Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua


Download 450.29 Kb.
bet65/103
Sana25.10.2023
Hajmi450.29 Kb.
#1721435
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   103
Bog'liq
Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua-hozir.org

Natijalarni yaxlitlash.
Xatto akkumulyatorlarda jo‘natishlar vaqtida to‘lib
ketish bo‘lmasa ham ma’lumotlar xotirasida saqlash akkumulyatorning kichik LSP
so‘zining “akkumulyator so‘zi” formatining protsessor so‘zi formatiga o‘zgarishida
qirqish (qisqartirish) natijasida aniqlikning yo‘qotilishiga olib keladi. Bu natijaviy
ma’lumotlarda (masalan, chiquvchi signalda) buzilishi paydo bo‘lishini anglatadi,
bu ko‘pincha natijaning o‘zgarishi deb ataladi. Natijani ma’lumotlar xotirasida
saqlash paytida yaxlitlash protsedurasi bunday o‘zgarishning oldini oladi. Ayrim
protsessorlarda yaxlitlash natijani xotirani saqlash paytida avtomatik ravishda ro‘y
beradi. Boshqa protsessorlarda yaxlitlash maxsus buyruq yordamida bajariladi.

Suruluvchi vergulli ma’lumotlar ustida amallar. 
SVli protsessorlarda son
ma’lumotlarning ikki turi - SVli va QVli turi qo‘llaniladi. QVli ma’lumotlar ustida
bajariladigan amallar ko‘rib chiqamiz. Ko‘paytgichlar QVli ma’lumotlarning
natijasi aniq beriladigan ko‘paytirishdan farqli o‘laroq, SVli ma’lumotlarni
ko‘paytirish amali natija aniqligining yo‘qotilishiga olib keladi. Buning sababi,
ko‘paytirish natijasi taqdim etiladigan “kengaytirilgan so‘z” formatida mantissa
uzunligiga (2n-1) bit emas, kamroq bit ajratilgan. Shunga qaramasdan,
ta’minlanadigan aniqlik SRIB ning ko‘pchilik algoritmlari realizatsiyasi uchun
yetarli. Aks holda ma’lumotni ikkilik aniqlikda ishlash imkoniyati mavjud.
Arifmetik-mantiqiy qurilmalar.
SVli protsessorlarda AMQ arxitekturasi
QVli protsessordagilardan ancha murakkab. AMQda SVli ma’lumotlar ustida


122
barcha arifmetik amallar bajariladi (ko‘paytirishdan tashqari), SVli shaklda taqdim


etilgan ma’lumotlarni QVliga va aksincha o‘zgartirish, shuningdek ayrim maxsus
amal (teskari kattalikni baholash, kvadrat o‘zakning o‘rtacha qiymatini baholash,
ayirishli qo‘shishlar) lari bajariladi. SVli protsessorlar AMQsi mantiqiy amallar va
SVli ma’lumotlar ustida bit-manipulyatsiya amallarining bajarilishini qo‘llamaydi.
Ushbu amallar faqat QVli ma’lumotlar bilan bajarilishi mumkin.
Suruvchilar. SVli protsessorlar arxitekturasida SVli ma’lumotlarga ishlov
berish uchun suruvchilar ko‘zda tutilgan. Ular natija mantissasini normallashtirilgan
ko‘rinishda taqdim etish uchun o‘ngga/chapga surishni amalga oshiradi. Bunday
suruvchilar ishi foydalanuvchidan yashirilgan. So‘zuvchi nuqtalar ma’lumotlarini
yaxlitlash. SVli protsessorlarda arifmetik amallar natijalari “kengaytirilgan so‘z”
yoki “so‘z” formatida taqdim etish uchun avtomatik ravishda yaxlitlanadi.
Standartga binoan yaxlitlashning quyidagi to‘rtta rejimi foydalaniladi:

eng yaqin juft songacha;

nol yo‘nalish bo‘yicha;

“-∞” yo‘nalishi bo‘yicha;

“+∞” yo‘nalishi bo‘yicha.

Download 450.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling