2-rasm.a)barmoq izlari b)ko’z to’r pardasi c)yuzning shakli.
- barmoq izlari bo‘yicha. Barmoq izlarini skanerlash usuli har bir inson barmoqlarining kapilyar shakllarining noyobligiga asoslangan. Barmoq izi skanerlarining o‘lchami kichik, ular universal, arzon va keng
qo‘llaniladi;
- qo‘l kaftining biometrik shakli bo‘yicha.
Ushbu usul qo‘l panjasining shakliga asoslangan. Kaftni skanerlash vositalarining samaradorligi barmoq skanerlari samaradorligi bilan taqqoslana oladi;
- ko‘z to‘rpardasi bo‘yicha. Bunda ko‘z qorachig‘i orqali uning orqa devori qon tomirlariga yorug‘likning infraqizil nuri yo‘naltiriladi. Shu tariqa yoritilgan ko‘z tubi maxsus kamera yordamida skanerlanadi;
- ko‘zning rangdor pardasi bo‘yicha. Rangdor pardadagi dog‘ insonning eng noyob xarakteristikasi hisoblanadi. Usulning afzalligi shundaki, masofadan skanerlash mumkin. Bu skanerlarni kuzatuv kameralari bilan integrallashga imkon beradi;
- yuzning shakli bo‘yicha. Usul inson yuzining ko‘p o‘lchamli qiyofasini qurishga asoslangan;
- qo‘lyozma dastxat bo‘yicha. Usul imzoning yoki maxsus iboraning grafik identifikatsiyasiga asoslangan;
- klaviatura dastxati bo‘yicha. Usul, odatda, oldindan belgilangan matnni klaviuaturada terishning o‘ziga xos xususiyatlariga asoslangan;
- ovoz bo‘yicha. Usul inson nutqining chastotasi yoki statistik xarakteristikalari profiliga asoslangan. Afsuski, usul inson holatiga bog‘liq.
3-rasm.a)barmoq izi b)yuz tasviri c)ko’z qorachig’i d)ovoz.
Autentifikatsiya sohasida foydalanish uchun ideal biometrik parametr quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi shart:
- universal bo‘lishi – biometrik parametrlar barcha foydalanuvchilarda bo‘lishi;
- farqli bo‘lishi – barcha insonlarning tanlangan biometrik parametri bir-biridan farqlanishi;
- o‘zgarmaslik – tanlangan biometrik parametr vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmay qolishi;
- to‘planuvchanlik – fizik xususiyat osonlik bilan to‘planuvchan bo‘lishi. Amalda fizik xususiyatni to‘planuvchanligi, insonning autentifikatsiya jarayonga e’tibor berishiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |