20
1.1-rasm. Raqamli signalni qayta ishlash tizimining tuzilishi
Alohida qurilmalarning vazifalarini ko‘rib chiqamiz [1, 2, 6].
Analog filtr
– bu analog signal pulslarini tekislovchi
va signalda foydali
ma’lumotli chastotalarni ajratuvchi reaktiv elementlardan (L
- induktivlik,
C-sig‘im, R-rezistor) iborat elektr sxema.
ARO‘, RAO‘
– bu signallarni diskretlash va kvantlash qurilmalari bo‘lib, ular
signallarni analogdan raqamliga va aksincha raqamlidan analog ko‘rinishga
o‘zgartiruvchidir.
DSP (Digital Signal Processing)
– bu raqamli
signallarni qayta ishlash
algoritmlari asosida raqamli ishlov beruvchi signal protsessori.
Signal xususiyatlari.
Signallar bir o‘lchamli, ikki o‘lchamli
yoki uch
o‘lchamli bo‘lishi mumkin. Matematik jihatdan bunday signallar mos ravishda bir,
ikki va uch o‘zgaruvchili funksiyalar bilan tasvirlanadi.
Tabiatda juda ko‘p signallar davriy bo‘lib, ularning
qiymatlari davrga teng
oraliqlarda takrorlanadi (1.1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: