Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua


Qo‘zg‘almas vergulli ma’lumotlar ustida amallar


Download 450.29 Kb.
bet62/103
Sana25.10.2023
Hajmi450.29 Kb.
#1721435
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   103
Bog'liq
Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua-hozir.org

Qo‘zg‘almas vergulli ma’lumotlar ustida amallar. 
Bir
taktli
ko‘paytgichning borligi SP arxitekturasining asosiy belgilaridan biridir, chunki
ko‘paytirish va to‘plamli ko‘paytirish amallari signalni raqamli ishlash
algoritmlarida bazaviy hisoblanadi. Barcha SPlar o‘z arxitekturasining asosiy
komponentlaridan biri sifatida yoki avtonom ko‘paytgich, yoki MAC ko‘paytirib-


117
qo‘shuvchiga ega. Avtonom ko‘paytgich “so‘z” formatida taqdim etilgan


ma’lumotlarni ko‘paytirish amalini bajaradi, ko‘paytirish natijasi (ko‘paytma)
“ikkitalik so‘z” yoki “kengaytirilgan so‘z” formatida maxsus registrda saqlanadi.
Agar ko‘paytirish amali natijasi ma’lumotlar xotirasida saqlansa, formatlarning
formati avtomatik ravishda o‘zgaradi. Ko‘paytgich Texas Instruments firmasi ning
TMS 320S5XX16XX protsessorlarida mavjud.
MAC qurilmasi to‘plashli ko‘paytirish amalini bajaradi. Avval MAC
qurilmasining ichki ko‘paytgichida “so‘z” formatida taqdim etilgan ma’lumotlarni
ko‘paytirish amali amalga oshiriladi, keyin olingan ko‘paytmaning “kengaytirilgan
so‘z” formatiga ega. MAC qurilmasi akkumulyatori tarkibi bilan qo‘shilish
bajariladi. Agar MAC amali natijasi ma’lumotlar xotirasida saqlansa, formatlar
avtomatik ravishda o‘zgaradi. MAC qurilmasida ko‘paytirish amallarini bajarishda
MAC akkumulyatori oldindan nolga keltirib qo‘yiladi. MAC qurilmalari Motorola
va Analog Devisis firmalarining protsessorlarida realizatsiyalangan.
Arifmetik-mantiqiy qurilmalar. AMQ ma’lumotlar ustida barcha arifmetik va
mantiqiy
amallarni,
shuningdek
bit-manipulyatsiyalarni
bajarish
uchun
mo‘ljallangan. AMQning ichki arxitekturasi foydalanuvchidan berkitilgan va ushbu
qurilma amallari tegishli buyruqlarni bajarish qoidalari orqali ochiladi. AMQning
minimal variantida QV formatida mantiqiy amallar, surishlar, shuningdek qo‘shish
va ayirish amallarini amalga oshirish uchun qurilma bo‘lishi kerak. Tugunlarning
bunday to‘plamiga ega bo‘lgach, dasturiy usulda qolgan boshqa murakkab arifmetik
va mantiqiy amallarning bajarilishini ta’minlash mumkin. AMQning bazaviy
standart sxemalari kirishda ma’lumotlar so‘zlarini qisqa saqlashni ta’minlovchi
registrlarni, ma’lumotlar so‘zlarini uzatish, natijalarni xotiraga yozish, natijalar
belgilarini qayd etish; mikrodasturiy boshqarishdan signallar bo‘yicha mikroamallar
va mantiqiy shartlar funksiyalarini oshirishni amalga oshiruvchi kombinatsion
sxemalarni o‘z ichiga oladi. Ishlov berish oraliq natijalarini vaqtincha saqlash uchun
akkumulyatorlardan foydalaniladi.
Akkumulyatorlar. Akkumulyatorlar ko‘p funksional registrlar bo‘lib, ichki
ma’lumotlar - AMQ da amallarning oraliq va yakuniy bajarilish natijalarini saqlash


118
uchun qo‘llaniladi. Ko‘pchilik protsessorlar arxitekturasida ikkita akkumulyator


mavjud. Bitta akkumulyator ma’lumotlarga ishlov berish unumdorligining
pasayishiga olib keladi, chunki akkumulyator ham manba, ham ma’lumotlarni qabul
qiluvchi sifatida qo‘llaniladi. Hisoblashlar jarayonida dasturning bajarilish vaqti
oshadi, oraliq ma’lumotlarni taqdim etishning aniqligi va dinamik diapazoni
kamayadi. So‘nggi amal akkumulyatorning katta so‘zli formatidan xotira yoki
registr yacheykasining kichikroq so‘z formatiga o‘zgarish zaruratidan kelib chiqadi.
Akkumulyator tarkibi “ikkitalik so‘z” formatida taqdim etiladi, biroq ko‘pincha u
“kengaytirilgan so‘z” formatida beriladi.
Kengaytirilgan so‘z strukturasiga o‘xshab, akkumulyator uchta ketma-ket
birlashtirilgan registrlardan tuzilgan, ularni belgilash uchun quyidagi nomlardan
foydalaniladi:

EXT- kengaytirish registri;

MSP- katta so‘z registri;

LSP- kichik so‘z registri.
EXT kengaytirish “ikkitalik so‘z” formatiga qo‘shimcha bit qo‘shish hisobiga
bo‘sag‘ani ko‘ta rish imkonini beradi, bunda akkumulyator to‘lib ketadi. Shu
sababga ko‘ra EXT kengaytirishning qo‘shimcha bitlarini odatda “soqchi” deb
atashadi. Agar EXT
so‘zining uzunligi 4 yoki 8 bitga teng bo‘lsa, akkumulyatorda
oraliq ma’lumotlarning to‘lib ketish xavfsiz. 2
4
yoki 2
8
(modul bo‘yicha)gacha
qiymati to‘planishi mumkin. Agar bu qiymatlarni ma’lumotlar xotirasida saqlash
talab qilinsa, ikkita variantdan biri bo‘lishi mumkin:

EXT registri tarkibini alohida yacheykada saqlash;

Akkumulyator tarkibini uni ma’lumotlar xotirasiga uzatishgacha
masshtablashni amalga oshirish.
Agar bu bajarilmasa, akkumulyator tarkibini ma’lumotlar xotirasida
saqlashda u avtomatik ravishda so‘z uzunligigacha yaxlitlanadi.

Download 450.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling