Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua


Signallarni qayta ishlash qurilmalarining asosiy elementlari va vazifalari


Download 450.29 Kb.
bet15/103
Sana25.10.2023
Hajmi450.29 Kb.
#1721435
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   103
Bog'liq
Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua-hozir.org

1.2. Signallarni qayta ishlash qurilmalarining asosiy elementlari va vazifalari, 
signallarning vaqt va chastota sohalarida ifodalanishi 
Datchik – bu fizik parametrni mutanosib elektr signaliga aylantiruvchi
qurilmadir. Datchiklarga misollar: mikrofon, termometr, tezlik o‘lchagich, og‘irlik,
bosim o‘lchagichlar. Signallarni qayta ishlashda asosan datchiklardan qabul qilingan
kirish signal ma’lumotlari ma’lum bosqichlardan o‘tkaziladi [3, 5].
SRIB tizimining asosiy elementlari (1.1-rasm):
D - analog signal sensori;
AF - past chastotali analog filtr;
ARO‘ - analog-raqamli o‘zgartirgich;
DSP - signal protsessori (Digital Signal Processing);
RAO‘- raqamli-analog o‘zgartirgich;
IQ - ijro qiluvchi qurilma.


20
1.1-rasm. Raqamli signalni qayta ishlash tizimining tuzilishi


Alohida qurilmalarning vazifalarini ko‘rib chiqamiz [1, 2, 6].
Analog filtr
– bu analog signal pulslarini tekislovchi va signalda foydali
ma’lumotli chastotalarni ajratuvchi reaktiv elementlardan (L - induktivlik,
C-sig‘im, R-rezistor) iborat elektr sxema.
ARO‘, RAO‘
– bu signallarni diskretlash va kvantlash qurilmalari bo‘lib, ular
signallarni analogdan raqamliga va aksincha raqamlidan analog ko‘rinishga
o‘zgartiruvchidir.
DSP (Digital Signal Processing)
– bu raqamli signallarni qayta ishlash
algoritmlari asosida raqamli ishlov beruvchi signal protsessori.
Signal xususiyatlari.
Signallar bir o‘lchamli, ikki o‘lchamli yoki uch
o‘lchamli bo‘lishi mumkin. Matematik jihatdan bunday signallar mos ravishda bir,
ikki va uch o‘zgaruvchili funksiyalar bilan tasvirlanadi.
Tabiatda juda ko‘p signallar davriy bo‘lib, ularning qiymatlari davrga teng
oraliqlarda takrorlanadi (1.1-jadval).

Download 450.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling