Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua


Download 450.29 Kb.
bet66/103
Sana25.10.2023
Hajmi450.29 Kb.
#1721435
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   103
Bog'liq
Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua-hozir.org

Yaxlitlash rejimi.
Yaxlitlash rejimi bitlari holati bilan belgilanadi, ularning
o‘rnatilish o‘z navbatida, foydalanuvchidan qat’iy nazar muayyan buyruqning
bajarilish qoidalari bilan amalga oshiriladi. Har bir rejimda SVli sonlarni
yaxlitlashni ko‘rib chiqamiz, yaxlitlanadigan son berilgan formatda taqdim etish
diapazoni chegarasidan chiqib ketmasligini ko‘rib chiqamiz, aks holda to‘lib ketish
ro‘y berishi mumkin. Rejimlarning barchasida mantissani yaxlitlash amalga
oshiriladi. Har bir rejimda yaxlitlash mexanizmini tushunish uchun uni ikkilik emas
o‘nlik mantissani verguldan so‘ng bitta qiymatga ega o‘ntalik songacha oddiy
yaxlitlashda ko‘rsatish kifoya. Eng yaqin karrali songacha yaxlitlash rejimida
mantissa QVli ma’lumotlarni yaxlitlash, aynan o‘ntalik 1.65 va 1.75 mantissalar 1.6
va 1.9 gacha avtomatik ravishda yaxlitlanadi.


123
Nol yo‘nalishda yaxlitlash rejimi mantissani qisqartirishga o‘xshaydi. 1.65,


1.75, -1.65 mantissa lari 1.6, 1.7, -1.6 gacha qisqartirilib yaxlitlangan qiymatlar
ushbu sonlar uchun nolga yaqin.
- ∞ yo‘nalishida yaxlitlash rejimida musbat sonlar mantissalari kesiladi,
manfiy sonlarniki eng yaqin songacha yaxlitlanadi. 1.6 gacha yaxlitlanadi, -1.65
mantissa esa -1.7 gacha yaxlitlanadi. Yaxlitlangan qiymatlar ushbu sonlar uchun - ∞
ga eng yaqin bo‘ladi.
+ ∞ yo‘nalishda yaxlitlash rejimida aksincha manfiy sonlar mantissalari
kesiladi, musbat sonlarniki esa eng yaqin songacha yaxlitlanadi. Masalan, 1.65
mantissa 1.7 gacha yaxlitlanadi, -1.65 mantissa esa -1.6 gacha yaxlitlanadi.
Yaxlitlangan qiymatlar ushbu sonlar uchun +∞ ga eng yaqin hisoblanadi.
Suruluvchi vergulli ma’lumotlarga ishlov berishda alohida holatlar. SVli
protsessorlarga amallarning turli notrevial natijalarini ishlash standart bilan
reglamentlanadi va avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Standartga ko‘ra SVli
protsessorlar quyidagi 5 vaziyatni tanishi kerak:

yo‘l qo‘yilmaydigan amal;

nolga bo‘lish;

to‘lib ketish;

qiymatga egalikning yo‘qolishi.
Istalgan alohida holatlarga o‘tish holat registrida tegishli bitlarni o‘rnatish
bilan qayd etiladi. Har bir istisnoni qisqacha ta’riflab o‘tamiz.
Yo‘l qo‘yilmaydigan amal, amalni u yoki bu sababga ko‘ra bajarib bo‘lmagan
vaqtda qayd etiladi. Agar arifmetik amal uning uchun mumkin bo‘lmagan
ma’lumotlar ustida bajarilsa (masalan, cheksizlik) uni boshqarib bo‘lmaydi. Bundan
tashqari qo‘llab-quvvatlanmaydigan formatli barcha arifmetik amallar yo‘l qo‘yib
bo‘lmaydigan hisoblanadi.
Nolga bo‘lish alohida holat bo‘linuvchi nol bo‘lmagan son, bo‘luvchi nol
bo‘lganda ro‘y beradi. Nolga bo‘lish yo‘l qo‘yilmaydigan amal natijasi tegishli
belgili cheksizlik bo‘ladi. Natija qiymati uni taqdim etish diapazoni chegarasidan
chiqib ketsa to‘lib ketish qayd etiladi. SVli ma’lumotlarni taqdim etish diapazoni


124
QVli ma’lumotlarnikiga qaraganda ancha keng ekanligiga qaramay, ayrim hollarda


“kengaytirilgan so‘z” formatida taqdim etiladigan natijalarning to‘lib ketishi ro‘y
berishi mumkin. Biroq “so‘z” formatli registrlarda “kengaytirilgan so‘z” formatida
taqdim etilgan natijalarni saqlashda jo‘natish vaqtida to‘lib ketish holati ehtimoli
mavjud. Ikkala holatda ham to‘lib ketishli tarkib avtomatik ravishda standart
reglamentlaydigan qiymat bilan almashtiriladi.
Natijaning qiymatga egaligining yo‘qolish bir vaqtning o‘zida ikkita voqea
sodir bo‘layotganda ro‘y berishi mumkin:

natija cheksiz kichik bo‘ladi va normallashtirilmagan son bilan taqdim
etiladi;

natija, ya’ni normallashtirilmagan sonni berilgan formatda aniq taqdim
etishning iloji yo‘q.
O‘zaro bog‘liq bu voqealarning paydo bo‘lishi bit holati registrida qiymatga
egaligining yo‘qolishi bitlarini o‘rnatish bilan qayd etiladi.


Download 450.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling