muhim ahamiyatga ega.

Inson hayotda yashar ekan, maqsadsiz yashay olmaydi. Men kasbni inson hayotining mazmuni dedim. To’g’ri, balki bu xato fikrdir, chunki har kimning hayot tarzi, hayotining mazmuni turlichadir. Lekin tasavvur qilingchi, siz hech bir kasbning egasi emassiz. Qo’lingizdan hech ish kelmaydi. Doimiy uydasiz (uyingiz bo’lsa, albatta), hech kim sizni tanimaydi, tanisa ham hurmat qilmaydi. Hech kimga foydangiz tegmaydi, hatto o’zingizga ham. Bu qanday hayot tarzi?! Bunday yashashda qandaydir mazmun bormi?! Menimcha, yo’q. Shunday ekan kasb inson hayotida juda muhim o’ringa egadir.

Dunyoda kasblar ko’p. Ularning har biri u yoki bu darajada Vatan taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ammo shunday kasb egalari ham borki, ularsiz hayotni tartibli tasavvur qilish qiyin. Bu huquqshunoslardir. Ma’lumki, odamlar paydo bo’lgan davrdan buyon huquq ularning doimiy yo’ldoshi bo’lib kelmoqda. Huquqning turli vazifalari mavjud, binobarin huquqshunoslarning ham: odamlar faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish, ularni turli jinoyatlardan himoya qilish va odamlar bir-birining huquqlarini hurmat qiladigan, tartibli jamiyat yaratish. Yuzaki qaraganda huquqshunoslarning Vatanimizga unchalik ham foydasi tegmaydigandek. Lekin chuqurroq o’ylab ko’rilsa, huquqshunoslar bo’lmasa, ular inson huquqlarini himoya qiladigan qonunlar yaratmasa va ularning ijrosini nazorat qilmasa, hayot yo’lida adashib jinoyat qilganlarni jazolamasa va ularni to’g’ri yo’lga boshqarmasa, tasavvur qilingchi, nimalar sodir bo’ladi? Ana ko’rdingizmi?! Huquqshunoslarning hayotimizdagi o’rni qanchalar katta. Yana bir misol: ma’lumki, bugungi kunda tadbirkorlikka keng imkoniyatlar yaratilmoqda va ,albatta, tadbirkorlik rivojlansa, Vatanimiz ham taraqqiy etadi. Lekin tadbirkorlar uchun turli huquqiy imkoniyatlar yaratilmasa, ularning huquqlari himoya qilinmasa, u qanday rivojlanishi mumkin? Demak bunda ham huquqshunoslarning o’rni beqiyos. Men ham kelajakda huquqshunos bo’lmoqchiman. Chunki o’ylaymanki, xalqimizga ham, Vatanimizga ham huquqshunoslarning katta foydasi tegadi.



Har bir insonning hayotda o’z o’rni bo’lganidek, hamma kasblarning ham Vatan taraqqiyotida o’z o’rni bor. Ular bir-birini to’ldiradi va bir-biriga bog’liq holatda rivojlanadi. Faqat buning uchun hamma o’z kabini sevishi va uni chin dildan amalga oshirishi kerak. Men ham o’z oldimga bir maqsad qo’ydim. Unga erishish uchun tinmay harakat qilyapman. Hozirgi mavjud vaziyatda vaqtdan unumli foydalanishga harakat qilyapman. Bunda hozirda o'quvchilar uchun yaratilayotgan keng ko'lamli imkoniyatlardan foydalanyapman. Televideniya va internet tarmoqlarida o'tilayotgan darslar bizni umuman o'qishdan ajralib qolishimizga imkon bermayapti. Bu mamlakatimizda yoshlar siyosatiga alohida e'tibor qaratilayotganidan dalolat beradi. Insonda xohish va ozgina harakat bo’lsa, orzu qilgan hamma narsasiga, albatta, erishadi. Men ham o’qib-o’rganib o’z kabimning ustasi bo’lishni va bu orqali davlatimiz rivojiga o’z hissamni qo’shishni niyat qildim. Nasib bo’lsa, albatta, bu niyatga erishaman.
Download 19.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling