Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua


Aralash (gibrid) arxitektura


Download 450.29 Kb.
bet75/103
Sana25.10.2023
Hajmi450.29 Kb.
#1721435
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   103
Bog'liq
Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua-hozir.org

Aralash (gibrid) arxitektura. 
Haqiqiy operatsion tizimlarda bir vaqtning
o‘zida bir nechta modellardan foydalaniladi. Masalan, Windows NT tuzilmasi (9.6-
rasm), ham qatlamli, ham mijoz-server modeli elementlariga ega. Windows NTning
yadro rejimidagi qismi NT (NT executive) ijrochi deb nomlanadi.
9.6-rasm. Aralash (gibrid) arxitektura operatsion tizimining tuzilishi
U virtual xotirani boshqarish, obyektlarni (resurslarni) boshqarish,
kiritish/chiqarish va fayl tizimlarini (tarmoq drayverlarini ham o‘z ichiga olgan
holda), ruxsatsiz kirishdan himoya qilish tizimining jarayonlari va fragmentlari
bilan o‘zaro aloqalarni amalga oshiradigan tarkibiy qismlar to‘plamini o‘z ichiga
oladi. Ushbu komponentlar bir-biri bilan qatlam sifatida emas, balki asosan modul
sifatida ta’sir o‘tkazadilar. Har bir komponent boshqalarni aniq belgilangan ichki
protseduralar to‘plami orqali chaqiradi.
Yadro
Qurilmalar
Bajaruvchi tizim
Mijoz
win32
Mijoz
OS/2
Mijoz
POSIX
Win32
tizimosti
OS/2
tizimosti
POSIX
tizimosti
Foydalanuvchi
ish tartibi
Yadro ish
tartibi


141
Shu bilan birga, qatlamli modeli NT ijro tizimining kiritish/chiqarish tizimida


va ijro etuvchi tizimning eng past darajadagi qismlarida: NT yadrosi (NT kernel) va
apparatning a qatlami (hardware abstraction layer, HAL) qo‘llaniladi. NT tizimi
ijrochilari barcha boshqa tarkibiy qismlari bu ikkilasining ustgi qatlamida
joylashadi. NT yadrosi mikroyadro mijoz-server operatsion tizimlarida uchraydigan
operatsion tizimning past darajadagi funksiyalarini bajaradi - masalan, oqimlarni
rejalashtirish, uzilishlar va istisnolardan foydalanish, shuningdek ko‘p protsessorli
sinxronlash.
Shuningdek, u yuqori darajadagi konstruksiyalarni amalga oshirish uchun ijro
tizimining qolgan qismlari tomonidan qo‘llaniladigan protseduralar va asosiy
obyektlar to‘plamini taqdim etadi. Yadro ostida dinamik bog‘lanish kutubxonasi
(dynamic-link library, DLL) joylashgan. HAL - bu yadroni va NT ijro etish
tizimining boshqa qismlarini platformaga xos bo‘lgan apparatdan ajratib turadigan
kod qatlami. HAL to‘g‘ridan-to‘g‘ri apparat bilan ishlaydi [22, 30].
Gibrid yadroli OT arxitekturasi monolit va mikroyadro arxitekturasining
xususiyatlarini birlashtiradi. Bu ba’zi bir o‘zgartirilgan mikroyadro shaklidagi oraliq
yechim bo‘lib, bu ishni tezlashtirish uchun yadro sohasida OT modullarini ishga
tushirishga imkon beradi. Bunday gibrid yadroga ega operatsion tizimlar monolit
yadro kodini iloji boricha yaxshi sozlangan holda, mikroyadro arxitekturasining
ravshan afzalliklaridan foydalanish urinishlaridan kelib chiqqan.


Download 450.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling