Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua


Download 450.29 Kb.
bet74/103
Sana25.10.2023
Hajmi450.29 Kb.
#1721435
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   103
Bog'liq
Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua-hozir.org

arxitekturasi 
(mikroyadro). 
Operatsion
tizimni
shakllantirishdagi uchinchi yondashuv - bu “mijoz-server” modeli [31, 35]. Uning
g‘oyasi OTni bir nechta jarayonlarga ajratish bo‘lib, ularning har biri bitta xizmat
to‘plamini amalga oshiradi: masalan, xotira taqsimoti, jarayon yaratish yoki
jarayonni rejalashtirish (9.5-rasm).
9.5-rasm. Mikroyadroga asoslangan operatsion tizim tuzilishi
Har bir server foydalanuvchi rejimida ishlaydi, biron bir mijoz unga xizmat
ko‘rsatish uchun murojaat qilganligini tekshiradi. Boshqa bir OT komponentasi yoki
dastur bo‘lishi mumkin bo‘lgan mijoz serverga xabar yuborish orqali xizmatni
bajarilishini so‘raydi. Operatsion tizimning yadrosi (yoki mikroyadro) xabarni
serverga yetkazib beradi; u so‘ralgan harakatlarni amalga oshiradi, shundan so‘ng
yadro natijalarni mijozga boshqa xabar shaklida qaytaradi.
Mijoz-server yondashuvi kichik, o‘zini o‘zi ta’minlaydigan tarkibiy
qismlardan tashkil topgan OTga olib keladi. Barcha serverlar alohida foydalanuvchi
rejimi jarayonlari sifatida ishlaganligi sababli, ulardan bittasi ishdan chiqishi (va
Foydalanuvchi ish tartibi
Yadro ish tartibi
Jarayonlar
serveri
Fayllar serveri
Displey serveri
Mijoz ilovasi
Xotira serveri
Tarmoq serveri
Mikroyadro
Qurilmalar


140
ehtimol qayta ishga tushirilishi) OTning qolgan qismini ishdan chiqarmaydi.


Bundan tashqari, turli xil serverlar ko‘p protsessorli kompyuterning turli xil
protsessorlarida yoki hattoki har xil kompyuterlarda ishlashlari mumkin, bu esa
operatsion tizimni taqsimlangan hisoblash muhitlariga moslashtiradi.
OTlar bozorida turli xil mikroyadrolar va mikroyadroli operatsion tizimlar
keng tarqalgan (QNX, INTEGRITY RTOS, Genode, L4 yadrosi).

Download 450.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling