23
Signal qiymatlari o‘zgarishlarini tasvirlashda vaqt sohasi asosida ifodalash
qulay hisoblanadi. Dinamik jarayonlarning signallari tabiatan tebranuvchan bo‘lib,
ularning har biri uchta parametr:
amplituda, boshlang‘ich faza va chastota bilan
sinusoidlar shaklda ifodalanadi (1.2 – rasm).
Amplituda
– bu signalning maksimal qiymati. Boshlang‘ich faza – bu
signalning nolinchi nuqtadagi kirish fazasi.
Chastota
(f)
– bu signalning bir
sekundagi tebranishlar soni. Chastotaga teskari kattalik signal davri
(T)
deyiladi.
Barcha kiruvchi tebranishlar (sinusoidlar) ko‘ringanda
signalning chastotali
spektrini tasvirlash uchun
chastota sohasi
bo‘yicha ifodalash qulay hisoblanadi. Har
bir sinusoida faqat bitta chastota komponenti bilan ifodalanadi,
uning chastota
sohasidagi amplitudasi vaqt sohasidagi sinusoida amplitudasiga proporsionaldir.
Sinusoidaning chastotasi qancha yuqori bo‘lsa, u chastota o‘qi bo‘ylab shuncha ko‘p
joylashadi [9,10].
1.2-rasm. Signallarning vaqt va chastota sohalarida ifodalanishi
t
vaqt
Amplituda
T
1
chastota
f
1
Amplituda
vaqt
t
T
2
Amplituda
chastota
Amplituda
f
2
T-davr
t-chastota
Т=1/t