Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua


 Signal protsessorlari uchun operatsion tizimlar


Download 450.29 Kb.
bet71/103
Sana25.10.2023
Hajmi450.29 Kb.
#1721435
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   103
Bog'liq
Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua-hozir.org

9.4. Signal protsessorlari uchun operatsion tizimlar 
9.2-rasmda real vaqt amaliy vazifalarini yaratish va qo‘llash uchun SRIB
tizimlarida zarur bo‘lgan interfeyslari va standartlari keltirilgan. Tarmoq ilovalari
uchun OSI TC / IP ma’lum standarti kiritiladi. Ma’lumotlarga kirish uchun SQL
standarti qo‘llaniladi, tashqi qurilmalar uchun VME va Futurebus tizimli shinalar
standartlari tavsiya qilinadi. X.11 (ilovalar va grafikani aks etish tizimi o‘rtasida
o‘zaro aloqa), QSF (akustik axborot), Motiff (interfaol o‘zaro aloqa kutubxonasi)
foydalanuvchi bilan interfeysni ta’minlash imkonini beradi [18].
9.2-rasm. Real vaqt ilovalari uchun interfeyslar va standartlar
Bugungi kunda standart mikropropessorli arxitekturalar bilan ishlash uchun
ko‘plab real vaqt operatsion tizimlari mavjud. Bulardan eng ko‘p qo‘llanadiganlarini
ko‘rib chiqamiz.
QNX operatsion tizimi Kanadaning QNX Software System Ltd (1981)
kompaniyasi ishlanmasi hisoblanadi. QNX operatsion tizimi 16/32-bitli operatsion
tizimning gibridi bo‘lib, foydalanuvchi undan o‘z xohishiga qarab foydalanadi.
Ko‘pincha u real vaqt masshtabida ishlayotgan tizimni yaratish uchun qo‘llaniladi.
Tizimning to‘liq installyatsiyasi, tarmoq vositalari uchun kerak bo‘lgan vaqt 10-15
minutni tashkil etadi. Tizimning resurslarga unchalik talabchan emasligi tizimning
Watcom C/C++ (QNX uchun asosiy kompilyator) kompilyatori ko‘rinishidagi
Real vaqt
masalalari
POSIX
OSI
TCP/IP
SQL
X.11
QSF/Motiff
VME
Futurebus+
ANSI
standar
ti
Tizimlar
Ma’lumotlar
Foydalanuvchi
Qurilma
Dasturlash
tillari
Tarmoqlar


133
zaruriy va yetarli ishlab chiqish muhiti bilan 10 Mb hajmiga sig‘ish bilan namoyish


qilinadi.
QNX-mikroyadro va ma’lumotlarni almashish tamoyili asosida qurilgan
birinchi tijoriy OT. Tizim turli darajasidagi (menejerlar va drayverlar) erkin
jarayonlar (biroq ma’lumotlarni almashish orqali o‘zaro aloqada bo‘lgan) birligi
realizatsiya qilingan bo‘lib, bu darajalarning har biri servisning muayyan turini
realizatsiya qiladi. Bu esa quyidagi bir necha muhim afzalliklarga erishish imkonini
berdi:

uning real vaqt vazifalariga qo‘llanishini bildiruvchi bashorat qilsa
bo‘lishligi, UNIX ning hech bir versiyasi bunday sifatga erisha olmaydi, chunki
yadro kodi juda katta. UNIX operatsion tizimida uzilishga ishlov beruvchida
istalgan
tizimli chaqirish oldindan aytib bo‘lmaydigan tutilishiga olib keladi.

resurslardan optimal foydalanish tufayli erishiladigan masshtablanishlik va
samaradorlik.

OT katalogida qo‘yilgan vazifalar uchun zarur, kerakli drayverlarga tegishli
fayllar bor. Drayverlar va menejerlarni dinamik tarzda ishga tushirish va buyruq
satridan uchirish mumkin. Shuningdek, kerakli funksiyalarni ta’minlash uchun real
zarur bo‘lgan modullarni sotib olish imkoniyati mavjud;

bir vaqtning o‘zida kengayish va ishonchlilik, chunki yozilgan drayverni
tizimning nostabilligini chaqirish xavfi ostida yadroga kompilyatsiya qilish shart
emas.
Jarayonlar o‘rtasida o‘zaro aloqaning asosiy vositasi sifatida tizim xabarlarni
uzatishdan foydalanadi. Shu munosabat bilan 32 bitli muhitda 32 va 16-bitli kodga
ega jarayonlar o‘zaro aloqasi amalga oshishi mumkin, bunda ma’lumotlar istalgan
jarayonlar o‘rtasida uzatiladi. Jarayonlar tizimning bitta yoki turli komp’yuterlarda
joylashganligi ahamiyat kasb etmaydi. Axborotni uzatish uchun paketlar
qo‘llaniladi. Tarmoq administratori ushbu paketlarni topib, mikroyadroga jo‘natadi,
u o‘z navbatida ularni lokal xabarlar shinasiga jo‘natadi. QNX nafaqat QNX-
jarayonlar xabarlar paketini topa oladi. Shuningdek, tarmoq operatoriga TSP/IP kabi
paketli protokollarni uzatish uchun murojaat qilish oson. QNXda ma’lumotlarga


134
tarmoqli ishlov berish shunchalik qulayki, Ethernet, Token Ring yoki ketma-ket port


(unga modem ham ulanishi mumkin) orqali bog‘langan kompyuterlarning istalgan
Intel turli to‘plamini bitta tarmoqqa ulash mumkin. QNX uchun ko‘plab
foydalanuvchi dasturlari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular ishlab chiqaruvchanligi
bo‘yicha boshqa operatsion tizimlar boshqaruvi ostidagi analoglardan afzalroq [25,
26, 27].
QNX operatsion tizimining qo‘llanilishiga yaqqol misol bo‘la oladi:

yirik mintaqalarda kredit kartochkalari bilan ishlash;

yo‘l harakatini boshqarish;

telekommunikatsion tizimlar kommutatorlarini boshqarish;

texnologik jarayonlarni boshqarish.
Bozorda QNXning asosiy raqobatchilari VxWorks, LynxOS bo‘lib, ular QNX
singari Motorola 680, Intel 486,960, Power PC, HPPA-RISC, DEC Alpha standart
mikroprotsessorli arxitekturani qo‘llab-quvvatlaydilar.
Signal protsessorlarning ilk modellari hozirgi tasavvurdagi operatsion
tizimlarga ega bo‘lmagan operativ xotiraning cheklangan resurslari va protsessorlar
arxitekturasining tor spetsializatsiyasi tufayli to‘laqonli RVOT ni yaratish imkoni
bo‘lmagan. SP funksional imkoniyati kengayishi va foydalanuvchilarga
ko‘rsatiladigan xizmatlar spektrining kattalashishi bilan bitta boshqaruvchi dasturli
mikrodastur to‘plamidan to‘laqonli operatsion tizimni yaratishga o‘tish zarurati
tug‘ildi. VLIW texnologiyasi bo‘yicha kutilgan TMS 320S6000 signal protsessori
uchun protsessor yadrosi 8ta parallel hisoblash moduli dan tuzilgan. Protsessor real
vaqt SRIB ko‘pprotsessorli tizimlarni (radiolokatsiya, bazaviy stansiyalarning
telekommunikatsion qurilmalari) qurish uchun mo‘ljallangan. Dasturiy qo‘llab-
quvvatlash
ishlab
chiquvchining
integrallashtirilgan
muhiti
(assembler,
kompilyator, sozlagich, redaktor)ni va DSP/B105 real vaqt ko‘p funksiyali
operatsion tizimni o‘z ichiga oladi. Bu RVOTdan TMS seriyasining barcha SP
platformalari foydalanadi.
Yaqinda Rossiyada ishlab chiqilgan RVOT Micro DSP-RTOS ko‘p vazifali
ilovalar (jarayonlar) bilan ishlashga mo‘ljallangan. Bu OT protsessor vaqtini


135
vazifalar o‘rtasida taqsimlaydi va ular orasida o‘tishni ta’minlaydi, operatsion tizim


yadrosining funksiyalar to‘plami: ichki apparat tuzilmalar initsializatsiyasi, OTni
ishga tushirish, kontekstni saqlash va qayta tiklash mexanizmi, vazifalarni
boshqarish (vazifani qo‘shish, o‘chirish, uni blokirovkalash, blokirovka rejimidan
chiqarish, vazifaga berilgan ma’lumotlarni qabul qilish, vazifa prioritetini
o‘zgartirish)ga ega. Vazifalarni sinxronlashtirish va ularning o‘zaro aloqasi uchun
maxsus signallar, semaforlar, xabarlar va xabarlar navbati nazarda tutilgan. Bundan
tashqari, uzilishlarning tegishli bayroqlar va uzilishdan qaytish tizimi funksiyasi
rivojlangan tizimi mavjud.
Shuningdek, Linux operatsion tizimining signal protsessorlarda ishlashga
mo‘ljallangan bir necha variantini yaratilganligini qayd etish lozim. O‘zida SP va
hisoblash yadrosini birlashtirgan integrallashtirilgan protsessorlarning chiqishi bilan
ularning asosida to‘laqonli operatsion tizimlardan foydalanish imkoniyati paydo
bo‘ldi. Masalan, Rossiyada ishlab chiqarilgan “Multipor” signal RISC-yadrosida
2.6.19 versiyasi Linux operatsion tizimlari va 6.3 versiyasi QNX real vaqt OTlari
yadrosi portlashtirilgan [26, 27].

Download 450.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling