Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua


Superskalyar ishlov berish


Download 450.29 Kb.
bet82/103
Sana25.10.2023
Hajmi450.29 Kb.
#1721435
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   103
Bog'liq
Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua-hozir.org

Superskalyar ishlov berish 
– bu ham bir takt davomida baravariga bir vaqt
birligida ishlov beriladigan buyruqlar sonini oshirish texnologiyasidir. Superskalyar
protsessorlari baravariga bir nechta beyruqlarga parallel ravishda ishlov berish
uchun mo‘ljallangan bir nechta operatsion bloklardan iborat. Superskalyar ishlov
berish – bu SIMD va VLIW texnologiyalarining birlashtirish jarayonidir. 10.8-
rasmda TS201S markali (TigerSHARC modeli) supeskalyar SP ishlov berish
bog‘lamalari sxemasining tuzilishi va ma’lumotlar uzatish kanallari ko‘rsatilgan.
Ma’lumotlar uzatish 128rli uchta takti, ikkita bir biriga bog‘lanmagan operatsion
bloklar (AMQ, ko‘paytirgich, surish sxemasi), 32rli manzillashtirilgan
ma’lumotlarni uzatishga mo‘ljallangan uchta kanal (sxemada ko‘rsatilmagan). SP
8,16 va 32 bit formalarida ishlaydi [19].
10.8-rasm. TS-201S protsessorida superskalyar arxitektura va ma’lumotlar oqimi
Ichki xotira
М0 8 Мб
Ichki xotira М1
8 Мб
Ichki xotira
М2 8 Мб
МlSh М0 (128р)
МlSh М1 (128р)
МlSh М2 (128р)
128r
128r
Ko’paytiruvchi
АМQ
surish sxemasi
"А"
Registrlar
"В"
Registrlar
Ko’paytiruvchi
АМQ
surish sxemasi
128r
128r
Buyruqlarni strukturalash
va uzatish
nх32
nх32
Ma’lu-
motlar


154
Har bir taktda xotiradan 4 gacha 32 bitli buyruqlar o‘qiladi. Bu buyruqlar bir


birlariga bog‘liq bo‘lmagan holda operatsion bloklarga uzatiladi. Operatsion bloklar
SIMD arxitekturasi bo‘yicha tuzilgan (bitta buyruqlar oqimi – ko‘plik ma’lumotlar
oqimi). Operatsion bloklardan har biri o‘ziga tegishli «A» va «B» registrlar bloklari
bilan ishlaydi. Buyruqlar bir birlariga bog‘lanmagan ravishda bir vaqtni o‘zida
ikkala bloklarga xamda har bitta blokga alohida uzatilishi mumkin. Registrlar
bloklari uchta ma’lumotlarni uzatish taktlari bilan shunday bog‘langanki, ular bir
vaqt birligida baravariga protsessor ishlashining bir takti davomida xotiradan ikkita
sonni xotiradan o‘qishi va xotiraga bitta natijani yozishi mumkin. Bu SRIB bazaviy
amallariga xos – ikkita kiruvchi qiymat va bitta chiquvchi qiymat.
Protsessor bir takt davomida sakkiztagacha qo‘shish/ayirish amallarini va
sakkizta ko‘paytirish/yig‘ish amallarini 16 bitli kiruvchi ma’lumotlar bilan bajarishi
mumkin (yoki ikkita 32 bitli kiruvchi ma’lumolar bilan ko‘paytirish/yig‘ish
amallari).
Turli xil ma’lumotlarga ishlov berish va katta buyruqli so‘zlarni operatsion
bloklarga mo‘ljallangan alohida buyruqlarga taqsimlash yoki bo‘lish jarayonlari
protsessorga buyruqlar darajasida parallel ravishda ishlov berish imkoniyatini
yaratadi. Protsessorning bu kabi imkoniyatlaridan samarali foydalanish kompilyator
buyruqlarini dastur bajarilishidan oldin rejalashtirish va boshqarish mexanizmlariga
bog‘liq.
Yuqorida
ko‘rib chiqilgan signal protsessorlarining arxitekturaviy
xususiyatlari, shuningdek konveyer va superskalyar ishlov berish nafaqat
apparaturadagi signallarga va tasvirlarga raqamli ishlov berishda, balki
protsessorlarning boshqa turdagi arxitekturalarida ham, ayniqsa Pentium, Power PC
protsessorlarida xam keng qo‘llaniladi.

Download 450.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling