Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua


III. Nazariy mashg’ulot materiallari


Download 450.29 Kb.
bet14/103
Sana25.10.2023
Hajmi450.29 Kb.
#1721435
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   103
Bog'liq
Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua-hozir.org

III. Nazariy mashg’ulot materiallari 

1-MA’RUZA. SIGNALLAR, ULARNING TURLARI, PARAMETRLARI VA 
XOSSALARI 
1.1. Signallarni qayta ishlash tizimlarining tarkibi va tuzilishi 
Signallarga raqamli ishlov berish (SRIB) telekommunikatsiya, raqamli
televideniya, ovoz yozish, biometrika, mobil aloqa va video tizimlar kabi
texnologiyalar sohasiga tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsatib bormoqda. Bu aloqa
muhandisligi, hisoblash texnologiyalari va elektronika bo‘yicha barcha kurslarda
asosiy yo‘nalish hisoblanadi [1, 2, 3].
Signal – bu foydali ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, yozib olinadigan yoki
qayta ishlanadigan (o‘lchov, shaklni o‘zgartirish, parametrlarni hisoblash, namoyish
etish, tashuvchi vositalariga yozish) raqamli qiymatlaridir.
Haqiqiy signallarga misollar [1, 5]:

ovoz, nutq va musiqa signallari (mikrofon, telefon);

datchiklardan
qabul
qilingan
bio
signallar
(ensefalogrammalar,
kardiogrammalar, impuls va bosim signallari, ultratovush signallari);

texnologik jarayonlarning sensorlaridan qabul qilingan signallar (harorat,
oqim tezligi, bosim, kuchlanish, daraja, tezlik);

radiotexnik nazorat va kuzatuv tizimlarining signallari (aviatsiya radarlari,
gidroakustika, havo hujumidan mudofa tizimlari).
Biz tabiatda uchraydigan signallarning aksariyati analog shaklga ega. Analog
signallar vaqtning uzluksiz funksiyasini ifodalaydi. Analog signalga misol tariqasida
tovush bo‘lishi mumkin. Bizning sezgi organlarimiz signallarning analog shakllariga
aniq sezgir hisoblanadi: quloqlar tovushga, ko‘zlar nurga, terimiz haroratga, burun
hidni sezish uchun. Bizning sezgi organlarimiz fizik signallarni (tovush, yorug‘lik,
harorat, hidlar) o‘lchaydi va o‘zgartiradi, shuningdek ularni miyaga qayta ishlash va
qaror qabul qilish uchun yuboradi. Signallar dinamik jarayonlarning o‘z vaqtida
ishlash modeli hisoblanadi, shuning uchun bunday signallarni qayta ishlash
jarayonlarning o‘zi signallar orqali o‘rganish imkonini beradi. Atrofimizdagi dunyo


19
analog (vaqt, masofa, harorat) hisoblanadi, ammo mutaxasislar signallarga aniqroq


ishlov berish uchun analog-fizik parametrlarni o‘lchash va ularni raqamli shaklga
aylantirishni o‘rgandilar.
Analog signallarga raqamli ishlov berish va saqlash qiyinroq bo‘lib, ularga
raqamli texnologiyalarni qo‘llash mumkin emas. Signallarning raqamli shakli, ya’ni
ikkilik ko‘rinishi raqamli ishlov berish uchun qulay hisoblanadi. Bunday holda
nafaqat signallarni ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek ularni kompyuterlarda saqlash
va qayta ishlash mumkin.
Signallarga raqamli ishlov berishning asosiy vazifalari:
-
signal parametrlari - amplituda, faza, chastota, spektrni o‘lchash orqali
obyekt haqida ma’lumot olish;
-
shovqinli muhitda foydali signal komponentlarini ajratib olish;
-
signallarni siqish;
-
noma’lum signallarni tahlil qilish va belgilangan parametrlarga ega
signallarni sintez qilish.

Download 450.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling