Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua


Download 450.29 Kb.
bet67/103
Sana25.10.2023
Hajmi450.29 Kb.
#1721435
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   103
Bog'liq
Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua-hozir.org

Nazorat uchun savollar 
1.
Xotirani tashkil etishdagi parallelizm deb nimaga aytiladi?
2. Garvard arxitekturasi haqida ma’lumot bering.
3. Garvard arxitekturasi asosida qurilgan signal protsessorlariga misollar keltiring.
4. Protsessor shinasini tashkil etishdagi parallelizm deb nimaga aytiladi?
5. TMS 320S55x protsessor yadrosi nechta funksional modulga ega?
6. TMS 320S55x protsessor yadrosi qanday arxitektura bo‘yicha qurilgan?
7. Ma’lumotlarga ishlov berish buyruqlari darajasidagi parallelizmni yoritib bering.


125
9-MA’RUZA. SIGNALLARNI QAYTA ISHLASH TIZIMLARINING 


DASTURIY TAMINOTI 
9.1. Amaliy va tizimli dasturlar 

Signallarni qayta ishlash tizimlarining dasturiy ta’minoti asosida signal


parametrlarini qabul qilish, o‘zgartirish, saqlash va aniqlash bo‘yicha individual
protseduralarni anglatmaydi, balki sensordan signal protsessorigacha bo‘lgan butun
ishlov berish yo‘lining tizimli va amaliy dasturlarini anglatadi [4, 5, 6, 19].
Amaliy dasturlar quyidagi vazifalarni hal qiladi:

koordinatalarni
geometrik
o‘zgartirish (robototexnika, harakatni
boshqarish, yer yuzi tasvirlarini qayta ishlash);

obyektlar yoki jarayonlarning joriy parametrlarini hisoblash (tezlik,
masofa, maydon, og‘irlik, kuch, hajm);

foydali komponentalarni aniqlash va ajratib olish muammolarini hal qilish
uchun signallarning (energiya, quvvat) energiya xususiyatlarini aniqlash;

turli xil asosiy tizimlarda spektral komponentalarni hisoblash (Fure tahlil);

empirik bog‘liqliklarni filtrlash, silliqlash, qayta ishlash, timsollarni tanib
olish, nutqni qayta ishlash, audio va videoga ishlov berish vazifalarida tarkibiy
qismlarni tanlash;

ortiqcha ishlarni qisqartirish, trafikni optimallashtirish, uzatish paytida
resurslarni tejash vazifalarida signallarni siqish, interpolatsiya, detsimatsiya qilish.
Amaliy dasturlar sonli usullarga asoslangan: algebraik tenglamalarni yechish,
qatorlarni yoyish, vektorlar va matritsalarni ko‘paytirish, elementar funksiyalarni
hisoblash, ketma-ketlikni analitik tasvirlash kabilardir.
Ishlov berish protseduralariga qo‘yiladigan asosiy talablar:

dastur va ma’lumotlar xotirasining minimal hajmi;

minimal qiyin operatsiyalar (ko‘paytirish, darajaga ko‘tarish, ildiz
chiqarish);

ishlov berishning minimal xatoligi;

amalga oshirishning yuqori tezkorligi.


126
Tizimli dasturlar:



operatsion tizimlar (UNIX, Windows NT, QNX);

xizmat dasturlari (utilita dasturlari, qobiqlar, interfeys dasturlari),

instrumental vositalar (muharrirlar, emuliyator dasturlari, tarjimonlar).

Download 450.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling