Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua


Texas Instruments (TI) firmasining ikki yadroli signal protsessorlari


Download 450.29 Kb.
bet89/103
Sana25.10.2023
Hajmi450.29 Kb.
#1721435
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   103
Bog'liq
Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua-hozir.org

Texas Instruments (TI) firmasining ikki yadroli signal protsessorlari. 
TMS320DM64x protsessorlari TI kompaniyasining multimediyali SPning
navbatdagi avlodi - DaVinci modelining ikki yadrli protsessorlari uchun fundament
bo‘lib xizmat qildi. TMS320DM64x protsessorlarni ishlab chiqarishda to‘plangan
tajribadan foydalanib, TI kompaniyasi TMS320C6000 protsessorlar yuqori unumli
oilasini va zamonaviy qo‘shimcha ishlov berish yadrosini integratsiyalash asosida
multimediali protsessor yaratdi. Yuqori unumli asosiy protsessor (DSP-yadro)


172
sifatida avval ko‘rib chiqilgan modernizatsiyalangan C64x TMS320C64xx


protsessor analogi qo‘llangan, qo‘shimcha universal ishlov berish qurilmasi sifatida
esa ARM926 yadrosidan foydalanilgan. Bo‘larning hammasi audio va video
signallarga ko‘p oqimli ishlov berishning deyarli har qanday masalasini hal etish
imkonini beradi. DaVinci modelining SP ning umumlashtirilgan strukturasi 11.4-
rasmda keltirilgan [28].
11.4-rasm. DaVinci modеlidagi SPning umumiy strukturasi.
DSP-yadrosining mavjudligi audio va videma’lumotlarga ishlov berishning
istalgan algoritmalarini dasturiy amalga oshirish imkonini beradi. ARM yadrosi
DSP yadrosiga to‘g‘ri keladigan yuklamalarni sezilarli darajada pasaytirish
imkonini beradi. Xotira va saqlash qurilmalari interfeysi tashqai ulanadigan
modullar bilan almashinuvning yuqori tezligini kafolatlaydi. Ulanishning
qo‘shimcha moduli standart tashqi portlar liniyasi bo‘yicha almashinuvni amalga
oshiradi. Ketma-ket interfeyslar bloki aniq qurilmalarni amalga oshirishda
moslashuvchanlikni ta’minlaydi. Alohida tashkil etuvchilarni batafsilroq ko‘rib
chiqamiz.
11.5-rasmda TMS320C64xx oilasi DSP-yadrosining umumiy strukturaviy
sxemasi taqditm etilgan.
Video
ma’lumotlarga
ishlov berish
tizimi
Tashqi xotira
saqlovchi
qurilmalar
interfeysi
Qo’shimcha
qayta ulash
moduli
Ketma-ket
interfeyslar
bloki
DSP yadrosi
АRМ yadrosi


173
11.5-rasm. TMS320C64xx oilasi DSP-yadrosining struktura sxеmasi


Bu klassik bir vaqtning o‘zida bir nechta yo‘riqnomalarni bajarish imkoni
beradigan VLIW-arxitektura. Yadro ikkita bir xil qismga (ishlov berish yo‘llariga)
bo‘lingan 8 ta funksional bloklarni o‘z ichiga oladi. Ulardan 6 ta blok AMQ (S1, S2,
D1, D2, L1 i L2) funksiyasini, ikkitasi esa (M1 va M2). ko‘paytiruvchi hisoblanadi.
Akkumulyator yo‘q, biroq uning funksiyasini bajara oladigan 64 ta umumiy
foydalanishdagi registr (UFR), mavjud. Yadro ikki darajali keshga ega: birinchi
daraja - bu L1P (32 kbayt dasturlar kodi uchun) va L1D (80 kbayt ma’lumotlar kodi
uchun), ikkinchi daraja – L2 (64 kbayt dasturlar va ma’lumotlar kodi uchun).
Bundan tashqari tashqi ma’lumotlarning tashqi omboridan foydalanish va xotiradan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish rejimiga (DMA) ega xotira kontrolleri (TXK) mavjud.
Adresatsiya baytli - bu 8,16,32,64-razryadli ma’lumotlar. To‘lib ketishdan 8-
razryadli himoya mavjud. Buyruqlar tizimi bitlar bo‘yicha chiqarib olish, o‘rnatish
va chiqarib tashlashni ta’minlaydi. Buyruqlarning o‘zi - 16-razryadli. Aniqlikni
oshirish uchun 32-razryadli ko‘paytirish amalga oshirilgan.
300 MGs taktli chastotaga ega ikkinchi ARM926 yadro xotiraning quyidagi
hajmiga ega: 8 kbayt – kesh ma’lumotlar, 16 kbayt – kesh yo‘riqnomalar,
16 Kbayt – ОЗУ. ARM standart yadrodan foydalanish standart OT (Linux), dan
foydalanish, tarmoq protokoli opsiyalarining moslashuvchan so‘zlanishini amalga
oshirish, shuningdek oddiy foydalanuvchi interfeysini amalga oshirish va ishlab
chiqarilayotgan qurilma tomonidan boshqaruvning moslashuvchan tizimini
ta’minlash imkonini beradi.
L2 64 Кbayt
L1D
80 Кbayt
32 РОН
32 РОН
LIP
32 Кbayt
М1 D1 S1 L1
1 potok
М2 D2 S2 L2
2 potok
EMS


174
Videma’lumotlarga ishlov berishning kichik tizimi RGB888 (75 MGs) va


BTU656 (8 yoki 16 bit, 75 MGs) standartlarga javob beradigan, shuningdek,
JK-panellarni ulash imkonini beradigan integratsiyalashgan videochiqishga ega.
Video-chiqish kompozit chiqishni va S-video chiqishni ta’minlaydigan 4 ta 10-
razryadli 54 MGs SAPni ulaydi va NTSC/PAL televizion formatlarni ta’minlaydi..
DaVinci protsessorlari oilasida uchta guruhni ajratish mumkin [32].
Birinchisi – yuqori unumli va eng qimmat TMS320DM6446 va
TMS320DM4643. Bu DSPlar qurilmalarning ushbu klassida maksimal
unumdorlikni ta’minlaydi va tashqi qurilma modullarining mumkin bo‘lgan
maksimal soniga ega bo‘ladilar. TMS320DM6446 protsessori audio va video
ma’lumotlar uchun to‘liq funksionalli ko‘p oqimli kodekni amalga oshirish uchun,
TMS320DM6443 – faqat ma’lumotlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan.
Ikkinchi guruhi hozirgi vaqtda bitta protsessor - TMS320DM644 ni o‘z ichiga
oladi. Bu universal protsessor bo‘lib, uning bazasida to‘liq funksionalli audio va
video kodekni amalga oshirish mumkin, biroq uning unumdorligi ushbu oiladagi eng
ommabop protsessorlar unumdorligidan past.
Uchinchi guruhi - bu TMS320DM643x protsessori. Ularda ARM yadrosi
yo‘q, bu esa chiplar narxini sezilarli darajada pasaytirish imkonini berdi. Ularning
vazifasi IP-kameralar yoki vide-kuzatuv va qo‘riqlash kameralari kabi audio va
videoga ishlov berishning oxirgi qurilmalarni amalga oshirish.
DaVinci protsessorlari bazasida turli qurilmalarni amalga oshirishning keng
imkoniyatini ta’kidlab o‘tish kerak. Ushbu seriya bazasida audio va video
ma’lumotlarga ishlov berishning istalgan zamonaviy qurilmalari amalda realizatsiya
qilingan bo‘lishi mumkin..

Download 450.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling