Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua


Download 450.29 Kb.
bet85/103
Sana25.10.2023
Hajmi450.29 Kb.
#1721435
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   103
Bog'liq
Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua-hozir.org

Nazorat uchun savollar 
1. SP da hisoblash tezkorligini oshirishning asosiy usullarini keltirib o‘ting.
2. Garvard arxitekturasida xotira qanday bo‘lingan?
3. Garvard arxitekturasida bitta buyruqning amalga oshirilishining qanday
bosqichlari mavjud?
4.
Maxsus buyruqlarga nimalar kiradi?
5. Apparat-dasturiy parallelizm deganda nima tushuniladi?
6. SIMD arxitekturasiga tariff bering.
7. Katta uzunlikga ega bo‘lgan buyruqli so‘zlarga ishlov berish (VLIW) deganda
nima tushuniladi?
8. Superskalyar ishlov berish deganda nima tushuniladi?
9. Raqamli ishlov berish tizimidagi maxsus protsessorlarga misollar keltiring.
10. Kompyuterning video va audio karta protsessorlari nima maqsadda foydalniladi?


164
11-MA’RUZA. 


SIGNAL 
PROTSESSORLARNING 
ZAMONAVIY 
MODELLARI
11.1. Texas Instruments kompaniyasini signal protsessorlari 
Signallarga raqamli ishlov berish qo‘llanadigan turli ilovalar ishlov berish
apparaturasiga har xil, ko‘pincha zid talablar qo‘yadi. Shuning uchun apparat
vositalarini ishlab chiqaruvchilar iste’molchilarning talablarinini maksimal ravishda
qondirish uchun SP turli modellarining keng to‘plamlarini chiqarishga majburdirlar.
Raqamli signal protsessorlarining jahondagi yetakchi ishlab chiqaruvchilari Texas
Instruments, Analog Devices, Motorola ishlatilgan texnologik prinsip bo‘yicha
o‘zlarining SP modellarini yaratmoqdalar. Dastlab xotira, interfeys, boshqarish
elementlarining zarur to‘plami va buyruqlarning tegishli to‘plamiga, ega bo‘lgan
ishlov berishning apparat yadrosi - asosiy protsessorning tayanch modeli yaratiladi.
Protsessor yadros asosida aniq tadbiqlar uchun qo‘shimcha modullar to‘plami bilan
farq qiladigan SPning model qatori ishlab chiqariladi. Model qatori chegaralarida
SP dasturiy kodi, ishlab chiqarish muhiti va dasturlar sozlanishi (otladki) bo‘yicha
to‘g‘ri keladi. Bunday yondashish ishlov berish yadrosining bazaviy arxitekturasini
o‘zgartirmasdan turli sohalarda qo‘llash uchun SP apparaturasining talab etiladigan
variantlarini tez yaratish imkonini beradi [9, 10].
SPning arxitekturasi, so‘z formati, vazifasi va boshqa ko‘pgina
ko‘rsatkichlariga muvofiq uning turli klassifikatsiyalari mavjud. Ushbu
ko‘rsatkichlar avvalgi bo‘limlarda ko‘rib chiqilgan, shuning uchun ularni eng
samarali qo‘llash sohasi nuqtai nazaridan kelib chiqib zamonaviy SPlarni ko‘rib
chiqish maqsadga muvofiqdir. Yetakchi kompaniyalar SP sotiladigan bozorni o‘zaro
taqsimlab olinganligini hisobga olgan holda ko‘rsatiladigan xizmatlar turlari va hal
etiladigan masalalar nuqtai nazaridan ularning qurishning o‘ziga xos xususiyatlarini
ko‘rib chiqamiz. Eng ko‘p e’tibor universal arxitekturali SPga qaratiladi. Universal
SP – bu garvard arxitekturasiga, parallelizmning yuqori darajasiga ega, konveyerli
ishlov berish va buyruqlar to‘plamidan foydalanadigan, signallarga raqamli ishlov
berish amallariga optimallashtirilgan yuqori tezlikdagi signal protsessorlardir.


165
Texas Instrument (TI) kompaniyasi uchta platforma (ishlov berish


yadrolarining uchta turi bazasida) konsepsiyasini e’lon qildi, chunki SPning
arxitekturasining o‘zi keng qamrovli masalalarning hal etishda zid talablarning
barchasini qoniqtira olmaydi. Har qanday arxitektura istalgan amaliy masalalar
uchun yuqori unumdorlikni, iste’mol qilinadigan minimal quvvatni, maksimal
funksional to‘liqlikni va past narxlarni bir vaqtda ta’minlay olmaydi. Arxitekturani
optimallashtirish maqsadida TI uchta mustaqil platforma: TMS320S2000,
TMS320S5000 va TMS320S6000 yaratilishi to‘g‘risida e’lon qildi. Har bir
platforma doirasida protsessorlar kod bo‘yicha mos, bunda foydalanuvchining
ixtiyoriga dasturlarni ishlab chiqarish va tuzatishning yagona muhiti taqdim etilgan.
Har bir platforma boshqa platformalar bilan kam kesishadigan o‘zining qo‘llash
sohasiga ega.

Download 450.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling