Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua


 Analog Devices kompaniyasi signal protsessorlarining modellari


Download 450.29 Kb.
bet90/103
Sana25.10.2023
Hajmi450.29 Kb.
#1721435
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   103
Bog'liq
Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua-hozir.org

11.2. Analog Devices kompaniyasi signal protsessorlarining modellari 
ADSP oilasining signalli protsessorlari yuqori unumdorligi va past narxi,
shuningdek amaliy tizimlarni ishlab chiqarishning rivojalangan apparat va dasturiy
vositalarining mavjudligi to‘fayli TI va Motorola kompaniyalarining ana shunday
mahsulotlari bilan muvaffaqiyatli raqobat qilmoqda. Signal algoritmlardagi


175
protsessorlarning yuqori unumdorliligiga buyruqlarning ko‘p funksionalligi va


moslashuvchan tizimi, signal ishlov berish uchun xos bo‘lgan amallarning ko‘pini
apparat yordamida amalga oshirish, hisoblash jarayonlari parallelizmining yuqori
darajasi, buyruq siklining qisqarishi hisobiga erishiladi [34].
Eng istiqbolli SP ga quyidagilarni kiritish mumkin:

SHARC (Super Harvard Architecture Computer) oilasining suruluvchi
verguliga ega 32-razryadli ADSP-21xx modeli protsessorlari (masalan, ADSP2126x
i ADSP2136x);

Tiger
SHARC
(ADSP-TS101/201/202/203)
oilasining
suruluvchi
verguliga ega 32-razryadli, yuqori unumdorli protsessorlar;

Blackfin
(ADSP-BF531/532/533/535/561)
oilasining
qo‘zg‘almas
verguliga ega 16-razryadli, yuqori unumdorli signal protsessorlar.
SP ushbu modellarni batafsil ko‘rib chiqamiz.
SHARC oilasidagi signal protsessorlar. 
Hozirgi vaqtda jahon bozoridagi
majud 32-razryadli protsessorlardan farqli o‘laroq SHARC-arxitektura unumdorligi
bo‘yicha jiddiy cheklashlarga ega emas. Ushbu oilaning barcha protsessorlari beshta
asosiy qism – yuqori unumdorli yadrodan, katta hajmdagi ikki portli statistik OXQ
dan, kiritish/chiqarishning kuchli protsessori va tashqi muhit bilan aloqa portidan,
ichki shinalar bilan shina kommutatori orqali birlashtirilgan buyruqlar va
ma’lumotlardan iborat (11.6-rasm).
11.6-rasm. SHARC arxitеktura.
Yadro o‘zining tarkibida uchta mustaqil parallel ishlaydigan, maxsus registrli
faylda vaqtincha saqlanadigan, ma’lumotlar ustida arifmetik va mantiqiy amallarni
Ikki kirishli xotira
Port
Shina
kommutator
i
Protsessor
yadrosi
К/Ch porsessori
ХТТМ


176
bajaradigan hisoblash qurilmalariga ega. Bunday registrli faylning mavjudligi


uzilishlarga tez ta’sir ko‘rsatishni, masalan real vaqt tizimlarida ta’minlaydi.
Yadroda ma’lumotlar adresining ikkita mustaqil generatori bor, ular hisoblash
blokiga xotirani adresatsiyalashning o‘zgaruvchan rejimlarini, xalqa buferlarini
tashkil etishni ta’minlaydi. Yadroni boshqarish qurilmasi ichiga o‘rnatilgan
buyruqlar keshi bilan birga bitta mashina sikli davomida buyruqlarni tanlash va
bajarishni amalshga oshiradi.
Ikki portli ОЗУ har birini 48-razryadli buyruqlarni, xuddi shuningdek 8, 16 va
32-razryadli so‘zlar ko‘rinishidagi tashkil etishga yo‘l qo‘yadigan ma’lumotlarni
saqlash uchun foydalanish mumkin bo‘lgan iikita xotira blokidan iborat.
Axborotdan protsessor yadrosi tomonidan va istalgan tashqi qurilmadan
amalga oshirilishi mumkin.
Kiritish/chiqarish protsessori bevosita foydalanishning 10 ta kanalining
ishinni boshqaruvchi xotiradan bevosita foydalanish (XBF) kontrollerini, ikkita
to‘liq dasturlovchi ketma-ket portlarni (vaqti ajratilgan ko‘p kanalli rejimni
ta’minlovchi), protsessorlar va multipleks tizimlar o‘rtasida operativ ravishda
axborot almashinuvi uchun oltita tezkor 4-razryadli link-portlarni o‘z ichiga oladi.
Tashqi muhit bilan aloqa porti tashqi qurilmalar bilan aloqa uchun ichki
shinalar multipleksorlarini, ko‘p protsessorli tizimni tashkil qilish uchun xost-portni,
qo‘shimcha harajatlarsiz oilaning oltitagacha bo‘lgan protsessorlarining ishlashini
bir vaqtda bitta shinada amalga oshirish imkonini beradigan multiprotsessorli
interfeysni o‘z ichiga oladi.
ADSP-21xx oila protsessorlari ma’lumotlarni uzatish samaradorligini
oshirish uchun beshta ichki shinaga ega. Dasturlar xotirasi adreslari va ma’lumotlar
xotrasining adreslari shinalaridan bir vaqtda dasturlar xotirasi va ma’lumotlar
xotrasining adres maydonlari chegaralarida foydalaniladi. Dasturlar xotirasi
ma’lumotlari shinalari va ma’lumotlar xotirasi ma’lumotlarining shinasidan,
shuningdek, xotiraning tegishli sohalaridan ma’lumotlarni uzatish uchun bir vaqtda
foydalaniladi. Natija shinasidan oraliq natijalarni turli hisoblash bloklari o‘rtasida
to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatish uchun foydalaniladi.


177
Ushbu arxitektura bita mashina sikli davomida quyidagilarni amalga oshirish


imkonini beradi:

dastur navbatdagi buyrug‘ining adresini generatsiyalash;

hisob bo‘yicha navbatdagi buyruqni tanlash;

hisoblash amalini bajarish;

ikkita ketma-ket portlardan ma’lumotlarni qabul qilish yoki uzatish.
SHARC oilasidagi signallli protsessorlar barcha o‘rnatiladaigan qurilmalarda
yuqori klassdagi o‘lchov va nazorat apparaturasida, tibbiyot apparaturasida, maishiy
elektronikada, nutqni tanib olish tizimlarida, telekommunikatsiya vositalari va katta
hisoblash quvvatiga va ma’lumotlar almashinuvining yuqori tezlikli vositalarini
rivojlantirishga ehtiyoj bo‘lgan boshqa qurilmalarda audiosignallarga ishlov
berishni qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Suruluvchi vergulga ega uchinchi avlod signal protsessorlariga Analog
Devices protsessorlarining kechroq yaratilgan modellari kiradi.

Download 450.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling