Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua


I buyrug‘ining tanlash jarayoni, (avvalgi) i-1


Download 450.29 Kb.
bet79/103
Sana25.10.2023
Hajmi450.29 Kb.
#1721435
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   103
Bog'liq
Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua-hozir.org

I
buyrug‘ining tanlash jarayoni, (avvalgi)
i-1 
buyrug‘ining koddan yechish jarayoni va undan avvalgiroq
i-2 
buyrug‘ining
bajarilishi

amalga oshiriladi. Keyingi siklda


i+1 
buyruq tanlanadi,

buyruq koddan
yechiladi va
i-1 
buyruq bajariladi.
Bunday arxitekturaning o‘tkazish qobiliyati konveyerdan vaqt birligida
o‘tkazilgan buyruq soni bilan aniqlanadi. Nazariy nuqtai nazardan bitta buyruqning
o‘rtacha bajarilish vaqti bitta buyruq bajarilishiga sarflangan vaqt konveyer
bosqichlarining soniga bo‘lish amali yordamida hisoblanadi. Konveyer ravishda
ishlov berish protsessorga uzluksiz buyruqlar oqimining uzatilishiga imkon beradi,
alohida funksional bloklarning kutib qolish vaqti kamayadi, amallarning bajarilish
tezligi oshadi.
Amaliyotda konveyer bosqichlarining soni uchtadan ko‘proq bo‘ladi.
Murakkab buyruqlarni soddaroq bo‘yruqlarga taqsimlangan holda konveyer
bosqichlarining soni 5-10 gacha bo‘lishi mumkin. Bunday usul konveyyor ravishda
ishlov berishning asosiy muammosini yechishga yordam beradi – ya’ni murakkablik
darajasi har xil bo‘lgan buyruqlarning bajarilish vaqtidagi farqi.
Maxsus buyruqlarni
qo‘llash
. RIB protsessorlarida signallarga ishlov
berishni optimallash maqsadida maxsus buyruqlardan foydalaniladi. Bu buyruqlar
ishlov berishning bazaviy amallarini ta’minlaydi [4, 6]:

yuqori chastotali signallarni raqamlashtirish va xotiraga yozish;

baravariga jamlagichli ko‘paytirish;

kechikishni amalga oshiruvchi qiymatlarni surish;

xotiradan tanlash jarayonining nusxasini olish.
Aniq ilovalar uchun mo‘ljallangan buyruqlar ham mavjud, masalan blok
bo‘ylab qo‘zg‘aluvchan vergulli rejimda ishlashni ta’minlash. Shuningdek sikllarni


149
tashkil qilishda ayrim buyruqlarni aniq ko‘rsatilgan soniga teng marta


takrorlanishini ta’minlaydigan buyruqlar ham mavjud (OIX-filtrlar yoki FTO‘).
Masalan, TMS320S50 markali SP da MASD buyrug‘i bir takt davomida bir necha
amallarni bajaradi:

ma’lumotlar xotirasidagi signal tanllovini koeffitsiyentga ko‘paytiradi. Bu
koeffitsiyent dasturni saqlash uchun xotirada saqlanadi;

avvalgi xosil qilingan ko‘paytma natijasini yig‘ilib boruvchi jamlagichga
qo‘shadi;

qiymatni keyingi navbatdagi manzilli yacheykaga surish yordamida uning
vaqtincha kechikish jarayonini ta’minlaydi.

Bu kabi buyruqlar apparat vositalari yordamida maxsus ko‘paytirgich
jamlagichlar yordamida samarali amalga oshiriladi (10.5-rasm).
10.5-rasm. SPning ko‘paytiruvchi-yig‘uvchi strukturasi
Х ma’lumotlar
Y ma’lumotlar
Х registr
Y registr
Х
Р registr
16
16
32
Yi’guvchi
summator
Chiqarish
registri


150
Bir nechta ko‘paytmalarni qo‘shish yordamida bajariladigan ketma-ket


amalga oshiriladigan buyruqlarni MAS-buyrug‘i bilan birgalikda bajarish uchun
takrorlanish buyrug‘idan foydalanish mumkin.
X va Y registrlarining qiymatlari ko‘paytiriladi, natija jamlagichga qo‘shiladi,
baravariga signalning navbatdagi qiymati va unga mos koeffitsiyenti ularga tegishli
registrlardan keyingi ko‘paytirish amalini bajarish uchun o‘qiladi.

Download 450.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling