Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua


Akkumulyatorda to‘lib ketish


Download 450.29 Kb.
bet64/103
Sana25.10.2023
Hajmi450.29 Kb.
#1721435
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   103
Bog'liq
Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua-hozir.org

Akkumulyatorda to‘lib ketish.
QVli jarayonlarda qo‘shish, ayirish, MAS-
amallar, akku mulyator tarkibini chapga surish amallari bajarilayotganda to‘lib
ketish ro‘y berishi mumkin. Uning ikki xil turi mavjud: akkumulyatorning to‘lib
ketishi va jo‘natishlar vaqtida to‘lib ketish.
Akkumulyatorning to‘lib ketishi arifmetik amal natijasi akkumulyatorda
taqdim etili shi mumkin emasligini anglatadi, chunki u sonlarni akkumulyator so‘zi
formatida taqdim etish diapazoni chegaralaridan chiqib ketadi. Akkumulyatorning
to‘lib ketishi holat registrida to‘lib ketish bayrog‘ini o‘rnatish bilan kuzatiladi.
Akkumulyatorning to‘lib ketish oldini boshlang‘ich ma’lumotlar va arifmetik
amallar natijalarini masshtablash yordamida amalga oshiriladi. Bunday vaziyatda
modul bo‘yicha kichik qiymatlarni masshtablashga alohida etiborli bo‘lish kerak,
chunki masshtablash natijasida ushbu qiymatlar minimal kattalikdan kichik bo‘lishi
mumkin.
Jo‘natishlar vaqtida to‘lib ketish quyidagi shartlarni bir vaqtda bajarishda
paydo bo‘ladi:

akkumulyator so‘zi “kengaytirilgan so‘z” formatiga ega bo‘lsa;

akkumulyator tarkibi aralash son bo‘lsa;

akkumulyatorning bu tarkibi ma’lumotlar xotirasida saqlansa.


121
Jo‘natishlar vaqtida to‘lib ketish katta bitga akkumulyator so‘zi qismini


o‘tkazishda ro‘y beradi. Bu natija turining o‘zgarishiga - kasr sondan aralash songa
o‘tish belgisidir. Akkumulyatorda natija turi holat registrida tegishli bit (bayroq)
holati bilan aks ettiriladi. Bunday bit kengayish biti (Motorola firmasi
protsessorlarida), jo‘natishlar vaqtida to‘lib toshish biti (Texas Instruments firmasi
protsessorlarida) deb atalishi mumkin. Jo‘natishlar vaqtida to‘lib ketishni
masshtablash yordamida bartaraf etish mumkin. O‘ng tarafga surish amalini
bajarayotib, aralash son va kasr songa aylantiriladi va ma’lumotlar xotirasida
saqlanadi.

Download 450.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling