Tizim resurslaridan foydalanishni boshqarish bilan bog‘liq har qanday xavfsizlik muammosi uchun foydalanishni nazoratlash tushunchasidan "soyabon" sifatida foydalanish mumkin


Download 0.83 Mb.
bet5/9
Sana09.09.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1675030
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-rasm.smart karta.
Elektron qurilmalarni quyidagicha tasniflash mumkin:
- amalga oshirilishi bo‘yicha passiv (faqat xotirali) va aktiv (mikroprosessorli) elektron qurilmalar farqlanadi;
- o‘qish qurilmalarining mavjudligi bo‘yicha alohida o‘qish qurilmasili (reader), kalit bilan integrallangan o‘qish qurilmasili (masalan USB- portga ulanadi) va kompyuterning kiritish qurilmasidan va asosiy xotirasidan foydalanuvchi elektron qurilmalar farqlanadi;

- funksional belgilanishi bo‘yicha statik, sinxron dinamik va asinxron dinamik elektron qurilmalar farqlanadi.


Statik qurilmalar doimiy noyob axborotni saqlashni ta’minlaydi va subyektni autentifikatsiyalash yoki identifikatsiyalash uchun ishlatiladi. Oddiygina statik qurilmalarga disketa, xotira kartasi, magnit tasmali, qog‘oz karta, tarkibida identifikator, parol, sertifikat va h. bo‘lgan ATMkarta misol bo‘la oladi.
Zamonaviy statik qurilmalarga quyidagilar taalluqli:
− smart kartalar – mikroprosessor o‘rnatilgan kredit karta o‘lchamidagi karta;
− USB kalitlar – kompyuterning USB-portiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanuvchi qurilma bo‘lib, tarkibida mikroprosessor o‘rnatilgan kalit va o‘qish qurilmasi mavjud;
− iButton elektron tabletkalari. Ba’zida, Touch Memory deb ham ataladi;
− kontaktsiz radiochastota identifikatorlari – RFID – radiometkalar.
Sinxron dinamik qurilmalar vaqtning o‘zgarmas oralig‘ida parol generatsiyalaydi. Serverdagi va tokendagi tizim vaqtlari sinxronlanishi lozim.
Asinxron dinamik qurilmalar qandaydir hodisa (masalan, serverdagi va tokendagi tugmalar bosilganida) sodir bo‘lganida navbatdagi parolni generatsiyalaydi. Sinxron va asinxron qurilmalar generatsiyalovchi parol identifikatsiyani, kiritiluvchi PIN-kod yoki parol esa autentifikatsiyani ta’minlashi mumkin. Undan tashqari, bunday tizimlar, foydalanuvchi ismidan foydalanib, ikki omilli autentifikatsiyani tashkil etishi mumkin.
So‘rov-javobli kurilmalar nomdosh mexanizmini amalga oshiradi. Mijoz (kalit) so‘rovni boshlaydi, autentifikatsiya vazifasini bajaruvchi server javob sifatida qandaydir psevdotasodifiy kodni yoki iborani generatsiyalaydi va kalitga uzatadi. Olingan ma’lumotlar asosida elektron qurilma o‘rnatilgan algoritm bo‘yicha javobni hisoblaydi va serverga qayta jo‘natadi. Server kalitda amalga oshirilgan algoritmni biladi va mijozdan kelgan javobning to‘g‘riligini tekshiruvchi autentifikatsiya amalini bajaradi.
Elektron qurilmalar qator kamchiliklarga ega:
− qurilmani bilmasdan sindirish mumkin, qurilma energiya iste’mol qilsa uning energiya ta’minoti holatini kuzatish lozim;
− qurilma o‘g‘irlanishi, yo‘qotilishi, olib qo‘yilishi yoki kimdir undan foydalanishi holati tug‘ilishi mumkin;
− oddiy qurilmalar klonlashtirilishi mumkin;
USB-tokenlardan tashqari, aksariyat qurilmalar qo‘shimcha o‘qish qurilmalarining mavjudligi talab etiladi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling