Titul varaqasi namunasi O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana25.01.2023
Hajmi1 Mb.
#1119502
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
INFLYATSIYA O’ZBEKISTONDA INFLYATSION HOLAT VA UNI TAHLIL QILISH

Kurs ishining obyekti O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Statistika 
davlat qo`mitasi hisoblanadi. 
Kurs ishining predmeti mamlakatimizda yazaga kelayotgan inflyatsiya 
darajasi, kelib chiqish sabablari hisoblanadi. 
Kurs ishining mavqadi va vazifalari. Kurs ishining asosiy maqsadi 
O`zbekiston Respublikasida inflyatsiyaning kelib chiqishini o`rganib, uni bartaraf 
etish yo`llarini ishlab chiqishdan iborat. 
Kurs ishining maqsadidan kelib chiqb quyidagilar vazifa etib belgilandi: 
- Inflyatsiyanig kelib chiqish sabablarini o`rganish chiqish; 
- Inflyatsiyani hisoblash usullarini o`rganish; 
- O`zbekistonning inflyatsiya darajasini tahlil qilish; 
- O`zbekistonda inflyatsiyani kamaytirishning chora-tadbirlarini o`rganish. 



1. Inflyatsiya tushunchasi va uning iqtisodiy mazmun mohiyati 
Inflyatsiya - bu tovarlar va xizmatlar baholarining o‟sishi natijasida muomaladagi 
pul massasining ko‟payishi va shuning natijasida pulning qadrsizlanishidir. 
P.Graud va M.Polan tomonidan amalga oshirilgan va inflyatsiyaga bag‟ishlangan 
jiddiy ilmiy tadqiqotlardan biri bo‟lib, ushbu ilmiy ish 165 mamlakatni va 1969-1999 
yillarni qamrab oladi
2

Mazkur tadqiqot mualliflari inflyatsiyaning miqdoriylik nazariyasi qoidalaridan 
biri bo‟lgan - pullarning o‟sish sur‟ati va inflyatsiya darajasi o‟rtasida to‟g‟ri 
mutanosiblik mavjud, degan qoida to‟g‟ri va statistik ma‟lumotlarda tasdiqlanadi, degan 
xulosaga keldilar. 
Inflyatsiya sur‟atlarining o‟sishi bilan uning pullar taklifiga bog‟liqligi yaqqolroq 
tarzda ko‟zga tashlanib boradi. Inflyatsiyaning oqilona darajasiga ega bo‟lgan 
mamlakatlarda korrelyatsiya koefffitsienti 0,24 ga teng bo‟lgan bo‟lsa, inflyatsiya 
darajasi yuqori bo‟lgan mamlakatlarda ushbu koeffitsient 1 ga yaqinlashdi. 
P. Graud va M. Polanlar tomonidan inflyatsiya darajasini uch qismga ajratgan 
holda – past, oqilona va yuqori darajalarga ajratgan holda, pullar taklifi va inflyatsiya 
sur‟atlari o‟rtasidagi bog‟liqlikni, korrelyatsion tahlil natijalariga tayanilgan holda, 
asoslab berilganligi inflyatsiya va milliy valyutaning nominal almashuv kursi 
o‟rtasidagi bog‟liqlik masalasiga oydinlik kiritadi. 
XX asrning 70-yillariga qadar Fillips kashf etgan inflyatsiya va ishsizlik o‟rtasidagi 
aloqadorlik xususidagi ilmiy xulosa amaliy ahamiyat kasb etdi. Ammo 1970 yilga kelib 
“Fillips egri chizig‟i” deb ataluvchi mazkur xulosa amaliy ahamiyat kasb etmay qoldi. 
Inflyatsiyaning yuqori sur‟atlarda o‟sishi, odatda, Davlat byudjeti defitsitini 
moliyalashtirish bilan bog‟liq. Byudjet siyosati va inflyatsiya o‟rtasidagi bog‟liqlik 
masalasi L. Katao va M. Terronzaning ilmiy ishida chuqur tadqiq qilingan
3

Mazkur tadqiqotning jiddiyligi shundaki, L. Katao va M. Terronza 107 mamlakat 
bo‟yicha 1960 yildan 2001 yilgacha bo‟lgan davrda inflyatsiya va byudjet defitsiti 
o‟rtasidagi bog‟liqlik masalasini tadqiq qilganlar va bu borada mavjud bo‟lgan 
2
Graude P., Polan M. Is Inflation Always and Everywhere a Monetary Phenomenon? Discussion Paper. №2841 CEPR. 
2001. June. – Р. 26-29. 
3
Catao L., Terrones M. Fiscal Deficits and Inflation // Working Paper. 65. IMF. – Р. 63 - 67. 


10 
tendentsiyalarni baholash imkonini beradigan muhim xulosalarni shakllantirganlar. Ana 
shunday xulosalardan biri, inflyatsiya darajasi yuqori bo‟lgan mamlakatlarda Davlat 
byudjeti defitsitining qisqarish sur‟ati bilan inflyatsiya darajasi o‟rtasida bevosita 
bog‟liqlik mavjud, degan xulosa hisoblanadi. Ushbu xulosa aniq hisob-kitoblarga 
asoslangan: inflyatsiyaning o‟rtacha yillik darajasi 50 foizga yaqin bo‟lgan 
mamlakatlarda Davlat byudjeti defitsitining YaIMdagi salmog‟ini 1 foizli punktga 
qisqarishi inflyatsiyaning 8,75 foizli punktga pasayishiga olib keladi.
Bunda Davlat byudjeti defitsiti va inflyatsiya o‟rtasidagi sezilarli statistik 
bog‟liqlik nafaqat yuqori inflyatsiya sharoitida, balki oqilona inflyatsiya sharoitida ham 
kuzatildi. Shuni alohida ta‟kidlash joizki, rivojlangan sanoat mamlakatlarida va 
inflyatsiya darajasi juda past bo‟lgan mamlakatlarda Davlat byudjeti defitsiti va 
inflyatsiya o‟rtasidagi sezilarli bog‟liqlik tadqiqot jarayonida kuzatilmagan. Bu esa, 
L.Katao va M.Terronzalarning fikriga ko‟ra, quyidagi omillar bilan izohlanadi: 
hukumatga nisbatan ishonchning yuqori ekanligi; 
markaziy banklar mustaqilligining institutsional jihatdan himoyalanganligi; 
moliya tizimining rivojlanganligi. 
Iqtisodiy adabiyotda inflyatsiya va iqtisodiy o‟sish o‟rtasidagi aloqadorlik 
masalasida kesin munozarali fikrlar, xulosalar mavjud. Bir guruh iqtisodchi olimlar, shu 
jumladan, G.Xess va Ch.Morrislarning fikriga ko‟ra, baholarning sezilarsiz darajadagi 
o‟sishi ham iqtisodiy o‟sishga salbiy ta‟sir ko‟rsatadi
4
. Ularning fikriga ko‟ra, 
baholarning unchalik sezilarli darajada bo‟lmagan o‟sishi ham inflyatsiya 
dinamikasidagi noaniqlikni kuchaytiradi. Bu esa, o‟z navbatida, tijorat banklari 
kreditlari foiz stavkasining o‟sishiga olib keladi. Chunki kreditlarning foiz stavkasi 
o‟zida nafaqat kutilayotgan inflyatsiyani, balki risk uchun qo‟shimcha ustamani ham aks 
ettiradi. Natijada, mamlakatdagi iqtisodiy faollikka va aholining turmush darajasiga 
nisbatan kuchli salbiy ta‟sir yuzaga keladi. 
Ikkinchi guruh iqtisodchi olimlar esa (prof. M.A. Pivovarova, A.Kudrin va boshq.) 
inflyatsiyaning ma‟lum darajasi sharoitida iqtisodiy o‟sish sur‟atlari yuqori bo‟lishi 
mumkin, deb hisoblaydilar. Masalan, prof. M. Pivovarovaning fikriga ko‟ra, 
4
Hess G., Morris C. The Long-Ruh Costs of Moderate Inflation // Federal Reserve Bank of Kansas City Economic Review. 
1996. Second Quarter. – P. 71-88. 


11 
inflyatsiyaning uncha yuqori bo‟lmagan darajasi iqtisodiy o‟sishni rag‟batlantiradi, 
bunday sharoitda antiinflyatsion siyosatni amalga oshirish ishsizlikning o‟sishiga, 
iqtisodiyotning pasayishiga olib keladi
5
. Bunday sharoitda, odatda, pullar taklifi ustidan 
qattiq nazorat o‟rnatiladi. 
Bazaviy inflyatsiyaga bag‟ishlangan ilmiy tadqiqot ishlari majmuida G.Brover va 
N.Erikson 
tomonidan 
inflyatsiyaning 
nomonetar 
omillarini 
tadqiq 
qilishga 
bag‟ishlangan ilmiy izlanish o‟ziga xos o‟rin tutadi. Ushbu olimlar mazkur sohada olib 
borgan tadqiqotlarining natijalariga asoslangan holda, inflyatsiyaning xarajatli modelini 
(markup theory ofinlation) yaratdilar
6

Mazkur modelda inflyatsiyaning uzoq muddatli dinamikasi tadqiq qilinadi va 
chiqim inflyatsiyasining asosiy omillari sifatida quyidagilar e‟tirof etilgan: 
 ish haqi; 
 kommunal xizmatlar tariflari; 
 import qilingan xom-ashyo va butlovchi qismlarning baholari. 
Ish haqi omilini oladigan bo‟lsak, ish haqining oshishi natijasida baholarning 
sezilarli darajada o‟sishi yuz berishi mumkin. Xalqaro amaliyotdan ma‟lumki, agar ish 
haqi doimiy tarzda oshirib borilsa, u holda, korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlarining 
umumiy darajasi oshadi. Bu esa, o‟z navbatida, korxonalarni baholarni oshirishga 
majbur qiladi. Aks holda, korxonalar foydasining miqdori kamayib ketadi. Bunday 
sharoitda “ish haqi-baholar” spiralining harakatiga barham berish uchun mehnat 
unumdorligining o‟sish sur‟atini o‟rtacha ish haqining o‟sish sur‟atidan yuqori 
bo‟lishini ta‟minlash zarur. Agarda mehnat unumdorligini oshirishga muvaffaq 
bo‟linmasa yoki uning pasayishi yuz bersa, u holda, ish haqi o‟sishining baholar 
darajasiga nisbatan ta‟siri kuchayadi. 
Pullar taklifining inflyatsiyaga ta‟siri isbotlangan bo‟lsada, inflyatsiyani yuzaga 
keltiruvchi barcha omillar monetar mazmunga ega emas va binobarin, Markaziy 
bankning nazorati doirasidan tashqaridadir. Lekin mazkur nomonetar omillar o‟tish 
iqtisodiyoti mamlakatlarida inflyatsiyaning o‟sish sur‟atlariga kuchli ta‟sir ko‟rsatadi. 
5
Пивоварова М.А. Международная научно-практическая конференция: “Инфляция и экономический рост: теория 
и практика” // Деньги и кредит. – Москва, 2006. - №7. – С. 60. 
6
Brouwer G. de, Evicsson N.R. Modeling Inflation in Australia. Journal of Business and Economic Statistics. 1998. Vol. 
16. – Р. 24 - 29. 


12 
Shu sababli, pul-kredit siyosatining strategiyasini ishlab chiqishda bazaviy 
inflyatsiyaga, ya‟ni inflyatsiyaning uzoq muddatli davriy oraliqlardagi o‟zgarishiga 
alohida e‟tibor qaratiladi. Bu esa, Markaziy bankning inflyatsiyani jilovlashdagi rolini 
aniqroq baholash imkonini beradi. 
Iqtisodiy adabiyotlarda bazaviy inflyatsiyaga bag‟ishlangan ko‟plab ilmiy 
izlanishlar mavjud bo‟lsada, inflyatsiyaning bazaviy darajasi xususida yakdil xulosa 
mavjud emas. Shunday bo‟lsada, ko‟pchilik iqtisodchi olimlar tomonidan bazaviy 
inflyatsiya inflyatsion jarayonning uzoq muddatli tendentsiyalari sifatida e‟tirof etilgan
7

Xulosa qilib aytganda, bazaviy inflyatsiya – bu nomonetar inflyatsiya bo‟lib, 
iste‟mol baholarining o‟zgarishi shaklida namoyon bo‟ladi va uni formula tarzida 
quyidagicha ifodalash mumkin: 
Bazaviy 
inflyatsiya 

Iste‟mol baholari 
indeksining o‟zgarishi 

Inflyatsion 
shoklar 
Bunda, inflyatsion shok deganda, tovarlar va xizmatlar bahosining inflyatsion 
kutish ta‟sirida qisqa muddatli davriy oraliqlarda keskin ko‟tarilishi nazarda tutilmoqda. 
O‟tish iqtisodiyoti mamlakatlarining ko‟pchiligida naqd pul muomalasining milliy 
valyuta kursining barqarorligiga ta‟siri muammosi mavjud. Buning asosiy sabablari 
sifatida plastik kartochkalar va pullik cheklarga asoslangan to‟lov tizimining 
rivojlanmaganligi, iste‟mol baholari indeksi, aholining pullik daromadlari, chakana 
savdo aylanmasining o‟sayotganligi, Markaziy banklarning zaxira-vakillik tizimining 
mo‟‟tadil tarzda ishlamayotganligi kabi sabablarni ko‟rsatish mumkin. Mazkur sabablar 
bir qator iqtisodchi olimlarning ilmiy izlanishlarida, jumladan, A.Kudrinning ilmiy 
ishlarida asoslab berilgan
8

Inflyatsiya XVIII asrning o`rtalarida muomalaga ta`minlanmagan juda ko`p 
miqdorda pul chiqarishi natijasida pul tizimidagi inqiroz holat asosida yuzaga chiqqan. 
Inflyatsiya (lotincha «inflation» so`zidan olingan va shishish, ko`pchish, ko`tarilish 
ma`nosini anglatadi) o`z mohiyatiga asosan pulning qadrsizlanishi, tovar va xizmatlarga 
bo`lgan baholarning muntazam ravishda oshib borishi jarayonini anglatadi. Shuni 
7
Hogan S., Johnson M., Lafleche T. Core Inflation // Bank of Canada Technical Report, 2001. №89. 
8
Кудрин А. Инфляция: российские и мировые тенденции // Вопросы экономики. – Москва, 2007. - №10. – С. 4 - 26. 


13 
ta`kidlash lozimki, rivojlangan mamlakatlar tajribasi inflyatsiya nisbatan me`yor 
darajasidagi pul massasi holatida ham yuzaga chiqishi mumkin. 
Hozirgi zamon inflyatsiyasi nafaqat tovarlar va xizmatlarga bo`lgan baholarni 
muntazam o`sishi natijasida pulning sotib olish qobiliyatini pasayishi bilan bir 
qatorda ishlab chiqarish jarayonidagi nomutanosiblik, pul muomalasi, moliya hamda 
kredit sohasidagi salbiy omillar bilan tasniflanadi.
Inflyatsiyaning yuzaga chiqishining asosiy sabablari bo`lib iqtisodiyot 
tarmoqlari, jamg`arma va iste`mol, talab va taklif, davlat daromadlari va xarajatlari
xo`jaliklarning pul massasi va unga bo`lgan talabi o`rtasidagi mutanosiblik hamda 
markaziy bankning kredit ekspansiyasi hisoblanadi. Ushbu ta`kidlab o`tgan omillar 
o`z mohiyatiga asosan inflyatsiyaga, uning darajasiga turlicha ta`sir etishi mumkin. 
Xalqaro amaliyotda inflyatsiyaning narxlarini o`sishi, ya`ni pullarning miqdori 
o`sishi jixatidan asosan uch shaklini ajratiladi
9

1. Sokin (polzuchaya, umerennaya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya iqtisodiy 
rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo`lib, ushbu holatda mahsulotlar, bajariladigan 
ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolar yiliga o`rtacha 3% dan 10% 
gacha oshishi mumkin. Bu mamlakatlarda muomaladagi pul massasi saqlanib turadi va 
milliy pul birligining xarid qilish qobiliyati saqlanib turadi. 
2. 
Shiddatli 
(galopiruyuhaya) 
inflyatsiya. 
Ushbu 
inflyatsiya 
iqtisodiy 
rivojlanayotgan mamlakatlarda mavjud bo`lib, ushbu holatda mahsulotlar, bajariladigan 
ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolar yiliga o`rtacha 10% dan 
100% gacha ba`zi holatlarda 200% gacha oshishi mumukin. Buning natijasida 
muomaladagi pul massasi ko`payadi va milliy pul birliginng xarid qilish qobiliyati 
tushadi. Mamlakat aholisi o`rtasida pulning moddiylashtirish, ya`ni milliy pul birligini 
jamg`arishi emas, balki oltin, ko`chmas mulk holatida jamg`arishi jarayoni kuchayadi. 
3. Jilovlanmagan (giperinflyatsiya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya holatida 
mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolar 
yiliga 1000% dan ortiq yoki oyiga 100% dan ortiq darajada oshadi. Ushbu holatda 
milliy iqtisodiyotda inqiroz yuzaga chiqadi. Buning natijasida ishlab chiqarish va bozor 
9
X.S.Xadjaev, I.A.Bakiyeva, Sh.Sh. Fayziev. Makroiqtisodiyot (O‟quv qo‟llanma) - T.: TMI, 2014, 268 bet. 


14 
boshqaruvsiz faoliyat ko`rsataditi, narx-navo va ish haqi o`rtasidagi farq ortadi. 
Mamlakat aholisi qo`lidagi qog`oz pullarga tovarlar sotib oladi. Bu holat esa 
muomalada tovar massasi bilan tovar va xizmatlar bilan ta`minlanmagn ortiqcha qog`oz 
pullarni to`lib-toshishiga olib keladi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling